N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-MAVZU: ISLOM TA’LIMOTI Reja: 1.Islom ta’limoti 2. Islom dinining asosiy yo’nalishlari 3. Hadis ilmi, shariat
- Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar 7 ta aqidani tan oladilar
Munozara uchun savollar
1. Mazxab nima? 2. Islom ta ’limotining mohiyati nimadan iborat? 3. Shariat nimani anglatadi? 4. Islom xuquqshunosligi deganda nimani tushunasiz? 5. Hadis ilmi qachon paydo b o ’lgan? Adabiyotlar 1. Bobomurodov A. Islom odobi va madaniyati. Toshkent “C ho’lpon” 1995 2.M o ’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. Т., 2004. 3. Динлар хдкида маълумот. Тошкент-2000, Буклет. 3-буклам. 4. Y o’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 у. 5,Sharipov E, Ikramov I. Dinshunoslik asoslari nazariyasi va amaliyoti. Nam. 2005. 6.М уталлиб Усмонов. Куръони Карим ва жаноби Расулулох,нинг амаллари.Т.: “Нур”. 1992 й. 7.Бадойиъу-р-ривоят.Т.: “Ёзувчи” 1995 й. 8.Поклик имондандир.Т., “Узбекистан”, 1991 й. 92 5-MAVZU: ISLOM TA’LIMOTI Reja: 1.Islom ta’limoti 2. Islom dinining asosiy yo’nalishlari 3. Hadis ilmi, shariat Mavzuning o ’quv maqsadi: Ushbu mavzuda Islom dinining ta’limoti aqidalari bayon etilgan. Tayanch iboralar: ta’limot, Baqara, mazhab, halifa, shariat, ijmo, qiyos, oqim, Sunna, Shi’a. Muhammad payg’ambar vafotidan keyin 4 ta xalifadan Abu Bakr, Umar, Usmon xoshimiylar urug’idan emas edilar. Ali esa shu urug’dan edi. M usulmonlar orasida xalifalik hokimiyatiga faqat payg’ambar avlodlari egalik qilishi lozim deb hisoblaydiganlar va aksincha hokimiyat tepasiga payg’ambar avlodi bo ’lmagan kishilar, agar ular diniy jam oa tomonidan saylansa ham chiqishi mumkin degan musulmonlarga ajraldi-lar. Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar 7 ta aqidani tan oladilar: 1) yakka Allohdan boshqa xudo yo ’q, u hech kimdan tug’ilmagan, hech kimni tug’dirmagan. Olamni yo ’qdan yaratgan, odamlarni, barcha jonli va jonsiz narsalami, ins-jinslami, farishtalami foniy va boqiy dunyolaming egasi, u hamma narsa, hodisalami ko’rib, bilib turadi. Ungagina bo’ysunaman, uning to’g ’ri yo ’lidan olib borayotgan Muhammad payg’ambarga ishonaman, unga taqlid qilaman. 2) Farishtalarga ishonish, ulami Alloh olovdan yaratgan jonsiz, ko ’zga k o ’rinmaydigan ruhlar, deb tasaw u r etiladi. Farishtalar Allohga itoat etadilar, uning xizmatini bajaradilar, deb ishonadilar. Masalan, farishta Azroil jon oluvchi, Jabroil farishta Allohdan Muhammad payg’ambarga xush xabar keltirgan. Munkir va Nakir degan farishtalar vafot etganlami so’roq qilib gunoh va savobini aniqlaydi va h.k. 3) Muqaddas kitoblarga ishonish va ulardagi ko’rsatmalarga amal qilish. Muqaddas kitoblar: Qur’on, Hadislar, Axbor, Tavrot, Talmud, Zabur, Bibliya (Injillar), Tripitaka, vedalar va boshqalardir. Bundan 93 Q ur’on osmondan tushgan eng so ’nggi, eng mukammal, haqiqat va Allohning so’zlari bitilgan «ona kitob»dir. 4) Payg’ambarlarga va M uhammadning Allohning elchisi ekanligiga ishonish, Alloh, er yuzidagi barcha odamlami o ’z elchisi Muhammadga vahiylar orqali boshqarib, ulami to’g ’ri yo’ldan boshlab borish vazifasini payg’ambarga, undan keyin esa podsholarga yuklagan, deb tasaw ur etiladi. Q ur’onda Muhammad payg’ambardan boshqa yana Nuh, Ibrohim, Ishoq, Yakub, Ayub, Yunus, Muso, Xorun, Iso, Y ah’yo, Maryam, Dovud, Sulaymon, Y usuf kabi payg’ambarlar to’g ’risida ham gap boradi. Qur’ondagi ayrim suralar payg’ambarlar nomi bilan ham atalgan, masalan, Muhammad, Ibrohim, Y usuf kabi. 5) Oxiratdagi va boqiy dunyodagi hayotga ishonish. Qur’onda, oxiratda o ’lganlar tiriladi, xudo ulami so’roq qilib gunohkorlar do’zaxda azob tortishga, savob ish qilganlar esa jannatda abadiy rohat-farog’atda hayot kechirishiga hukm qilishi aytiladi. Bu dunyo foniy, ya’ni o ’tkinchi, aldamchi, bir lahzali, asosiy hayot esa boqiy dunyoda ekanligi ta ’kidlanib, har bir kishi sabr-toqatli, insofli, adolatli b o ’lib, savob amalar qilishi kerak, ana shundagina jannat hayoti unga nasib etadi, deydilar. 6) Inson taqdirining xudo tomonidan oldindan belgilab (peshonasiga yozib) qo ’yilganligi to ’g’risidagi tasavvur-lar. Bu aqidaga k o’ra xudo hamma narsalar ustidan, shu jumladan, odamlarning taqdiri ustidan ham to ’la hukmronlik qiladi. Insonda xohish va iroda erkinligi yo’q bo’lib, inson faqat xudo xohlaganini, peshonasiga yozilganini ko’radi, degan g ’oya ilgari suriladi. Bu aqida ijtimoiy munosabatlarga tegishli bo’lib, islom olamida ko’p tortishuvlarga sabab bo’lgan. 7) Islomning oxirgi aqidasi - bu o ’lgandan keyin tirilishga ishonishdir. Bu aqidaning vujudga kelishida qadim dunyodagi animizm va avlodlar ruhiga sig’inish dinlammg bevosita ta’siri sezilib turadi. Islomdagi Shia musulmonlari e ’tiqodi Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling