N. A. Egamberdieva
Download 11.72 Kb. Pdf ko'rish
|
download-edfiles-19468
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madaniy qatlam
Arxeologik yodgorliklar ibtidoiy makonlar, qishloq va shahar
harobalar, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, mozor- qo‘rg‘onlar, qabristonlar va qadimgi sug‘orish inshootlari hisoblanadi. Arxeologlar mazkur topilmalar yordamida o ‘sha davr manzarasini, insonlaming yashash sharoitini, jamoada mavjud udumlar va qaysi taraqqiyot bosqichida turganliklarini aniqlaydilar. Arxeologik yodgorliklar davr va uning harakteriga qarab quyida- gilarga ajratiladi: 1. Manziigohlar; makonlar, qishloqlar, shahar xarobalari. 2. Qadimgi mozor-qo‘rg‘onlar, qabristonlar. 3. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq boMgan joylar; konlar, ustaxonalar. 4. G‘or va ungirlar. Arxeologik yodgorliklar er ostida yoki er ustida joylashgan boMadi. Er ostidagi yodgorliklami o ‘rganish jarayonida arxeologlar madaniy qatlamlarga alohida e’tibor beradilar. Madaniy qatlam deganda — insoniyatning turmushi, xo‘jalik faoliyati izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Madaniy qatlamlar bir va bir necha o‘ntacha gorizontlarga boMinadi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30— 35 metrgacha boMishi mum- kin. Bu esa mazkur joyda odamlarning qancha vaqt yashaganligi bilan bogMiq. Madaniy qatlam u yoki bu qatlamlarga sh urf tashlash, keyin keng ko‘lamda qazish ishlari natijasida aniqlanadi. Sh urf aslida nemischa so‘z boMib, o‘zbek tilida - qaziyman, degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deganda yodgorliklardagi madaniy qatlam qalin-sayozligini o‘rganishga qaratilgan qazish ishlari tushunilib, madaniy qatlam bor-yo‘qligini aniqlash va yodgorliklar haqida dastlabki ma’lumotlarni olishdir. Shurf ko'pincha kvadrat va to'g'ri to‘rtburchak shakllatida boMib, uning chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab, har xil chuqurlikda boMishi mumkin. Shurf stratigrafik xarakterga ega boMib, uni qazish natijasida madaniy qatlam, ya’ni inson faoliyati izlari boMmagan ergacha kovlab tushiladi, arxeologiyada u materik— bezovta qilinmagan er. deb ataladi. Tarixiy va arxeologik davrlashtirish. O'tmish voqealarini o‘rga- nishda har bir davrning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarixiy va arxeologik davrlarining sanalarini bilisli va ularni ajrata olish ham zarurdir. Umuman, davrlar va sanalar tarix va arxeologiya fanining o‘zagi hisoblanadi. Ular chuqur o ‘zlashtirilsagina tarixiy jarayon va voqealami esda saqlab qolish osonlashadi, shuningdek, tarixiy voqealarni mantiqiy fikrlash jarayonida xatoliklarga yo‘l qo‘yilmaydi. Tarixiy davrlashtirish- ning o‘ziga xos xususiyati, uning tadqiqot manbaidan kelib chiqadi. Unda ma’lum bir davrga xos bo‘lgan umumiy rivojlanish xususiyatlari asos qilib olinadi. Eng qadimgi d a v r tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: «ibtidoiy to‘da» va « urug ‘chiHk jam oasi davri»ga boMinadi. 0 ‘z navbatida urug‘chilik jamoasi 2 bosqichga: m atriarxat (ona urugM) va patriarxat (ota urugM) ga boMinadi. Qadimgi d av r mil.avv. YI asrdan milodiy IY asrgacha boMgan davrni o‘z ichiga olib, u 2 bosqichga boMinadi: 1 - a r x a ik d a v r - mil.avv. YI-IY asrlar. Download 11.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling