N. A. Egamberdieva


Download 11.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana31.01.2024
Hajmi11.72 Kb.
#1832627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
download-edfiles-19468

Arxeologik yodgorliklar ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar 
harobalar, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, mozor- 
qo‘rg‘onlar, qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlari hisoblanadi. 
Arxeologlar mazkur topilmalar yordamida o ‘sha davr manzarasini, 
insonlaming yashash sharoitini, jamoada mavjud udumlar va qaysi 
taraqqiyot bosqichida turganliklarini aniqlaydilar.
Arxeologik yodgorliklar davr va uning harakteriga qarab quyida- 
gilarga ajratiladi:
1. Manziigohlar; makonlar, qishloqlar, shahar xarobalari.
2. Qadimgi mozor-qo‘rg‘onlar, qabristonlar.
3. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq boMgan joylar; konlar, ustaxonalar.
4. G‘or va ungirlar.
Arxeologik yodgorliklar er ostida yoki er ustida joylashgan 
boMadi. Er ostidagi yodgorliklami o ‘rganish jarayonida arxeologlar 
madaniy qatlamlarga alohida e’tibor beradilar.
Madaniy qatlam deganda — insoniyatning turmushi, xo‘jalik
faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Madaniy 
qatlamlar bir va bir necha o‘ntacha gorizontlarga boMinadi. Ularning 
qalinligi bir necha santimetrdan 30— 35 metrgacha boMishi mum- 
kin. Bu esa mazkur joyda odamlarning qancha vaqt yashaganligi 
bilan bogMiq. Madaniy qatlam u yoki 
bu qatlamlarga sh urf 
tashlash, keyin keng ko‘lamda qazish ishlari natijasida aniqlanadi.
Sh urf aslida nemischa so‘z 
boMib, o‘zbek tilida - qaziyman
degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deganda yodgorliklardagi 
madaniy qatlam qalin-sayozligini o‘rganishga qaratilgan qazish ishlari 
tushunilib, madaniy qatlam bor-yo‘qligini aniqlash va yodgorliklar 
haqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. Shurf ko'pincha kvadrat va 
to'g'ri to‘rtburchak shakllatida boMib, uning chuqurligi va kengligi 
madaniy qatlamga qarab, har xil chuqurlikda boMishi mumkin. Shurf 
stratigrafik xarakterga ega boMib, uni 
qazish 
natijasida madaniy 
qatlam, ya’ni 
inson 
faoliyati 
izlari 
boMmagan ergacha kovlab 
tushiladi, arxeologiyada u materik— bezovta qilinmagan er. deb 
ataladi.
Tarixiy va arxeologik davrlashtirish. O'tmish voqealarini o‘rga- 
nishda har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarixiy va arxeologik 
davrlarining sanalarini bilisli va ularni ajrata olish ham zarurdir.


Umuman, davrlar va sanalar tarix va arxeologiya fanining o‘zagi 
hisoblanadi. Ular chuqur o ‘zlashtirilsagina tarixiy jarayon va voqealami 
esda saqlab qolish osonlashadi, shuningdek, tarixiy voqealarni mantiqiy 
fikrlash jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilmaydi. Tarixiy davrlashtirish- 
ning o‘ziga xos xususiyati, uning tadqiqot manbaidan kelib chiqadi. 
Unda ma’lum bir davrga xos bo‘lgan umumiy rivojlanish xususiyatlari 
asos qilib olinadi.
Eng qadimgi d a v r tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: «ibtidoiy 
to‘da» va « urug ‘chiHk jam oasi davri»ga boMinadi. 0 ‘z navbatida 
urug‘chilik jamoasi 2 bosqichga: m atriarxat (ona urugM) va patriarxat 
(ota urugM) ga boMinadi.
Qadimgi d av r mil.avv. YI asrdan milodiy IY asrgacha boMgan 
davrni o‘z ichiga olib, u 2 bosqichga boMinadi:
1 - a r x a ik d a v r - mil.avv. YI-IY asrlar.

Download 11.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling