N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/79
Sana13.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1677272
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79
Bog'liq
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Protestant yo’nalishi
XVI-asrdan boshlab Evropa mamlakatlari shaharlarida burjuaziya 
sinfi shakllandi, ular shahar hunarmandlari, o ’rta darajadagi savdogarlar, 
ziyolilarga bosh bo’lib kapitalistik usulda moddiy boyliklar ishlab 
chiqarib, bozor munosabatlariga o ’ta boshladilar. Tabiiy va gumanitar 
fanlaming rivojlantirmay, burjua demokratiyasini o ’matmay, vijdon 
erkinligini joriy etmasdan turib kapitalizm tuzumini o ’matib bo’lmas 
edi. Kapitalizm o ’ziga asosiy raqib bo ’lgan feodalizmni, cherkov va 
xristianlikning qarshiligini engibgina rivojlanishi mumkin edi. Xususan, 
katolitsizm cherkovlari, Rim papasi o ’rta asrlar tuzumi feodalizmning
65


tayanchi, monarxiyaning tayanchlari bo ’lib, bunga qarshi reformatsiya 
harakati kuchayib bordi. Antifeodal va antikatoloitsizm harakatlari 
Germaniyada avj ola boshlab, bu harakat boshida nemis byurgerlari, 
y a’ni burjuaziyasi turdi.
Germaniyadagi Vittenberg shahrida monax Martin Lyuter katolik 
cherkovini isloh qilishni, Rim papasi qaromog’idan Germaniyadgi 
cherkovlarga ajratib mustaqil b o ’lishni targ’ib qildi. 1517 yilda Martin 
Lyuter cherkov eshigiga o ’zining 95 ta tezisni yopishtirib qo’ydi. Bu 
tezislarda, jumladan katolik poplarining indulgentsiya sotishini, 
Germaniyadagi cherkovni Rim papasi qaramog’idan ozod etishni talab 
qildi. Lyuteming bu talablarini butun Germaniyada xayrixohlik bilan 
kutib 
olindi. 
Mamlakatda 
katolik 
cherkovining 
zulmiga 
va 
zo ’ravonligiga qarshi ommaviy harakat avj oldi, tez orada bu harakat 
xalq ommasining feodal tuzumga qarshi inqilobiy kurashga aylandi, 
dehqonlar urushi boshlanib ketdi. Bundan q o ’rqib ketgan hokimiyat 
egalari b o ’lgan knyazlar, dvoryanlar va ruhoniylar armiya bilan, fanatik 
dehqonlar bilan birlashib dehqonlar harakatini bostirdi. Germaniyada 
feodalizm saqlanib qoldi.
“Protestantlar” degan nom 1529 yilda “Protestantsiya” deb atalgan 
hujjatga, y a’ni ruhoniy va dunyoviy feodal-laming umumgerman s ’ezdi 
lyuteranchilikning tarqalishini cheklash haqida qabul qilingan qaroriga 
qarshi tuzilgan protestga imzo quygan nemis knyazlariga berilgan edi. 
Protestant knyazlar 1555 yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq 
bo’ldilar, bu bitimga ko’ra, har bir knyaz o ’z fuqarolari uchun istagan 
dinni: Lyuteranchilikni yoki katolitsizmni tanlab olish huquqiga ega 
bo’lgan ega b o’lgan edi. Natijada “mamlakatda kirn hukmron bo’lsa, 
shuning dini hukmron b o ’ladi”, degan qoida belgilanadi. Augsburg diniy 
olami deb nom olgan bu bitim protestantsizmning Germaniya bo’ylab 
keng yoyilib ketishiga olib keldi. Keyinchalik Lyuter tarafdorlarini ham, 
boshqa islohchi oqimlaming izdoshlarini ham protestantlar deb atay 
boshladilar.
XVI asming o ’rtalariga kelib katolik dinini isloh qilish harakatida 
qatnashgan Shveytsariya, Angliya, Shvetsiya, Daniya va Norvegiya 
mamlakatlari ham katolitsizmdan chiqdi. So’ngra xuddi shunday ish
66


Belgiya, Gollandiya va Frantsiyada ham ro’y berdi. Bu ishlar Chexiya, 
Vengriya va Polshada amalga oshdi. XVII asrdan boshlab u shimoliy 
Amerikaga va Evropa davlatlarining boshqa mamlakatlariga kira 
boshladi.
Feodalizmni muqaddaslashtiruvchi katoliklar cherkoviga qarshi 
kurash boshlagan burjuaziya cherkovni butunlay tugatmay, uni 
«tuzatish», isloh qilishni, o ’z sinfiy manfaatlariga muvofiqlashtirishni 
maqsad qilib qo’ydi.
Protestantsizm xudoning borligi, uning uch qiyofada namoyon 
b o ’lishi, jonning o ’lmasligi, jannat va do’zax (katolitsizmdagi a ’rofdan 
tashqari) haqidagi, vahiy va boshqalar to’g ’risidagi umumxristian 
tasavvurlami e’tirof etadi.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling