N. A. Egamberdieva


Download 11.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/64
Sana31.01.2024
Hajmi11.72 Kb.
#1832627
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
download-edfiles-19468

VI-IV ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Neolit Yaqin Sharqda 
mil.aw. 8-7 ming yilliklar, Zakavkazeda m il.aw. 6-5 ming yilliklar, 
Evropada m il.aw . 7-1 ming yilliklarda davom etgan. Mezoamerikada 
mil.aw. 5-1,5 yillikdan - milodiy 
10-12 asrlaragcha davom etgan. 
Avstraliya, Okeaniyaning tub aholisida, 
Janubiy Amerikanig ba’zi 
qabilalarida, Afrikada, tropik Osiyoning ba’zi qismlarida bu madaniyat 
milodiy 20 asrlargacha ham saqlanib qolgan.
Neolit davrida jamiyatlar har xil taraqqiyot darajalarida bo‘lganlar. 
Ba’zi mintaqalarda dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan, 
ba’zi urug‘ jam oalar ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganlar.
Neolit davrida ibtidoiy qabilalar o‘troq turmush tarziga o‘tganlar. 
Doimiy ertoMa, loy, guvaladan qurilgan kulbalarda yashaganlar. 
0 ‘troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib 
chiqishiga, cho‘I mintaqalarda esa, o ‘troq ovchilik xo‘jaligining 
qaror topishiga olib kelgan. Keyinchalik ovchilik xo'jaligi zamirida 
chorvachilik paydo bo‘ladi.
Neolit davrining eng katta yutug‘i ham dehqonchilik va chorva- 
chilikning vujudga kelishi edi. Ko'pchilik olimlar bu kashfiyotning 
insonlar hayotidagi ahamiyatini inobatga olib, neolit davri inqilobi deb 
baho beradilar. Ibtidoiy odamlarning o'zlashtiruvchi xo‘jalikdan ishlab 
chiqaruvchi xo‘ja!ikka o ‘tishdi. Bu uzoq va mashaqqatli davom etgan 
jarayon boMgan. Termachilikning zamirida dehqonchilik yotgan, 
ovchilikning zamirida esa, chorvachilik yotgan. Tadqiqotchilar fikricha, 
dehqonchilik va chorvachilikning paydo boMishiga ayollarning mehnati 
va sinchkovligi sabab boMgan.


Neolit davrida toshni ishlash texnikasida yangi usullar-silliq- 
lash, pardozlash, arralash va parmalash usullari ixtiro etiladi. Bu 
esa 
ibtidoiiy 
ishlab 
chiqaruvchi 
kuchlami 
yanada 
tezroq 
rivojlanishiga olib keldi. Bu usullar hamma qurollarga nisbatan 
qoMlanilmagan. 0 ‘tkir tig* beruvchi qurollar yasashda kertma va 
yorma uslubidan foydalanganlar.
Ilk neolit davrida makrolit qurollar keng tarqalgan. Ular og‘ir 
katta hajmdagi chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar boMgan. Qurollar 
qumtosh taxtada silliqlangan. Tosh taxta tayanch vazifasini o'tagan. 
Qurollar ho‘l kvars qumi bilan uzoq vaqt ishqalash jarayonida 
silliqlangan. 
Silliqlangan 
tosh 
qurollar 
neolit 
oxiriga 
kelib 
parmalangan. Parmalashda suyak parma vazifasini bajargan. Suyak 
parmani qalqon ipiga o‘rab aylantirganlar, unda suyakning uchiga 
nam qum sepib turilgan. Parmalangan qurolga dasta o‘rnatish 
mumkin bo‘lgan.
Neolit 
davrida 
qurollaming 
turi 
ko‘paygan: 
tosh 
boltalar, 
ponalar, tosh teshalar, iskanalar, og'ir cho‘qmorlar paydo boMgan. 
Tosh boltalar neolit davrida barcha ogMr yumushlarni bajargan. 
Uning xo‘jalikdagi ahamiyati katta boMgan, shuni e’tiborga olib, 
ba’zi olimlar bu davmi «boltalar asri» deb atashni ham taklif 
qilishgan.
Neolit davri jamoalarida mehnat qurollarini takomillashtirish 
bilan 
bir qatorda 
hunarmandchilikning 
bir 
qator 
tarmoqlari- 
kulolchilik, to‘quvchilik, zargarlik kabi sohalari ixtiro qilindi.
Paleolit, mezolit davrlarida idishlar yog‘ochdan yoki novdadan 
yasalgan boMsa, neolitning rivojlangan bosqichiga kelib, dag‘al, chala 
kuydirilgan sopol buyumlar ishlab chiqarila boshlandi. Ularning tagi 
tuxumsimon boMib, shakli neolit davri odamlarining koM yoqalarida, 
qumloqlardagi chaylalarda yashaganliklari bois shunday boMgan, ya’ni 
sopol idishlar koM yoqasidagi qum ustiga o‘rnatilgan va ularni toshdan 
terilgan o‘choqlarga qo‘yish ham qulay boMgan. So‘nggi neolit davriga 
kelib sopol buyum shakli o‘zgaradi. Tuvaksimon - osti yassi va tekis 
idishlar paydo boMadi, maydalashadi. Idishlar loy lentalar asosida 
qoMda 
ishlangan. 
Idishlar 
naqshi 
ham 
oddiydan 
murakkabga 
o ‘zgarib boradi. Idishlar bir yarusli xumdonlarda pishirilgan. Lekin 
idishlar qo‘pol, mo‘rt boMgan.
To‘qimachilik hunarmatichilikning vujudga kelishi ham neolit 
davrining buyuk kashfiyoti 
hisoblanadi. Neolit davri odamlari 
hayvon yungi va o‘simlik tolasidan mato to‘qishni o‘rganganlar. 
Shuningdek, yigirilgan ipdan baliq to‘ri ham to‘qilgan. Bu esa


baliq ovlash ahamiyatini keskin ravishda oshirib yuborgan. Bunga 
suvda suzuvchi qayiqlam ing yaratilishi ham imkon bergan.
N eolit davri yutuqlaridan yana biri 
ona urug‘i doirasida juft 
oilaning vujudga kelishi boMib, u urug‘ ichida oilaviy munosa- 
batlam ing izga tushishiga olib keldi va jam iyat taraqqiyotini yanada 
olg‘a siljitdi.
0 ‘rta O siyoda neolit davri jam oasi rivojlanishining 2 xil ko‘rinishi 
mavjud boMgan: 1. Janubiy— g‘arbiy hududlarida, hozirgi Turkma- 
nistonning K opetdog1 togM oldi daryo xavzvlarida ilk dehqonchilik 
madaniyati shakllangan. 2. M arkaziy va shimoliy hududlarida esa, 
neolit davri jam oalari ovchilik va baliqchilik 
xo‘jaligi bilan 
shug‘ullanganlar. 
Mintaqalararo 
rivojlanishning o‘ziga xos jihatlari 
tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Shuningdek, 0 ‘rta Osiyoda 
neolit davri yodgorliklarini bir necha yirik territorial-xo‘jalik shakllarga 
ajratilgan: masalan, Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor 
madaniyati v a Sazag‘on madaniyati shular jumlasidandir.
Joytun m adaniyati 
0 ‘rta Osiyoning janubiy-g'arbiy hududida 
ilk dehqonchilik 
bilan shug‘ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning 
izlari faqat Turkm anistonning jan u b iy -g ‘arbiy hududlaridan topilgan. 
Olim lar uni miloddan avvalgi VI m ing yilliklar oxiri V ming 
yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kufitin, V.M.Mas- 
son, D .D urdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami, 
T o‘g‘oloqtepa, ChagMllitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, Joytun, 
N ayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlaming manzilgohlari kiradi. 
Joytun qishlogMda 
uch qurilish bosqichi aniqlangan. Unda uylar 
to'rtburchak shaklida qurilib, devorlari guvaladan ishlangan va somon 
bilan suvalgan. Uylarning yonida xo'jalik xonalari - omborxona, saroy 
va o‘ralar ham boMgan. Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni 
tashkil etgan. Har bir uyda (xonadonda) 5-6 kishidan iborat oila 
yashagan, deb taxmin qilinadi. Hammasi boMib, Joytunda 30 ga yaqin 
uy-joy kom plekslari Igan, ularda 150-180 kishi istiqomat qilgan.
Uyning ichki o ‘ng tomonida katta to ‘g ‘ri burchakli o‘choq mavjud 
boMib, u loydan (guvala) qurilgan. Tosh qurollari asosan chaqmoq- 
toshdan ishlangan. Prizma va konussimon nukleuslar ko'plab topilgan. 
Geometrik shakldagi mikrolitlaming keng tarqalishi Joytun mada­
niyatining muhim xususiyati hisoblanadi. Ulardan qadama tig‘ sifatida 
foydalanishgan.
Joytunliklar kulolchilik buyumlarini qoMda yasaganlar va geometrik 
naqshlar bilan bezaganlar. Ilk Joytun madaniyatida bezakli sopol idishlar 
kam uchraydi. Bezakli idishlar ko'proq qizil rang bilan ishlangan. Ilk


Joytun sopol idishlarida to‘lqinsimon chiziqlar uchrasa, so'nggi Joytun 
sopol idishlarida to‘rsimon chiziqlar asosiy o ‘rinni egallaydi.
Bu erdan hayvon va odam gavdasi tasvirlangan haykalchalar, 
munchoq, shaxmat donalari topilgan. Haykalchalardan ko‘proq echki, 
qo‘y haykallari uchraydi. Haykalchalar urug‘ning sig ‘inadigan buyumi 
deb taxmin qilinadi.
Cho‘pontepa qishlog‘idan bir necha qabrlar topib o'rganilgan. 
Qabrlardan g‘ujanak holda yon tomoniga yotqizilgan va ustiga qizil oxra 
sepilgan odamlaming suyaklari topilgan. Bu qabrlar neolitning eng 
so‘nggi bosqichiga tegishlidir.
Joytun madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy manbalar 
ularning dehqonchilik bilan birga, chorvachilik, ovchilik bilan ham 
shug‘ullanib, o ‘z davrining katta yutuqlarini q o ‘lga kiritganligini 
ko‘rsatdi.
H isor m adaniyati tog‘li mintaqalarda yashab, asosan hayvon 
ovchiligi bilan shug‘ullagan qabilalar madaniyatidir. U Tojikistonning 
togMi mintaqalarida keng tarqalgan. Ularning izlari 300 dan ortiq joydan 
topilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri 
yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati 
nomini olgan.
Hisor madaniyatining harakterli tomoni, uning aholisi qayroqtosh 
tosh qurollariga o‘ziga xos ishlov berishgan. Uning ishlanish uslubi 
o ‘rta paleolit davridagiga o ‘xshaydi. Sopol idishlar qo‘lda ishlanib, 
geometrik naqsh berilgan.
Arxeologlar Tutkovul makonidan yarim ertoMa shakldagi uy 
qoldig‘ini va 4 ta qabmi topib o‘rganganlar. Jasadlar g'ujanak holda 
yotqizilib, oyoq-qo‘llari bogMangan holda ko‘milgan. 
Bu mozorlar 
Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga tegishlidir.
Xuddi shu davrda 0 ‘rta Osiyoning shim oliy 
va markaziy 
hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullangan 
neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Bunday yodgorlik XX 
asrning 30-40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi 
havzasida topilgan va fanga K a ltam in o r m a d a n iy a ti nomi bilan 
kiritilgan. Yodgorlik Amudaryoning Oqchadaryo o ‘zanidan chiqqan 
qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom 
berilgan.
Kaltaminor madaniyati 0 ‘rta Osiyoning g‘arbiy va shim oli-g‘arbiy 
tomonidagi erlarida keng tarqalgan. Uning sh im o li-g ‘arbiy chegarasi 
Ural daryosining o ‘rta va quyi oqimlarigacha, g 'arb iy chegarasi Kaspiy 
dengizigacha 
borib 
taqalgan. 
Janubda 
Q oraqum
va 
Qizilqum


etaklarigacha, sharqda esa, Orol dengizining shimoliy, sharqiy va 
janubiy tom onidagi quyi Sirdaryogacha borib taqaladi. Qizilqum va 
Ustyurtning katta territoriyasida ham Kaltaminor madaniyati ancha keng 
tarqalgan.
Kaltam inor 
madaniyatini o ‘rganish jarayonida olimlar uning 
rivojlanish bosqichlarini aniqladilar - Daryolisoy (mil.avv. Y I-IY ming 
yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IY—III ming yilliklarga oid) 
va 
Saksovul (m il.avv. Ill ming yillik oxiri -I I ming yillik boshlariga oid).
Oqchadaryo havzasidan k o ‘plab kaltam inor madaniyatiga oid 
yodgorliklar topilgan. Ularning 
3-4 ta manzilgohining 
madaniy 
qatlami 
buzilm asdan saqlanib qolgan. 
Bular Jonbas-4, 
Qavat-7, 
Tolstov m anzilgohi, Tumek Kichidjik qabristonidir.
D aryolisoy y o d g o rlik lari 
qadimgi Zarafshon daiyosining eng 
qadimgi o ‘zanlardan biri - Daryolisoy bo‘ylaridan topilgan makonlar 
hisoblanadi. D aryolisoy sohillaridan ilk neolit davriga oid qirg‘ichlar, 
tarashlagichlar, paraqalar va trapetsiyalar topilgan. Bu erdan boshqa 
joylarga xos boMmagan o‘ziga xos shoxdor trapetsiyalar 
topildi. 
Makondan naqshli sodda sopol idishlarining parchalari ham topilgan. 
N eolit davri odam lari daryo sohilida makon qilib, baliqchilik, ovchilik 
bilan shug‘ullanganlar.
N eolit davri yodgorliklari Qizilqumning Chinkeldi, Echkilisoy, X o‘ja
Gumbaz, Q oraqat degan joylardan ham topilgan. U joylardan topilgan 
arxeologik m anbalar Daryolisoy topilmalariga o‘xshash boMganligi 
sababli uni D aryolisoy tipidagi ilk neolit davri yodgorliklari qatoriga 
kiritadilar.
Jo n b o s-4
m ak o n i 
Oqchadaryo qirg‘oqlaridan topilgan. 
Uni
S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi a ’zolari 
o ‘rgangan. 
M akondan 
chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari, 
sopol parchalari, hayvon va baliq suyaklari bilan birga katta chayla 
qoldigM ham topilgan. Chaylada neolit davrida yongMn boMganligi 
aniqlangan. U qalin loyqa ostida qolgan.
Chayla yarim ertoMa shaklida boMib, uning maydoni 290kv.m (24m 
x 17m) boMgan. U yog‘och ustun, sinchlar bilan ko'tarilgan. Uning 
tom iga ko‘ndalang yog'ochlar tashlanib, usti qamish bilan yopilgan. 
Chayla sathining k o ‘p joylaridan katta-kichik chuqurchalar topilgan. Bu 
ustun va sinchlar oM-natilgan chuqurchalar boMgan. Chayla o‘rtasida 
katta markaziy o ‘choq qoldigM, uning atroflaridan esa, lOOga yaqin 
mayda o'ch o q lar qoldigM, chayla atrofidan esa kul, kuygan qamish va 
yog‘och qoldiqlari topilgan. S.P.Tolstov hisobiga ko‘ra, bu erda 120— 
125 odam yashagan. Jonbos-4 katta urug‘ jam oaning makoni boMgan.


J o n b o s ^ makonidan so‘nggi neolit davriga xos nukleuslar, nayza 
paykonlari, qirg‘ich, o‘q uchlari va tosh qurollar topilgan.
Makonning madaniy qatlamidan baliq, y o w o y i ch o ‘chqa, qirg‘ovul, 
o'rdak, g‘oz tuxumlari po‘choqlari, jiyda danaklari ham topilgan. 
Topilgan suyaklaming 86% baliqlaming suyaklari boMib chiqqan. 
U erdan sopol idishlaming parchalari ham topilgan boMib, ular 
tuxumsimon shaklda, osti yassi bo‘lib, sopol idishlam ing sirti ilon izi, 
archa bargi singari, romb, uchburchak, toMqinsimon geom etrik naqshlar 
berilgan. Kaltaminorliklar sopol idishlarini o ‘ziga xos tarzda yasaganlar. 
Ular qopga o'xshash narsaga qum solib, 
atrofmi loy bilan shuvab 
chiqqanlar va quritilgan. Keyin er tandiriga o‘xshash xumdonga bir 
nechtasi terilib, 
olov yoqilgan va xumdon og‘zi bekitilgan. Katta 
haroratda olov yonib, idish ichida iz qoldirgan. Shu sabab sopol 
buyumlari tuxumsimon shaklda boMgan, lekin idish ichi pishmasdan 
qolgan. Sopol loyiga yantoq yoki qamishning toza kuli solingan. Sopol 
qozonlarga esa maydalangan toshlar qo‘shilgan.
Jonbos-4 atrofidagi taqirlardan neolit davriga oid ikkita qabr topilgan. 
Marhumlar g‘ujanak holda, y a ’ni oyoq-qo‘llarini bukib, ko‘milgan. 
Qabrlarning har xil joylaridan turli taqinchoqlar, chaqm oqtosh qurollar, 
sopol idishlar siniqlari va qizil bo‘yoq qoldiqlari topilgan. Bu topilmalar 
kaltaminor madaniyatiga xos edi.
Tolstov m anzilgohini A.V.Vinogradov JonbOs-4 m akoniga yaqin 
joydan topgan va ustozi S.P.Tolstov sharafiga «Tolstov manzilgohi» 
nomini bergan. Tadqiqotlar natijasida makonning rivojlangan neolit 
davriga to‘g‘ri kelishi va mil.avv. IVming yilliklarga oid ekanligi 
aniqlandi.
Makondan ikkita xona qoldig‘i topilgan bo‘lib, ulardan birining 
maydoni 110-120kv.m. Xonaning 
konussimon tom i avval qamish, 
so‘ngra daraxt qobig‘i bilan yopilgan. Xonadan ustun qoldiqlari va 
o ‘choq izlari aniqlandi. Makondan chaqmoqtoshdan ishlangan mikrolit 
qurollar, 
kamon o ‘q uchlari, turli xil suyak qurollar -
garpunlar, 
qarmoqlar. ignasimon uchli qurollar, ignalar, silliqlanib ishlangan 
boltachalar, tosh va sopollami silliqlaydigan asboblar, ch ig‘anoqlardan, 
parranda suyaklari va feruza toshdan yasalgan taqinchoqlar topilgan. 
Shuningdek, qora-qizg‘ish va oq rangdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan 
turli naqshlar bilan bezatilgan sopol buyumlaming parchalari topilgan. 
Tolstov manzilgohidagi tosh qurollaming D arvozaqir I, II va Katta 
Tuzkon makonlaridagi qurollar bilan o'xshash tom onlari aniqlangan.
Tolstov manzilgohidan topilgan ashyolar Kaltam inor madaniyatining 
o ‘ziga xos xususiyatlarini yanada oydinlashtirdi. Jum ladan, Kaltaminor


xo‘jaligining asosini baliqchilik tashkil qilgan. Baliq ovida to ‘rdan, 
suyak garpunlardan, tosh sanchqidan va qarmoqlardan keng foyda­
langanlar. U larning namunalari Kaltam inor madaniyati yodgorliklarida 
ko‘plab uchraydi. X o‘jalikda hayvon ovi ham muhim ahamiyatga ega 
boMgan. U lar asosan, yo w o y i ch o ‘chqa, buxoro ohusi, jayron, qulon, 
sayg‘oq va boshqa hayvonlami ovlaganlar. Ovda ular o ‘q-yoydan keng 
foydalanganlar. X o‘jalikda pardozlangan tosh boltalar va teshalardan 
foydalanishgan. Aholisi to ‘qim achilik bilan ham shug'ullanib, o'zlari 
uchun kiyim -kechak va baliqlar uchun to ‘r to ‘qishgan. Xo'jaligining 
uchinchi tarmogM termachilik boMgan. Yodgorliklarda y o w o y i jiyda 
danagi ko‘plab topilgan.
Sirdaryoning pastki oqimida so ‘nggi neolit davriga oid ko‘pgina 
m akonlar tadqiq qilindi. Shulardan Saksovul va Shulqum qarorgoh- 
laridan katta 
material olingan. B u erdagi ibtidoiy jam oalar ko‘pincha 
qirgMch qurollarini tosh siniqlaridan yasaganlar. Sopol idishlaming turli 
shakllari m avjud. Ular tuxumsim on shaklda boMib, tagi tekis ishlangan 
va qism an naqshlangan.
K altam inor madaniyatining ijtimoyi rivojlanishida matriarxat davri 
boMib, ju ft oilalar shakllagan edi. Bundan Jonbos-4 makonidan topilgan 
100 
ga 
yaqin 
mayda 
o ‘choqlar 
darak 
beradi. 
Shuningdek, 
kaltam inorliklar o‘z faoliyatlarida tabiatga butunlay qaram edilar. Ular 
yashash jo y la ri- kulbalarini daryo v a koM buylarida qurganlar. Daryolar 
o ‘z o ‘zanini o ‘zgartirishi bilan ular ham o‘z manzilgohlarini o ‘zgar- 
tirganlar.
Hozirgi kunda 
Kaltaminor madaniyati izlari Sirdaryoning quyi 
oqimi, Qizilqum ning ichki hududlari va Zarafshonning quyi havza- 
larida topilgan.
T u m e k -k ic h id jik q a b rsto n i — so‘ngi neolit davriga oid muhim 
yodgorlik boMib, и 1972 yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan. 
U erda tadqiqotlar 1973-1974 yillarda olib borildi. Qazishmalar vaqtida 
27 ta qabr ochib o ‘rganiIdi. Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga 
yotqizilgan, boshlari esa, asosan, shim oli-sharqqa qaratib qo‘yilgan va 
kiyim boshlari bilan ko‘milgan. Skletlar ustida taqinchoqlar saqlanib 
qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qo ‘yilgan. 
Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlar mavjud. Bu ularning diniy 
e ’tiqodlari bilan bogMiq boMgan.
Tadqiqotlar natijasida neolit davrida Zarafshon daryosining beshta 
tarmogM Amudaryoga qo‘shilganligi aniqlandi. Mazkur tarm oqlar 
Q izilqum hududida katta, kichik koMlami hosil qilgan. Zarafshon 
daryosining yirik tarmogM M oxandaryo boMib, uning ham oqimida


koMlar shakllangan. Bugungi kunda ular sho‘rlanib, xalq orasida Katta 
tuzkon, Kichik tuzkon deb atalib kelinadi. Shu qadimgi k o ‘l yoqalarida 
neolit davri aholisi iste’qomat qilgan. 1950 yillarda Y a.G ‘.G ‘ulomov 
Moxandaryo 
bo‘ylab 
arxeologik 
qidiruv 
ishlarini 
olib 
bordi.
1960 yillarda esa bu hududda A .A sqarov bilan O M slom ovlar tadqiqot 
ishlarini olib borib, 100 dan ortiq neolit davri manzilgohlarini topdilar.
Ular bir-biriga juda yaqin m asofada joylashgan. 
Bu joylardan 
qirg‘ichlar, pichoqlar, o‘roq-randalar, nayza uchlari, o ‘roqlar, parma, 
teshkichlar, yorg‘uchoq, qayroqtosh, bolta va boshqa buyum lar topilgan. 
Tosh qurollardan tashqari bu erdan, taqinchoqlar, munchoqlar, sopol 
idishlari topilgan. Sopol idishlaming k atta- kichikligi, bezagi har xil 
bo‘lib, o g ‘zi kengroq, osti dum aloq shaklda boMgan. Lekin bu erda 
suyakdan qurollar topilmagan. U ning ko‘plari m avsum iy manzil- 
gohlar bo‘lib, madaniy qatlam lar etarli saqlanib qolm agan. Faqat- 
gina Darvozaqir manzilgohida m adaniy qatlam yaxshi saqlangan.
D arv o zaq ir I makoni Buxoro viloyatining Qorako‘l shaharchasidan 
40-45 km shim oli-g‘arbidagi K atta Tuzkon koMidan 6 0 0-70 0 metr 
masofada joylashgan. 
U erda 3ta madaniy qatlam topilgan boMib, 
yuqori qatlami buzilib ketgan. Lekin undan ancha boy m ateriallar tosh 
mehnat qurollari - silliqlangan tosh boltalar, qirg‘ich, teshgich, o ‘ro q - 
randa, parma topilgan. Ikkinchi qatlam dan esa gulxan qoldiqlari va oz 
miqdorda qurollar topilgan. Uchinchi qatlamdan esa, o ‘choqlar va turar 
joy qoldiqlari, silliqlangan tosh bolta, boshqa xil tosh qurollar, toMqinli 
chiziqlar bilan bezatilgan sopol buyum lar va hayvon suyaklari qoldiqlari 
topilgan.
Darvozaqir madaniy yodgorliklariga o ‘xshash buyum lar Qashqa- 
daryoning quyi oqimidan Q um sulton va Poykent pasttekisliklaridan 
ham topilgan. Poykent makonlaridan tosh bolta, qirg‘ich, teshkich, o ‘roq 
qadamalar va sopol idishlarning siniqlari topilgan. Tadqiqot natijasida 
ularning mil.avv. IY—III ming yilliklarga mansubligi aniqlandi.
N eolit davrining Sazag‘on m a d an iy a ti m akon lari (Sazag‘on 1,2, 
TepakoM 3) Zarafshon datyosining o ‘rta xavzasida 
Sam arqanddan 30 
km jan u b i-g ‘arbda joylashgan. Sazag‘on makonlaridan neolit davriga 
oid ko‘plab tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan. Sazag'on 
madaniyati axolisi tog‘li hududlarda yashab, asosan hayvon ovi bilan 
shug‘ullanganlar. Shu sabab makonni qazish vaqtida ovchilikkka 
moslashgan mehnat qurollari bilan birgalikda, 
uning yuqori qatlam ­
laridan yovvoiy va uy hayvonlarining suyak qoldiqlari ham topilgan. 
M ehnat qurollari asosan tosh parchalari va qo‘pol paraqalar asosida 
yasalgan. Uning tosh qurollarining ishlanish texnikasi Markaziy


F arg'onaning mehnat qurollariga o'xshaydi. Turli qurol aslahalar 
tarkibida silliqlangan tosh boltalar, qadama toshlar, yog‘uchoqlar, 
kam on poykonlari bor. Sopol idishlari naqshlangan. Shuningdek, 
m akondan eneolit davri qabrlari ham topib o‘rganilgan. M a’lum 
boMishicha, bu odamlar evropoid irqiga mansub boMgan. Shunday 
tipdagi odam lar va dafn m arosim lari Tojikistondagi Tutkovul makonida 
kuzatilgan. Makondan topilgan tosh industriyasi va boshqa topilma- 
larning umumiy xususiyati S azag‘on 1 manzilgohining ilk neolit davriga 
taalluqli ekanligini asoslash bilan birgalikda Markaziy F arg‘onadagi shu 
tipdagi yodgorliklarga o ‘xshashligini ko‘rsatdi.
M arkaziy F arg‘ona neolit yodgorliklari 
ilk neolit bosqichiga oid 
yodgorlik boMib, u XX asrning 50- yillarda tadqiq qilingan. Ular 
m arkaziy Farg‘onaning choMlarida topilgan boMib, bugungi kungacha 
80 dan ortiq makon aniqlangan. Ular umumiy tarzda 
M arkaziy 
F a rg ‘ona m adaniyati 
deb nom lanadi.
N eolit makonlari Q oraqalpoq dashtida, M ingbuloq, Sariqsuv, 
O qqum , DamkoM va Q iziltepa hududlaridan topilgan. U lar jum lasiga 
Z am bar 1,2, Yangiqadam 12,14, 16,19, 35, 
Mingbuloq, Sariqsuv, 
UzunkoM, DorozkoM, M adyor v a boshqalarini kiritish mumkin.
M akonlarda madaniy qatlam lar saqlanmagan. U erdan prizma, qalam 
shaklidagi tosh o‘zaklar, qirgMchchalar, randa, burg‘u, keskich qurollari, 
paykonlar topilgan. Paykonlar asosan bargsimon shaklda boMgan. 
Q urollam ing ko‘pchiligi paraqa va tosh siniqlari asosida yasalgan. 
G eom etrik shakldagi qurollar topilmagan.
Ibtidoiy odamlar koM, daryo va buloqlar atrofida o ‘z makonlarini 
qurib, ovchilik, baliqchilik va term achilik bilan shug'ullanganlar.
M arkaziy Farg‘onaning shim oliy qismida joylashgan M adyor 3,4 va 
boshqa makonlari so‘nggi neolit davriga, ya’ni mil.avv. IV - III ming 
yilliklarga oiddir.
U chtut 
yodgorligi chaqm oqtosh qazib olish va birlamchi ishlov 
berish ustaxonasi boMib, N avoiy viloyati Uchtut hududidan topilgan. 
Uni Y a.G ‘.G‘ulomov rahbarligidagi ekspeditsiya 1960 yilda topgan. 
Y odgorlikni 1966-1967 yillarda T.Mirsoatov o ‘rgangan va 
neolit 
davrga 
oid o ‘ra(shaxta)lami ochgan. Shuningdek, bu erdan 
tosh 
davrining turli bosqichlariga oid moddiy buyumlar ham topilgan.
D astlabki davrlarda ibtidoiy odamlar qoyalarda ko‘rinib yotgan 
chaqm oqtoshla.ni sindirib olganlar. Keyingi davrlarda chaqmoqtoshni 
qidirib, to g ‘ yonbagMrlarida 
4,5 va 5 metrli 
o‘ralar 
kovlaganlar. 
Kerakli xom ashyoni olish uchun o'ralam ing pastki qismidan har 
tom onga q o ‘shimcha yoMaklar ochib borganlar. 0 ‘ralar maxsus tosh,


suyak va yog'ochdan yasalgan kurakchasimon qurollar yordam ida 
qazilgan. 0 ‘ralar devorlarida kurakchalar izlari mavjud. Chaqm oqtoshni 
konchilar tosh boltalar yordamida kovlaganlar. Shuningdek, u erda o ‘t 
yoqib toshni qizdirishgan va sovuq suv quyib, portlatganlar. Ular 
keragicha xom -ashyodan olib, keyinchalik o‘ralar og‘zini harsang 
toshlar bilan yopib qo‘yganlar. Arxeologlar bu erda lOOdan ortiq 
bunday o ‘ziga xos o‘ralami topganlar, ulardan faqat 35tasi o ‘rganilgan.
Uchtut yodgorligi singari shaxtalar faqat neolit davri yodgorliklarida 
uchraydi. N eolit shaxtalari Angliya, Fransiya, Daniya, Shim oliy 
Germaniya va Belorussiya kabi davlatlarda ham topilgan.
Mavzuni m ustahkam lovchi savollar:
1. N eolit davri yodgorliklarini sanang.
2. Kaltaminor madaniyati necha bosqichda rivojlangan?
3. Neolit davri yutuqlari nimalardan iborat?
4. Uchtutdagi neolit davri shaxtalari haqida m a’lumot bering?
5. Ishlab chiqaruvchi xo‘jalik va uning mohiyati nima?
6. Joytun madaniyati qaysi hududda shakllangan?
7. Xisor madaniyati xususiyatlarini tushuntirib bering?
8. M arkaziy 
Farg‘ona yodgorliklarining 
o ‘ziga 
xos 
jihatlari 
nimalardan iborat?
Yodda tuting!
Neolit davrining asosiy xususiyatlari
■ Miloddan avvalgi VI ming yillikdan IV ming yillikkacha davom
qiladi.
■ Dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan.
■ Kulolchilik, to‘quvchilik, zargarlik paydo boMgan.
■ Tosh qurollarini silliqlash, parmalash uslublari vujudga kelgan.
■ Odamlar o'troq hayot tarziga o ‘tganlar.
■ Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o ‘tilgan.
■ Boltalar ixtiro qilingan.
■ M akrolit qurollar keng tarqalgan.
■ Juft oila vujudga kelgan.
2-§. Eneolit d av ri yodgorliklari
Neolitdan keyingi davr eneolit deb ataladi. Lotincha «acneus»- 
mis va yunoncha «litos»-tosh so‘zlaridan olingan boMib, mis— tosh 
davri m a'nosini anglatadi. Eneolit miloddan avvalgi IV— III m ing


yilliklam i o ‘z ichiga oladi. 
K o‘pgina hududlarda neolit davri 
jam oalari bilan bir vaqtda hukm ron boMgan.
M isning kashf etilishi va undan mehnat qurollari yasashning ixtiro 
qilinishi haqida fanda 2 xil fik r mavjud. B a’zi olimlar mis dastlab bir 
jo y d a k ash f qilinib, keyinchalik shu erdan boshqa joylarga tarqalgan 
degan fikm i ilgari suradilar. U lar o ‘z fikrlami janubi-g‘arbiy Erondagi 
C hatal-U yuk va Cheyyunyu tepaliklaridan 
mil.avv. 
VIII-VII ming 
yilliklarga oid misdan ishlangan 
taqinchoqlaming topilishi bilan 
isbotlaydilar. B a’zi olim lar esa, mis va unga ishlov berish uslublari har 
bir hudud aholisining o 'zlari k a sh f etganlar deb ko‘rsatadilar.
O lim lar tomonidan m isga ishlov berishning 4 bosqichi aniqlangan:
1-bosqichda misga sovuq holda ishlov berilgan. Mis qizil rangda 
boMganligi sababli, dastlab undan turli taqinchoqlar yasaganlar.
2-bosqichda misga olov orqali ishlov berib, undan turli mehnat 
qurollarini yasaganlar. M isning olovda erish xususiyati tasoddifan 
topilgan.
3-bosqichda rudadan misni ajratib olish usuli kashf etilgan.
4-bosqichda mis bilan qalayning aralashmasidan qattiq metall, y a’ni 
bronza k ashf etilgan.
M is Sharqiy Eron hududida mil.avv. VII ming yilliklarda, Ikki daryo 
oraligM va Hindistonda m il.avv. VI ming yilliklarda, M isr va Bolkon 
yarim orolida mil.avv. V m ing yilliklarda, Sharqiy Evropa va qadimgi 
A m erika hududlarida m il.avv. IV ming yilliklarda, Janubiy Amerikada 
mil.avv. I ming yilliklarda k a s h f etilgan.
M isning erish xususiyati undan ancha kech ixtiro qilingan. Bu yaqin 
Sharqda, Janubiy Turkm aniston hududlarida 
mil. avv. IV ming 
yilliklarda, Evropa, Xitoy , 0 ‘zbekiston hududlarida mil.avv. III-II ming 
yilliklarda sodir boMgan.
B.A.Kuftin va V.M. M assonning janubiy Turkmanistonda olib 
borgan arxeologik tadqiqotlari asosida eneolit davrining rivojlanish 
bosqichlarini aniqladilar v a eneolit davri rivojlanishi ilk, oMla, 
so ‘nggi 
bosqichlarga 
boMdilar. 
Ular tadqiqoti 
natijasiga ko‘ra, 
N o m o zg o h -l-ilk eneolit davriga, Namozgoh-2- o‘rta eneolit davriga , 
N am ozgoh-3-so‘nggi eneolit davriga xosdir. Eneolit davrida sug'orm a 
dehqonchilik va xonaki chorvachilik ibtidoiy xo‘jalikning asosini 
tashkil etgan.
Eneolit davri iqlim sharoiti hozirgi davrdan ancha farq qilgan. 
YogMngarchilik ko‘p boMgan. Tog‘ oldi soylari, daiyolar sersuv 
boMib, ular choM zonalarining ichkarisigacha kirib borganlar. Eneolit


jam oalari shu suv etaklarida o‘zlariga manzilgohlar qurib, yangi 
erlami o‘zlashtirganlar.
Eneolitning ilk bosqichida aholi bir-biriga zich qilib qurilgan bir 
xonali uylardan iborat qishloqlarda istiqom at qilganlar. Uylar to r, 
kvadrat shaklida xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xona devorlari 
somonli loy bilan suvalgan. 0 ‘rta bosqichida esa qishloqlam ing 
markaziy qismi mudofaa devori bilan o ‘ralib, ko‘p xonali u ylar 
ham uchraydi. Ularning orasida doira shaklidagi xonalar ham
boMib, tadqiqotchilar fikricha, bu ibodatxona boMib, ular bu erda olovga 
sigMnishgan. Eneolitning 
so'nggi 
bosqichida qishloqlar hududi 
kengayadi va ko‘p xonali uylam ing soni oshadi. Ularda d ahlizlar 
va hovlilar vujudga keladi. Hovlilarni birlashtiruvchi tor ko‘ch alar 
rasmiylashgan va 
ularning 
hammasi 
qishloqning 
m arkazidagi 
maydonga chiqqan. Har bir uyda x o ‘jalik kom pleksi-om borxonalari 
boMgan.
So'nggi bosqichda qishloqlar yiriklashib, shaharlar qiyofasiga 
o ‘ta boshlagan. Shu jihatini inobatga olib, arxeologlar uni shahar- 
largacha (protogorod) boMgan davr m adaniyati belgilari deb hisob- 
laydilar.
Eneolit 
davrida 
mehnat 
qurollari 
asosan, 
toshdan, 
hayvon 
suyaklaridan va qisman misdan yasalgan. Mis mehnat qurollari 
mavjud boMganligi eng qadimgi mehnat qurollarini kimyoviy tahlil 
qilish 
asosida 
isbotlandi. 
Dastlabki mis 
qurollar 
so f 
m isdan 
yasalgan. Odamlar dastlab misni toshning bir turi deb, sovuq h olda 
ishlov berganlar. Miloddan avvalgi IV m ing yilliklardagina uning
olovda 
erish 
xususiyati 
kashf 
etilgan. 
Mis 
qurollari m ehnat 
unumdorligini oshirgan, lekin mis tabiatda kam uchraganligi va tannarxi 
qimmat boMganligi sababli, u tosh qurollam i siqib chiqara olm agan. 
Shuningdek, uning boshqa metal larga nisbatan yumshoqligi 
va 
egiluchanlik xususiyati, ulardan hamma hududlarda bir xil foydalanishga 
imkon bermagan.
Eneolit davridagi mehnat qurollari asosan dehqonchilik x o ‘jalig i 
bilan bogMiq edi. Bu qurollar chaqmoqtoshdan ishlangan qistirm a 
o ‘roq, pichoq, o ‘roq randa, qirgMch, bigiz, yorg‘uchoq, ketm oncha va 
boshqalar boMgan. Misdan bigiz, igna, to ‘g‘nagMch, bolta, pichoq, 
nayza, kurakchalar va turli taqinchoqlar yasaganlar.
Eneolit davrining ilk va o ‘rta bosqichida sopol loyiga m aydalab 
ezilgan somon qo‘shib idish yasalgan. Bu sopol buyumlar qalin va 
mo‘rt boMib, tagi yassi boMgan. Sopol idishlar sargMsh, och sariq,


och qizil va qizil angob bilan bo'yalib, qora mineral rang bilan 
sodda geometrik naqsh berilgan.
So‘nggi bosqichida esa sopol idishlar yasashda katta o ‘zgarishlar 
yuz beradi. Birinchidan, sopol buyumlar sifati yaxshilanadi, ya’ni 
loyga gips aralashtiriladi. Natijada sopol buyumlar jarangli va 
mustahkam bo‘ldi. Ikkinchidan, ba’zi sopol idishlarda 3 tadan oyoq 
paydo boMdi. U chinchidan, sopol buyumlar naqshi murakkablashib, 
jim jim ador boMdi va hayvon, parrandalaming rasmini solish odat 
tusiga kirdi. Sopol idishlar turi ko‘paygan.
Sarazm m adaniyati 
eneolit davrining noyob yodgorligi hisob­
lanadi. Hozirgi Sarazm qishlog‘i Zarafshon vohasining yuqori qismida 
0 ‘zbekiston bilan Tojikistonning chegara hududida joylashgan. Shu 
qishloqda istiqomat qiluvchi Ashurali Toyloqov 1976 yili o‘z tomorqasi 
va qo'shnilarining hovlilaridan topilgan sopol siniqlari, bronza bolta va 
pichoqlarni olib, Panjikent muzeyiga topshiradi. Bu topilm alar darhol 
olimlam ing diqqatini o ‘ziga jalb qiladi va 1977 yilda tojikistonlik 
arxeologlar tadqiqot ishlarini boshlab yuboradilar. U erda 1977 yildan 
beri Tojikistonlik arxeolog Abdulla Isaqov tadqiqot ishlarini olib 
boradi. Keyinchalik bu erda fransuz va amerikalik olimlar ham 
hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib bordilar.
Sarazm qishlog‘i 90 gektar maydonni egallagan bo‘lib, lOtepalikdan 
iborat. Bu erda aholi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan. 
Bu madaniyat 4 bosqichda rivojlangan boMib, uning 1 va 
II 
bosqichlari eneolit davriga to ‘g ‘ri keladi.
Birinchi bosqichda Sarazm qishlog‘iga asos solinadi. Bu davrda 
qishloq atrofi m udofaa devori bilan o‘ralib, guvaladan 
qurilgan bir 
xonali uylari bo‘lgan. U ylar yaqinida 
xilxonalar boMgan. Qishloq 
hududidan sirtiga qora va qizil bo‘yoqlar turli geometrik naqshlar 
solingan sopol parchalari, m isdan yasalgan qurollar, mis oyna, oltin va 
kumushdan yasalgan taqinchoqlar, qimmatbaho toshlar-bronza, lazurit 
va 
serdolikdan 
yasalgan 
munchoqlar 
topilgan. 
Bu 
topilmalar 
Turkmanistonning A nov II moddiy buyumlariga ancha o ‘xshaydi. 
O lim lar bu davrning xronologiyasini radiokarbon usulida aniqlaganlar. 
U mil.avv. 3100-2930 yilliklarga mansub boMgan.
Ikkinchi bosqich so ‘nggi eneolitdan ilk bronza asriga o‘tish davri 
hisoblanadi. Bu davrda qadim gi qishloqlar hududi ancha kengayadi, bir 
xonali guvala uylar o ‘m id a xom gMshtdan yasalgan ko‘p xonali uylar 
paydo boMadi. Ayrim uylarda oilaviy e’tiqod joyi— dumaloq shaklda 
ishlangan altar (olovxona) boMgan. Ko‘p xonali xovlilar oraligMda tor 
ko'chalar va m aydonlar shakllangan. Qishloqning ikkita joyida


ibodatxona boMgan. Ibodatxonalaming devorlari boshqa uylardan farqli 
ravishda qizil rangda bo‘yalgan va ularning qoq o'rtasida mehrob 
joylashgan. Bu sarazmliklaming olovga sigMnish e ’tiqodi mavjud 
boMganligini ko‘rsatadi.
Qishloqdan 
toshdan 
ishlangan 
tarozi 
toshlari, 
to‘qimachilik 
dastgohining qismlari, eshik osti toshlari, urchuq toshlari, misdan 
ishlangan pichoqlar, xanjarlar, qarmoqlar, igna va bigizlar topilgan.
0 ‘zbekiston 
hududida 
Amudaryoning quyi oqim ida joylashgan 
eneolit davri yodgorliklarini S.P. Tolstov, quyi Zarafshon hudud- 
larini Ya.G‘. G ‘ulomov, A. Asqarov, 0 ‘. Islom ovlar tadqiq qilishgan.
0 ‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy 
hududlaridagi qabilalar 
metall bilan mil. a w . Ill ming yilliklar oxiri va II ming 
yilliklaming boshlarida birinchi bor tanishishgan. Bu hududlardagi 
eneolit davri makonlari qalin madaniy qatlam ga ega boMmagan, 
ular qisqa muddatli makonlar tipidagi qishloqlar boMgan. Shunday 
makonlar Zarafshonning 
quyi 
oqimida 
K aptar 
koMi 
va Katta 
Tuzkon-35 mavzelari atrofining 4 ta joyidan eneolit davri makon­
lari topilgan. Bu yodgorliklar 1960 yillaming boshlarida A.Asqarov va 
0 ‘.Islomovlar tomonidan o ‘rganilgan. Bu joylardan m iloddan avvalgi 
III- II ming yillikning chegarasida iste’qom at qilgan eneolit davri 
urug‘ jamoalarining kulbalari qoldiqlari topilgan. M oddiy buyumlar -
yorg‘uchoqlar, o‘roq, pichoq qadamalari, mis m ehnat qurollarining 
siniqlari taqir va qum ustida sochilib yotgan.
Eneolit makonlari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq va 
Zamonbobo I makonlaridan ham topilgan.
0 ‘zbekistonda eneolit davri manzilgohlari kam o ‘rganiIgan. Lekin 
mavjud arxeologik manbalar asosida eneolit davrining ijtimoiy iqtisodiy 
rivojlanish yoMlarini aniqlab olish mumkin. Bu davrda 0 ‘zbekistonning 
shimoliy hududlarida hali neolit davri jam oalari, y a ’ni Kaltaminor 
madaniyati jamoasi yashab kelardi. Lekin ularning janubiy hududlar 
bilan aloqasi ularning iqtisodiy hayotlariga o'zg arishlar olib keldi. 
Jumladan, 3 ming yillikning oxirlarida metall bilan tanishdilar, 
ilk 
chorvachilik va 
dehqonchilik xo‘jaliklari paydo boMa boshladi. Bu 
o ‘zgarishlar 0 ‘zbekiston hududida bronza davrida ijtimoiy - iqtisodiy 
hayotni jadal riVojlanishiga asos yaratdi.
M avzuni m ustahkam lovchi sa v o lla r:
1. Nima uchun bu davr eneolit deb nomlandi?
2. Ilk eneolit davriga xos xususiyatlami aniqlang?
3. O 'rta eneolit davriga xos xususiyatlami aniqlang?


4. So‘nggi eneolit davriga xos xususiyatlami aniqlang?
5 . 0 ‘zbekistonning qaysi hududlaridan eneolit davri makonlari 
topilgan?
6. Sarazm m adaniyatida uylar qanday qurilgan?
7. N om ozgoh m adaniyatini kimlar o‘rgangan?
Yodda tuting! Eneolit davri xususiyatlari
• 
M is-tosh davri.
• 
M il. avv. IV—III ming yilliklar.
• 
M is qurollar yum shoq va egiluvchan boMgan.
• 
Ilk eneolit davrida bir xonali uylar boMgan.
• 
0 ‘rta eneolit davrida ko‘p xonali uylar paydo boMgan.
• 
So‘nggi eneolit davrida qishloqlar shahar qiyofasiga kira boshla- 
gan.
• 
S o ‘nggi eneolit davrida sopol loyiga gips ko‘shilgan.
• 
Jo'm rak li idishlar paydo boMadi.
3-§. Bronza davri madaniyati
Bronzaning k a sh f etilishi ibtidoiy 
jam oa 
xo'jaligida 
buyuk 
o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina 
emas. balki siyosiy, madaniy, m a’naviy hayotida ham tub o ‘zga- 
rishlar yasadi.
Bronzaning tarkibi mis va qalay qorishmasidan iborat boMgan. 
Eng yaxshi bronzaning tarkibida 9 0 % mis va 10 % qalay boMgan. 
U dastlab m iloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida 
Mesopata- 
miyada (ikki daryo oraligMda) kashf etilgan. Bronza qurollar qattiq 
va ularga ishlov berish oson boMganligi uchun mis qurollarni siqib 
chiqardi. Shuningdek, bronza misga nisbatan past haroratda erigan. 
Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 700-900 gradusda erigan. 
Uning bunday past haroratda erishi, uning har bir xo‘jalikda 
qurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollar- 
ning turi ko'p ay ish ig a va samaradorligining oshishiga olib kelgan.
Bronza 
m axsus 
qalin 
sopol 
idish—tigellarda 
eritilib, 
sopol 
qoshiqlar orqali tosh va sopoldan yasalgan qoliplarga solingan. 
Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga mumiyo 
surtilgan va bronza qolipdan oson ajralgan .
Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik 
oxirlaridan boshlanadi. Bu davrda 
Qadimgi Misr, Mesoptamiya, 
Kichik 
O siyo va Eronning janubi-g‘arbida davlatlar shakllanib,


quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi. 0 ‘zbekiston hududida 
esa bu davr miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida 
boshlanib, 
miloddan 
avvalgi 
VIII asrlargacha 
davom
etadi. 
Shuningdek, jamiyat taraqqiyoti ham o‘ziga xos tarzda davom 
etgan. 0 ‘rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilik madaniyati 
ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. 0 ‘zbekistonning 
janubiy-sharqiy 
va 
markaziy 
hududlarida, 
y a ’ni 
Samarqand, 
Farg‘ona, Qarshi vohasi hududlarida ilk shahar m adaniyati izlari 
so‘nggi 
bronza davriga kelganda vujudga 
keldi. 
Ungacha 
bu 
hududlarda ko'chmanchi chorvadorlar madaniyati, y a ’ni Andronova 
va Tozabog‘yob madaniyatlari aholisi yashab kelgan. O ‘zbekistonning 
shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik x o ‘jaligi etakchi 
o ‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va A m udaryo etaklarida 
so‘nggi bronza va ilk temir davrida chorvador qabilalar o'troqlashib, 
sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar v a ular asosida 
qishloqlar tashkil etiladi.
Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik 
madaniyatining keng yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib 
chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy m ehnat taqsimoti 
deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida 
sodir boMgan. Ijtimoiy m ehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy 
sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi. 0 ‘rta O siyoning janubiy 
va janubi-g‘arbiy tumanlari dehqonchilik m adaniyatining o ‘choqlariga 
aylandi. Uning cho‘1 va dasht 
zonalarida chorvadorlar va 0 ‘rta 
Osiyoning shimoli-sharqiy, shim oli-g‘arbiy, m arkaziy hududlaridagi 
daryo 
etaklarida 
dehqonchilik 
madaniyati 
tarkib topa boshladi. 
Dehqonchilikdan 
chorvachilikning 
alohida 
soha 
boMib 
ajralib 
chiqishi qonuniy zaruriyat boMgan.
Bronzadan yasalgan qurollari 
mehnat unum dorligini 
oshirdi, 
takroriy sug‘orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko'paydi, 
yangi erlar o'zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari-m etal- 
lurgiya, zargarlik rivojlandi, 
kulolchilikda charxdan 
foydalanishga 
o ‘tildi, 
uy-joy 
qurilishida 
gMshtdan 
foydalanildi, 
mustahkam 
mudofaa 
devorlari qurila boshlandi. Chorvadorlar zonasida 
ot va 
eshakdan transport sifatida foydalanishga o ‘tildi. G upchakli g‘ildirakli 
aravalar paydo boMdi, jam iyat hayotida monogam o ila tarkib topib, 
hayotda otalar etakchi boMa boshladilar, patriarxat davri boshlanib, 
urug‘ jamoasi emirila boshladi va ilk davlatchilik elem entlari shakl­
landi. Qo‘shni mamlakatlar, ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar 
o ‘rtasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo munosabatlarda.


bir-biri bilan aralashib, yangi etnoslaming shaklla-nishi va ularning 
m adaniyatlari vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Q irg‘iziston, 
Q ozoqiston choMlarida yashagan Andronova madaniyati chorva- 
dorlari m iloddan avvalgi II m ing yillik o ‘rtalarida 0 ‘zbekistonning 
shim oliy va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan 
aralashib ketgan va Tozabog‘yob, Qayroqqum kabi m adaniyatlar 
shakllangan.
0 ‘zbekiston hududidagi bronza davri yodgorliklarini o ‘rganishda
S.P.Tolstov, V.I.M asson, Ya.G 'ulom ov, A.Asqarov, B.A. Litvinskiy, 
M .A .Itina, 
Yu.A. 
Zadneprovskiy, 
V.I.Sprishevskiy, 
T.Shirinov, 
B .M atboboev, B.Abdullaev va boshqalar olib borgan tadqiqotlari 
diqqatga sazovordir.
Y uqorida ta ’kidlab o'tilganidek, 0 ‘zbekistonning janubiy hudud­
larida, y a ’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davri- 
dayoq qadim gi dehqonchilik madaniyati shakllangan. Uning shaklla- 
nishida 
M urg‘ob 
vohasidan 
kelgan 
dehqonlar 
asosiy 
o ‘rinni 
egallaganlar. Ular dastlab Sherobod cho'lini o'zlashtirib, 
Sopollitepa 
qishlog‘ini tashkil qilganlar. Keyinchalik sopollitepaliklar asta-sekin 
Ko‘hitong v a Boysun tog‘ etaklari bo‘ylab shim oli-sharqqa siljiganlar 
va Sherobod daryosi bo‘ylab dehqonlarning qishloqlarini tashkil 
qilganlar. Tadqiqotchilar bu yodgorliklam i o'rganib, ularni Sopolli 
m a d a n iy a ti 
nomi ostida fanga kiritganlar. Sopolli madaniyati 5ta 
xronologik bosqichga boMinadi. O ‘zbekiston arxeologlarining keyingi 
yillarda olib borgan tadqiqotlari natijdasida Sopollitepa madaniyatining 
xronologik sanasini ancha aniqlashtirdilar, y a’ni radiokarbon analizi va 
m adaniyatlararo tarqalgan ashyolar tahlili yordamida 300-400 yilga 
qadim iylashtirdilar. Ular quyidagilardan iborat:
1. Sopolli bosqichi - miloddan avvalgi 2150-1900 yillar;
2. Jarq o ‘ton bosqichi - miloddan avvalgi 1900-1600 yillar;
3. K o ‘zali bosqichi - miloddan avvalgi 1600-1450 yillar;
4. M o‘lali bosqichi - miloddan avvalgi 1450-1250 yillar;
5. B o ‘ston bosqichi - miloddan avvalgi 1250-1000 yillar;
S o p o llitep a 
m anzilgohi 
Surxondaryo 
viloyatidagi 
Sherobod
cho‘lida Qaynarbuloqsoy hududida topilgan. U Termiz shahridan 70 
km sh im o liy -g ‘arbida joylashgan. Bu manzilgoh Sherobod choMini 
o ‘zlashtirish jarayonida 1968 yilda L.I.Albaum tomonidan ro'yhatga 
olingan. U ning tadqiqot ishlari bilan 
1969-1974 yillarda 
A.Asqarov 
shug‘ullangan. Ushbu madaniyatga tegishli 20 dan ortiq yodgorliklar 
topilgan.


Sopollitepa koridorsimon bloklar sistem a asosida qurilgan, uch q ato r 
mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan yirik qishloq boMgan. U ning 
umumiy maydoni 4 
ga.
ga yaqin. K atta qismi paxta m aydoniga 
qo‘shib yuborilganligi sababli, faqatgina, uning markaziy qal’a qism i 
saqlanib qolgan. U kvadrat 82 X82 m etr boMgan istehkomdir. Q a l’a 
mudofaa devorlari qalinligi 2 m etr boMib, somon qo‘shilgan xom
gMshtdan 
qurilgan. Mudofaa devorlari 
toMg‘ama tuzoq 
usulida 
ishlanib, aniq oMchamli koridorsimon bloklarga boMingan. Tashqi 
bloklar yoMaklar orqali ichkaridagi uy-joylar bilan birlashtirilgan. 
Ichki bloklar mudofaa tizimida qopqon vazifasini bajargan. Tashqa- 
ridan qaraganda 
ular qal’aga olib kiradigan darvozalarga o ‘xshaydi. 
Lekin qal’aga 
bitta darvoza orqali kirilgan. U qal’aning janubiy 
tom onida joylashgan. Qolganlari « y o lg 'o n davrvoza» boMgan. Bu ju d a
murakkab m e’moriy reja edi. M udofaa tizimidagi ichki va tashqi 
bloklar Sopollitepaning keyingi bosqichlarida urug‘ xilxonasi, uy- 
joy, kulolchilik ustaxonasi kabi m aqsadlarda foydalanishgan.
Sopollitepada 3 ta qurilish bosqichi aniqlangan. Sopollitepaning 2 ta 
qurilish davri bir xil materiallar bergan. Yuqori 3-chi qurilish davrida 
ba’zi o'zgarishlar mavjud. Bu o ‘zgarishlar Jarqo‘ton yodgorligining quyi 
qatlami materiallariga o‘xshaydi. Shuning uchun Sopollitepadagi 2ta 
quyi qatlam «sopolli bosqichi», uning yuqori qatlami 
«Jarqo‘ton» 
bosqichi deb yuritiladi.
Sopollitepadagi uy-joylar 8 ta kvartallarga boMingan. K vartallar 
urugMar asosida shakllangan. Qishloqda 8 ta urug‘ jam oalari yashagan. 
Har bir kvartaldan 2-3 yoki undan ortiq xum donlar va non pishiriladigan 
maxsus tandirlar, uy-joy qoldiqlar va 158 ta qabr topilgan. 
O lim lar 
fikricha, qishloq aholisi 155-315 kishidan iborat boMgan. Har bir 
oila o ‘z uyiga ega boMgan. Uylar orasida ko‘chalar 
boMib, ular 
markaziy maydoni bilan bogMangan. Uylar ko‘p xonali qilib, xom 
gMshtdan qurilgan. Devorlari bir necha bor somonli loy bilan suvalgan, 
poliarga alebastr aralashgan loy yoki sopol siniqlari yotqizilgan. 
Xonalarda o ‘choq va sandal izlari saqlangan. Har bir xonadonning 
omborxonasi boMgan. Uylar ichidan toshdan, suyakdan, bronzadan 
yasalgan turli xil mehnat qurollar, sopol idishlar, turli taqinchoq va 
bezaklar, urug‘ va qabilalarning m uhrlari, tam g‘alari topilgan. U lar 
mahorat bilan ishlangan. Topilmalar 
o ‘sha davr aholisining yuksak 
m adaniy-xo‘jalik rivojiga erishganligidan guvohlik beradi.
Sopollitepada sopol buyumlar kulolchilik charxida ishlanib, ikki 
yarusli xumdonlarda pishirilgan. Sopol idishlar jarangdor, yupqa qilib 
ishlangan. -Ularning turli xil shakllari - oyoqli vazalar, qadahlar,


j o ‘mrakli choynaklar, ko'zalar, xurmachalar, konussimon kosalar, 
to g ‘oralar, xumlar, sopol tagkursi, qozonlar topilgan. Bular kulolchi- 
likning rivojlanganligini k o ‘rsatadi. 
Sopol buyumlarda naqshlar yo‘q, 
faqat ko'zali bosqichining k o ‘zalarida gorizontal chiziqlar uchraydi.
Sopollitepada to ‘qim achilik 
sohasi ham rivojlangan. 
Bu haqda 
m ozorlardan topilgan kiyim mato qoldiqlari darak beradi. Bu kiyim 
qoldiqlari ilmiy laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilganda, ularning paxta 
va tabiiy ipakdan ishlanganligi m a’lum boMib, paxtachilik va ipakchilik 
bronza davrida ham m avjud boMganligini isbotlaydi. Bu esa, ipakning 
bundan 2000 yil oldin X itoydan 0 ‘rta Osiyoga kirib kelgan, degan fikmi 
rad qilib, 0 ‘zbekistonda paxtachilik va ipakchilik 
3,5 ming yillik 
tarixga ega ekanligini tasdiqlaydi.
Bu davrda metall bilan ishlash hunarmandchiligi ham taraqqiy etgan. 
Arxeologik qazishm alar vaqtida yuzlab metall buyumlari- u y -ro ‘zg‘or 
buyumlari, 
harbiy 
qurollar, 
surmadonlar, 
to ‘g ‘nag‘ich, 
hayvon 
m a’budalari, turli naqshdor tam g‘a va muhrlar topilgan.
Sopollitepa m anzilgohida urug‘ jamoa a’zolari olamdan o‘tsa, uni 
o ‘zi yashagan xonaning poli ostiga/'eshik yoki o‘choq oldiga yoki xona 
devorlari ostiga k o ‘m ish odati boMgan. Agar oMgan kishi jam oada 
nufuzli obro‘ga yoki uru g ‘ oqsoqoli boMsa, u holda uning qabri unga 
ajratilgan xonaning qoq o ‘rtasida boMgan. Sopollitepaliklar abadiy 
oMimga ishonmaganlar, «narigi dunyo» tushunchasi ularda kuchli 
boMgan. Shuning uchun oMgan kishi qabriga o ‘z shaxsiy mulki va 
urug‘doshlar keltirgan idish-tovoqlardagi ovqatlar bilan ko‘mganlar. 
H ar bir qabrda 2 -3 tadan to 50 tagacha buyumlar topilgan. Yosh bolalar 
qabrlari da idishlar kam, o ‘sm irlar qabrida esa 5-6 ta buyum lar topilgan. 
U larning aksariyati sopol idishlar boMgan. M ozorlarda bronzadan 
ishlangan turli xil taqinchoqlar, diniy e’tiqod bilan bogMiq boMgan 
tum or-m uhrlar, qim m atbaho toshlardan ishlangan turli xil munchoqlar, 
oltin munchoqlar, kumush halqa va bilakuzuklar, erkaklar mozorlarining 
b a’zilari chaqmoqtoshdan ishlangan paykonlar, bronza oybolta, pichoq, 
mitti tesha, bolta va boshqalar, ayollar qabrida urchuq tosh, bronza 
surmadonlar, surm atosh, to ‘qimachilik asboblari, turli shakllardagi 
bronza to ‘g ‘nog‘ichlar, bronza oynalar, igna, bigiz, mitti kurakcha va 
boshqa narsalar qo‘yilgan.
B a’zi yaxshi saqlangan mozorlarda lux, bug‘doy va arpa poyasidan 
to ‘qilgan savatchalar, teridan, yog‘ochdan ishlangan idishlar, marmar 
toshdan yo ‘nilgan hurm achalar topilgan. Mozorlarga qo'yilgan buyum- 
larga qarab, m arhum ning duradgor usta, bo‘zchi, kulol, tabib, podachi, 
ovchi, jangchi 
yoki chilangar ekanligini aytish mumkin. Qabrga


erkaklar o‘ng biqini bilan, ayollar chap biqini bilan yotqizilgan, o y o q - 
qoMlari esa, g ‘ujanak holda ko‘milgan.
B a’zi m ozorlarga bedarak yo‘qolgan jam oa a’zosining ruhi 
ko‘milgan. Bunday qabrlarga odatda odam haykalchasi yoki qo‘y v a 
echki bolasi ko‘milgan. Bunday qabrlar fanda «ken ataf» deb ataladi.
Qabrlardan topilgan predmetlarga qaraganda, urug‘ jam oalarini 
boshqarishda hali ayollarning mavqei katta boMgan, ya’ni ularning 
an’anaviy obro‘yi jamoada saqlanib qolgan. Sopollitepadagi har bir 
kvartal xilxonasida boy ayol qabri bor. Faqat shunday qabrlardagina 
bronza yoki toshdan yasalgan tum or-m uhrlar chiqqan. Ular u ru g ‘ 
totemlari haqidagi diniy tasavvurlaming nam unasi hisoblanadi.
Sopollitepada hayot taxminan 200-250 
yillar davom etgan. 
Keyinchalik uning aholisi yangi erlam i o ‘zlashtirish maqsadida sharq 
tomon siljib, hozirgi Sherobod yaqinidagi O qqo‘rg‘on qishlogM 
hududiga ko‘chib borganlar.
J a r q o ‘ton yodgorligi 
sopollitepaliklar asos solgan ilk shahar 
hisoblanadi. U Bo‘stonsoyning chap sohilida joylashgan boMib, 100 
ga 
maydonni egallagan. 
Bu em ing aholisi ham dehqonchilik bilan 
shug‘ullanib, kam ida 500 yil shu erda yashaganlar.
Jarqo‘ton uch qismdan iborat. Uning arki 3
ga
maydonni egallagan. 
Arkning atrofi mudofaa devorlari bilan o ‘rab olingan. U erd a 
hukmdoming qarorgohi joylashgan. M udofaa devori somon qo‘shilgan 
xom gMshtdan ishlangan. Devor qalinligi 3m, balandligi 5-6m boMgan. 
Hozirda saqlangan qismi 1 
m
gacha boradi. Devor kvadrat shaklidagi 
burjlar bilan mustahkamlangan. Arkka kirish darvozasi janub tom onda 
joylashgan. Arkda hukmdor saroyi alohida ajralib turadi. Saroyda k o ‘p 
oddiy xonalar boMib, saroy maydonida 
20kv.m supa joylashgan. 
Arkning sharqiy tomonida bir necha u y -jo y massivlari topilgan. Ular 1,5 
m qalinlikdagi supa ustiga qurilgan. Bu erda ko‘p xonali hovlilar ochildi. 
Har bir hovlida 2-3 ta o'choq topilgan.
Shaharning janubida 20 
ga
maydonni egallagan shahar qabristoni 
topilgan.
Jarqo‘tonda otashparastlik ibodatxonasi ochildi. Ibodatxonaning 
atrofi 4,5 m qalinlikdagi devor bilan o ‘rab olingan. Ibodatxona ikki 
qismdan - muqaddas ziyoratxona va x o ‘jalik qismlaridan iborat boMgan. 
Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida boMib, 35x35 m etrga 
teng. Uning tarkibida muqaddas olov, m uqaddas quduqlar, altarlar va 
4 bosqichga doir tosh yoMaklar boMgan. Bular erga, suvga, olovga 
sigMnish unsurlari hisoblanadi. Ibodatxonaning ishlab chiqarish-xo‘ja lik
qismida muqaddas ichimlik-xaoma tayyorlaydigan xona, 
m ozor


inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va ibodatxonaga ajratilgan o ziq - 
ovqat ombori joylashgan.
Ibodatxonada xech kim yashamagan, u faqat olovga sigMnish bilan 
bog‘liq boMgan u rf-o d atlar va diniy marosimlar o ‘tkazish markazi 
boMgan.
Hozirgi kunda 
Janubiy 0 ‘zbekiston territoriyasida 20 dan ortiq 
bronza davri yodgorliklari topilgan. Bular Jarqo‘ton, B o'ston, Kultepa, 
Maydatepa, MoMali va boshqalar boMib, ular asosan, Surxandaryo 
viloyatining Sherobod, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi hududlarida joylashgan. 
Bu yodgorliklam i o ‘rganish natijasida Sopollitepa madaniyati qadimgi 
Sharq sivilizatsiyasining ajralmas bir qismi ekanligini ko'rsatdi.
M avzuni mustahkamlovchi savollar:
1. Bronza davri yutuqlari nimalardan iborat?
2. Bronza tarkibi qanday boMgan?
3. Bronzadan qanday qurollar ishlab chiqarilgan?
4. Sopolli m adaniyati nechta bosqichda rivojlangan?
5. Sopollitepa m anzilgohida uylar qanday shaklda boMgan?
6. JarqoMon yodgorligi haqida ma’lumot bering?
7. Sopolli m adaniyatlari rivojlanish jarayonlarini solishtiring?
8. Sopolli m adaniyati aholisining e’tiqod izlari nim alarda ko‘rinadi?
Yodda tuting!
Bronza davri xususiyatlari:
• 
Birinchi m ehnat taqsim oti sodir boMdi.
• 
Patriarxat davri boshlandi.
• 
Doimiy qishloqlar paydo boMdi.
• 
Kulolchilik charxi ixtiro qilindi.
• 
Uy-joy qurilishida gMshtdan foydalanildi.
• 
Gupchakli gMldirakli aravalar paydo boMdi.
• 
M udofaa devorlari qurildi.
• 
Ipakdan m atolar to ‘qildi.
• 
0 ‘zbekistonda ilk shahar -JarqoMon shakllandi.
4-§. B ronza davridagi cho‘l zonasi qabilalari
Bronza davrida 0 ‘rta Osiyoning choM va dashtlarini chorvador 
qabilalar egallagan. U larning iqtisodiy hayoti asosini chorvachilik va 
ibtidoiy tog‘ sanoati x o ‘jaligi tashkil etgan. Bu qabilalar engil tipdagi 
qarorgoh yoki qisqa m uddatli makonlarda istiqomat qilganlar. Ular


Arxeologik yodgorlik. Qadimiy sh ahar.


Qadimgi odam ning qa/ish uchun 
ishlatadigan tayoq \ a kurakchalarl.
Garpunlar. Madk-n davri.


л
31
M e /o lit d a v ri to sh q u r o la r i: 
l-n u k le u s, 2 -tra p esiy a. 3-si}>nR‘nt. 4 - p a r a q a . 5 -b ig iz , 6 -q a d a m a , 
7-8- d o irasim o n q irgM chlar, 9 -su y a k g a r p u n , 1 0 -b o lta , 11-12-o‘q la r,
13-qirg*ich, 14-lrap csiy a, 15-suyak bigiz, 16-bigiz u c h u n q a d a m a , 
17-18-qirg‘ie h la r, 19-20-o‘q la r , 21-22- n u k le u s la r.


Jo y tu n m a d a n iy a ti b u y u m la ri: 
l-o * ro q , 2 -h o lta . 3 - 4 -p a ra q a la r, 5 -6-bigiz, 7 -p a rm a , 8 -q irg ‘ich, 9-sigm ent, 
1 0 -tra p e s iy a . I l-n u k le u s , 12-o‘q u ch i, 1 3 -l4 -m u n c h o q ,l5 -u rc h u q ,
16-chig‘a n n q , 17-1 8 -taq in ch o q , 1 9 -sh ash k a, 20-21-hayvon fig u ra la ri, 
22 -2 5 -so p o lar va u la rd a g i n a q sh la r.


k a l ta m in o r m a d a n iy a ti b u y u m la ri. I - ilk b o sq ic h i, II - s o 'n g g i bosqichi. 
1 -2 - ch a q m o q to sh q u ro lla r. 3 - 4 - sopol id is h la r va u la rd a g i n a q s h la r.
N om ozgoh I m a d a n iy a ti b u y u m la ri: 
l-3 -s o p o l id ish lar va u la rn in g n a q s h la r i. 4-ayol h a y k a lc h a s i, 5 -ta q in c h o q .
6 -7 -m c ta ll to ‘g*nog‘ic h lar, 8 -m etall ig n a . 9-m etall m u n c h o q , 1 0 -d ev o riy rasrn.


ш
 п®
N o n io zg o h II m a d a n iy a ti b u y u m la r i: I — 5-sopol id is h la r va u la rn in g
n a q s h la r i, 6 -7 -a y o l h a y k a lc h a la ri, 8 -p o n a, 9-pichoq, 10-m etall bezak.
N o m o z g o h III m a d a n iy a ti b u y u m la r i: l-4-sopol id is h la r va u la rn in g
n a q s h la r i, 5 -6 -a y o l h a y k a lc h a la ri, 7-8-hay von h a y k a lc h a la ri,
9-m is qilich , 1 0 -m etall o*q u ch i, 11-m etall igna,
1 2 -1 3 -ta q in c h o q . 14-m uhr.


N am ozgoh IV -V m a d a n iy a ti b u y u m la ri:
I-9-sopol b u y u m la r, 1 0 -1 1 -a y o l h a y k a lla ri, 1 2 -1 3 -h a y v o n fig u ra la ri,
1 4 -1 5 -a ra v a c h a la r, 16-IH -nictal m u h r la r , 19-m etal o 'q , 2 0 -m e ta ll b o g 'lo g 'ic h .
2 1 -2 3 -m e ta ll p ie h o q la r . 2 4 -m an /ilg o h p la n .
S o p o llitep a. B r o n /a id is h la r .
Вгопла k o ‘zgu.


*
Sopol q u v u r la r . J a r q o 'to n .
J o 'm r a k l i sopol b u y u m . S o p o llite p a. 
T arnovsim on jo 'm r a k li ch o v n a k .
J a r q o 'to n .
Sopol id is h la r to ’p la m i. S o p o llite p a m a d an iy a ti.


Ikki p o o 'o n a li x u m d o n . J a rq o 'to n .
K e n a ta f q a b r .


D ru g 1 s a r d o r in in g q a b ri. J a rq o 'to n .
I.a x a t q a b r . Q o v u n c h i m adaniyati.

Download 11.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling