N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
“Ettinchi kun adventistlari” Adventizm zamirida paydo bo’lgan
eng yirik oqim hisoblanadi. 1844 yilda Nyu-Gempshir shahrida bir guruh kishilar tomonidan tuzilgan ushbu oqimning asoschisi Elena Uayt hisoblanadi. 1860 yilda alohida diniy konfessiya sifatida rasman tan olingan ushbu oqim vakillari 1863 yildan boshlab o ’z diniy tashkilotlarini tuza boshlaydilar. Ettinchi kun adventistlari asosiy aqida sifatida Iso Masihning qaytishiga ishonishni saqlab qolishgan. Bundan tashqari ular Bibliya buyruqlariga bo’ysunishni qat’iy talab qilib qo’yib, ulardan eng muhimi to ’rtinchi buyruq, y a’ni shanba kuniga amal qilishni talab qiladilar. Ayni paytda, ular ruhning abadiyligi, jannat va do ’zax tushunchalarini inkor qilishadi, cho’qintirishni esa butun tanani suvga botirish orqali o ’tkazishadi. Tashkilotning har bir a’zosi, o ’z oylik daromadining o ’ndan birini cherkov hisobiga o ’tkazishi shart. Y o’nalish asoschisi Elena Uayt tomonidan ishlab chiqilgan “Sanitar reformatsiya”ga ko’ra, cherkov a ’zolariga “порок hayvonlar” 11 лот. adventus-келиш , кайтиш .У ш бу оким вакиллари И со М асих кайтиб келиш и ва ер юзини п оклпш ш ш кутиб утириш ади. 123 go’shti, xususan, cho’chqa go’shtini eyish, kofe, choy, vino ichish, tamaki chekish taqiqlanadi. Turli xil k o ’ngil ochish ishlari, badiiy kitob o ’qish esa qoralanadi. Tashkilot a ’zolariga yuqori darajadagi aktiv missionerlik xosdir. Ulaming aqidalariga ko’ra, Isoning tezroq qaytishi, barcha insonlar adventistik targ’ibotni qancha tez eshitishlariga bog’liqdir. MaTumotlarga ko ’ra dunyoda 5 millionga yaqin adventistlar bor. Ular 184 mamlakatda 22 000 dan ortiq cherkov, 5000 dan ortiq o ’quv markazlari, 50 nashriyot, 160 ta kasalxonaga ega, AQSh va Kanadada bu yo’nalish vakillari nisbatan keng tarqalgan, 170 dan ortiq tilda missionerlik adabiyotlarini chop etadi. Missionerlikni amalga oshirishda Ettinchi kun adventistlari an’anaviy usullar bilan bir qatorda radio, televidenie, internet kabi zamonaviy usullardan ham faol foydalanishmoqda. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling