N. A. Egamberdieva
Download 11.72 Kb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-19468
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARXEOLOGIYA FANI, UNING VAZIFALARI
«Artefakt» - insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy madaniyat
obyektlari sanaladi, ya’ni turli mehnat, ov va jangovor qurollar, sopol buyumlar, turli hunarmandchilik va zargarlik buyumlari, tangalar, uy-joy qoldiqlari, qal’a, qasr va qo‘rg‘onlaming harobalari, qadimiy dalalar, ariq va kanallaming izlari, m ozor-qo‘rg‘onlar va boshqalar. Moddiy madaniyat arxeologiya fanining asosiy tadqiqot obyekti bo‘lib, ularni izlab topish, yoshini aniqlash, tahlil qilish va ilmiy sistemalashtirish asosida tarixning umumiy jihatlarini tiklash arxeologlar oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Eng qadimgi davr moddiy madaniyat buyumlarini tadqiq qilish jarayonida arxeologlar etnografik ma’lumotlarga ham tayanadilar. Afrika, Amerika va Janubiy Osiyo hududlarida hozirgi davrda ibtidoiy qabilalar yashaydi. Ularning turmush tarzi bilan o‘tmishdagi ibtidoiy qabilalaming yashash tarzi solishtirilib, tarixiy haqiqat aniqlanadi. Tarixda hech bir narsa, hodisa va voqea izsiz yo‘qolmaydi. Ular haqida yozma manbalarda saqlanmasligi mumkin, lekin moddiy madaniyatda albatta iz qoladi. Shulami topish, izlash va izohlash arxeologlar vazifasi sanaladi. Shu sababdan arxeologik tadqiqot ishlari hech qachon tugallanmaydi, chunki moddiy manbalarning aksariyati er ostida boMib, ularni topish mushkul va nihoyatda ko‘p vaqt talab etadi. Bugungi kunda arxeologiya sohasi nihoyatda kengayib, murakkab- lashib bormoqda. Uning barcha sohalarini o‘rganib chiqishning o‘zi murakkab. Shuning uchun arxeologlar ma’lum bir davr, ma’lum bir hudud yoki ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashadilar. Arxeologiyaning bir necha tarmoqlari mavjud: 1. Ib tid oiy davr arxeologiyasi - yozyvlargacha boMgan davr tadqiq qilinadi. Unda asosan mehnat qurollari va tabiiy muhitni oM'ganish asosida ibtidoiy odamlarning butun bir yashagan davri qayta tiklanadi. 2.T arix iy dav r arxeologiyasi - yozma manbalar bilan bogMiq boMgan davrlar tadqiq qilinadi. Bunda topilmalar yozma manbalar bilan solishtiriladi. Yozma manbalarda qayd qilinmagan yoki biror bir sabab bilan bo‘rttirilib yozilgan tomonlarga aniqlik kiritiladi. 3. 0 ‘r ta a s rla r arxeologiyasi о Mia asrlar davrini o‘rganadi. 4. 0 ‘rta asrlardan keyingi d a v r arxeologiyasi o‘rta asrlardan keyingi davrlardan to bugungi kungacha boMgan davrlar arxeologiyasini o‘rganadi. Arxeologiyaning quyidagi yo'nalishlari mavjud: Geoarxeologiya — tabiiy muhitni tuproq qatlami va tog‘ jinslar orqali o ‘rganadilar. Palinologiya - tabiiy muhitni o ‘simlik changlari orqali o ‘rganadilar. La nils haft arxeologiyasi - o‘tmishda insonlarning tabiatga qilgan ta’sirini o ‘rganadi, ya’ni odamlarning xo'jalik faoliyatlarining, bogMar- ning. park, qurilgan binolarning tabiatga boMgan ta’sirini tadqiq qiladilar; H arbiy arxeologiya - jang bilan bogMiq jaravonlar, qurollar, mudofaa inshootlarini o'rganadi; Sanoat arxeologiyasi - texnika va ishlab chiqarish bilan bogMiq obyektlarni va ularatrofidashakllangan manzilgohlarni o‘rganadi; Suv ostidagi arxeologiya - Qora dengiz, 0 ‘rta er dengizi qirg'oq- larida joylashgan va keyinchalik suv ostida qolgan shahar xarobalarini o‘rganadi; Cho‘kkan kemalarni o‘rganish arxeologiyasi - cho'kkan kemalarni topish orqali kemalar qanday qurilganligini, mamalakatlar o‘rtasidagi aloqalarni va mamlakatlaming iqtisodiy madaniy rivojlanish darajasini aniqlaydilar; Shuningdek, arxeologiyaning arxebotanika, arxeozoologiya, etno- arxeologiya, eksperimental arxeologiya, astroarxeologiya va boshqa tarmoqlari ham mavjud. Arxeologiya fani murakkab boMishi bilan bir qatorda, nihoyatda qiziqarli fan ham hisoblanadi. Er ostida yashirinib yotgan moddiy buyunini topish, qayta tiklash va uni «gapirtirish» arxeologdan o‘ziga xos mahoratni talab qiladi. Bu mahorat esa, yillar davomida shakllanib, rivojlanib, yuksak malaka va tajribaga aylanadi. Umuman olganda, arxeologiyada tarixni tiklash ko‘p vaqt, ilm, bilim va mahorat talab etsada, bu yoMda izlanish olib borayotgan olimlari safi yildan yilga kengayib bormoqda. Ularning sa’yi-harakatlari tufayli o‘tmishning ko‘plab noma’lum tomonlari ochilib, kashfiyotlar qilinmoqda. Bu esa, insoniyatning qoMga kiritgan yutuqlarining samarasini ko'rsatmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling