N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


Navro’z bo’yicha arabcha “burjiy” oy kalendari


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/79
Sana13.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1677272
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79
Bog'liq
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Navro’z bo’yicha arabcha “burjiy” oy kalendari

Arabcha
nomi
Fors-oj'ikcha
nomi
O’zbekcha
nomi
qaysi oyga 
to’g’ri kelishi
1
Hamal
Barra
Q o’y
Mart-aprel
2
Savr
Gav
Buqa
Aprel-may
3
Javzo
Dunaykar
Egizak qiz
May-iyun
4
Saraton
Harchang
Qisqichbaqa
Iyun-iyul
5
Asad
Sher
Arslon
Iyul-avgust
6
Sumbula
Xushe
Boshoq
Avgust-sentyabr
7
Mezon
Tarozi
Torozi
Sentyabr-
oktyabr
8
Aqrab
Kajdum
Chayon
Oktyabr-noyabr
9
Qavs
Kamon
Yoy
Noyabr-dekabr
10 Jadiy
Buzg’ola
Tog’ echkisi
Dekabr-yanvar
11 Dalv
Dul
Qovg’a(chelak)
Yanvar-fevral
12 Hut
Mohi
Baliq
Fevral-mart
Munozara uchun savollar
1. G ’oyaviy siyosiy xarakat deganda nimiani tushunasiz?
2. Islom ta’limotining mohiyati nimadan iborat?
3. Islom dini qachon paydo bo ’lgan?
4. Nima sababdan Islomda sunniy va shia mazhablari paydo 
bo ’lgan?
Adabiyotlar
1. Radugin A.A. Vvedenie v religiovedeniya. Moskva. 1996.
2. M o’minov A. Hammualliflikda. Dinshunoslik asoslari. Darslik. 
T„ 2004.
3. A.E.Abdusamedov. Dinshunoslik asoslari. T. 1995 y.
4. Y o’ldoshxo’jaev va boshqalar. Dinshunoslik. 2000-2004 y.
112


6-MAVZU: XALQIMIZ MA’NAVIY YUKSALISHIDA 
DINLARNING 0 ‘RNI
Reja:
1. Zardushtiylik dininng vujudga kelishi
2. Avesto - xalqimiz diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini 
ifoda etadigan bebaxo ma’naviy meros
3. 
“Musulmon 
renessansi” 
-
Sharq 
uyg‘onish 
davri 
ma’naviyatining xususiyatlari.
Mavzuning 
o ’quv 
maqsadi: 
Ushbu 
mavzuda 
talabalar 
zardushtiylik dinining paydo bo ’lishi O ’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan 
o ’mi haqida m a’lumotlarga ega bo ’ladilar.
Tayanch iboralar: Zardusht, Avesto, Shoxnoma, renesans, 
qadriyat, meros, an’ana, ta’limot.
Sharq, xususan Turkiston bilan Eron xalqlarining falsafiy fikrlari 
tarixini zardo’shtiylik dini va uning yozma manbasi bo ’lgan “Avesto” 
kitobisiz tasavvur etib bo ’lmaydi. Mazkur din va “Avesto” to ’g ’risida 
Sharq va G ’arb olimlari juda ko’p yaxshi m a’lumotlar qoldirganlar. 
Masalan, marhum akademik Ibrohim M o’minov “Avesto” Turkiston, 
Eron, Ozarbayjon xalqlarining shu mamlakatlarni arablar tomo-nidan 
bosib olgunga qadar (VII-VIII asrlar) b o ’lgan davrlari-da yaratilgan 
falsafiy, ruhiy, etnografik, tabiatshunoslik sohalaridagi bilimlarning 
yozma manbasi, deb hisoblaydi.
Sharq 
xalqlari 
orasida 
juda 
mashhur 
b o’lib 
kelayotgan 
“Shohnoma” dostonining muallifi Abdulqosim Firdavsiy dostondagi 
“Gushtop” alohida boblarini “Avesto”ga bag’ishlagan, Turkiston va 
Eron xalqlarining islom dini kirib kelgungacha bo’lgan 
dini 
zardo’shtiylik dini edi. Bu dinning asoschisi payg’ambar Zardo’sht 
degan xorazmlik olim edi. Zardo’sht Sharqning donishmandlar peshvosi, 
birinchi faylasufi, notig’i, shoiri, din qonunshunosi hisoblangan. 
Tadqiqotchi olimlaming k o ’rsatishicha, Zardo’sht eramizdan oldingi VI 
asrda yashagan. U Xorazm hokimligiga qarashli chorvadorlik bilan 
shug’ullangan Spitama urug’idan bo ’lgan. Otasining Paurushaspa
onasini esa Dugdava deb atashgan. Bolaligidanoq ot va tuya boqish 
bilan shug’ullangan. Zardo’sht chorvador qavmlari orasida yurib,
113


ulaming urf-odatlari, diniy rasm-rusumlarini o ’rgangach, har xil 
e ’tiqoddagi kishilar bilan suhbatlashgan.
Zardo’sht ilgari surgan g ’oyaning asosini ikki bosqich tashkil 
qiladi: mutloq g ’oya - Axuramaz-daning yakkayu-yagonaligini tan olish. 
Yaxshilik bilan yomonlik, rostgo’ylik bilan yolg’onchilik, zulmat bilan 
nur o ’rtasidagi doimiy kurash haqidagi ta’limot. Zardo’sht ta ’limoti 
tobora xalqqa kuchli ta’sir o ’tkazayotganini sezgan muxoliflari unga 
qarshi qat’iy kurashga kirishadilar. Hayoti xavf ostida qolgan Zardo’sht 
bir guruh tarafdorlari bilan Eronga qochib o ’tadi va o ’z ta’limotini uzil- 
kesil shakllantiradi.
“Avesto” zardo’shtiylik dinining muqaddas kitobi b o ’lib, uning 
dastlabki 1300 bobi Zardo’sht tomonidan eramizdan avvalgi 548-529 
yillarda yozilgan. Keyinchalik Eronda otash-parastlik dini ulamo- 
kohinlar tomonidan to ’ldirilib, tako-millashtirildi. Bu kitob 12 ming 
ho ’kiz terisidan ishlangan teriga yozilgan. Makedoniyalik Aleksandr 
Makedonskiy sharqni zabt etganda “Avesto”ning nodir nusxasini 
Elladaga (Gretsiya-ning shimoliy qismi) olib ketgan, kerakli boblarini 
grek tiliga tarjima qildirgan, qolgan boblarini esa kuydirib tashlagan. 
Eramizning birinchi asrida ashkoniylar hukmdori Valages Arshakid va 
III asrda Husrav Parviz, shopuri Xurmuzd davrlarida «Avesto» bir necha 
bor k o ’chirilgan, qayta tiklan-gan(bir qismi xolos).
VH-asrda arablar Eronni bosib olgan vaqtda zardo’shtiylikka 
sadoqatli bir necha ming mahalliy aholi janubiy Hindistonga qochib 
ketadilar. Ular o ’zlari bilan “Avesto”ning to ’rtdan bir qismining eng 
nodir nusxalarini, madaniyat, e’tiqodga doir yodgorliklarini ham olib 
ketganlar. 1723 yili ingliz olimi Jorj Bouja “Avesto”ning bir nusxasini 
Oksford kolledjining kutubxonasiga olib borib topshiradi. Bir necha yil 
otashparastlar orasida yurib, ulaming qadimgi tili va odatlarini 
o ’rgangan frantsuz olimi Anketil Dyupperan 1711 yili “Avesto”ning bir 
qismini so ’z boshi, asl matn va tarjimasi bilan nashr etadi. Bu ishlar 
oqibatida G ’arbiy Evropada “Avesto”ga qiziqish va uni o ’rganish avj 
olib ketadi.
Hozirgi davrda “Avesto”ning qo’lyozmasi Hindistondagi Bombey 
shahrida Koma sharqshunoslik ilmgohida saqlanmoqda. Bu ilmgoh 
zardo’shtiylaming madaniy markazi bo ’lib, shu jamoa mablag’iga 
ishlaydi. “Avesto” 1615 yilda Parfiyona yozuvida ko’chirilgan b o ’lib,
114


672 betdan iborat, Bizga etib kelgan “Avesto” quyidagi qismlardan 
iborat:
1. Yasna - ibodat paytida ijro etiladigan matnlar. 72 bobdan iborat 
b o ’lgan bu qismning 17 bobi Zardo’sht qo ’shiqlari - Got madhiyalaridan 
iborat.
2. Yasht - otashparastlaming xudoni tavsif etadigan maxsus 
ohanglar asosiga qurilgan madhiyalari.
3. Vendidod - devlarga, zulmat timsoliga qarshi qonunlar 
majmuasi. M azkur bo’limda diniy qonunlaming matni, qadimgi 
dostonlar, afsonalaming mazmuni, parchalar saqlangan afsonaviy 
qahramonlaming ismlari zikr etilgan.
4. Vis parad - Butun borliq xudoniki. Ibodatlar to ’plami, ibodat 
qoida-tartiblari.
Unda chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq 
bilan bog’liq juda ko ’p lavhalar, mulohazalar bayon etilgan. Xalqiga 
hamisha g ’amxo’r bo’lgan payg’ambar Zardo’sht qurg’oqchilik kelib, 
k o ’plab chorva mollari qirilib ketayotga-nidan tashvishga tushgan holda, 
bu ofatdan qutqarishni iltijo qilib xudo Axuramazdaga yolvoradi. 
«Avesto»da eramizdan avvalgi 2 ming yildan yangi eraning VII 
asrigacha bo ’lgan davrdagi Turon va Eron xalqlari tarixiga doir, 
Sirdaryo va Amudaryo sohillarida yashaydigan xalqlaming ijtimoiy 
turmushiga oid m a’lumotlar berilgan. Chunonchi, kitobda ajdod- 
avlodlarimizning kasb-kori, savdo-sotig’i, qo’shni xalqlar bilan siyosiy 
va madaniy aloqalari, tijoratlari bayon qilingan. Har bir kasb, hunar 
egasining jam iyatda tutgan o’m i alohida qayd etilgan. Dehqonlar bilan 
chorvadorlar jam iyat moddiy boyliklarini yaratuvchi kuchlar sifatida 
ta ’riflangan.
Musulmon adabiyotida ustuvorlik qilgan she’riyatni rivojlanishida 
sufiylik katta rol o ’ynadi. Sufiylar o ’zlarining chuqur hissiy-rahiy 
holatlari, yaratuvchiga bo’lgan e ’tiqodini tinglovchilariga etkazish, 
individual 
ta’sir 
etish 
mahoratini 
namoyish 
etganlar. 
Islom 
tadqiqotchilardan bo ’lgan. G.Gryunbaumning ta’kidlashicha, tahliliy, 
m a’joziy boy ifoda vositalariga ega b o ’lgan mukammal ifoda shakli, 
chuqur 
mazmun 
uyg’unligini 
o ’zida 
mujassam 
etgan 
takbir 
imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasidan tashqarida topish 
mumkin emas. Sharqning barcha yirik allomalari-Sanoiy, Jomiy, Rumiy,
115


Sa’diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari suflylikka u yoki bu 
tarzda aloqador bo ’lganlar.
Shuningdek, musulmon Sharqida ham islom e ’tiqodidagilar va 
sufizm vakillari o ’rtasida murosasiz to ’qnashuvlar sodir bo’ldi. 
Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba y o ’li bilan 
yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al-Ashiriy, G ’azzoliy, Junaydiy, 
Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo’yuvchi mashhur faylasuflar 
Forobiy, 
Ibn Sino, Beruniy) ta ’limoti vujudga keldi. 
Evropa 
madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e ’tiqodning ajralishi 
sodir bo’ldi. Musulmon Sharqida boshqacharoq yo’nalish ustunligi qildi. 
Bunda ilm va idrok har doim faqat m a’naviy yuksalish yo’lidagi bosqich 
sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa maqsadiga qaratilishi mumkin 
emas. Shuning uchun ham 9-16 asrlardagi arab tiliga asoslangan tajriba 
fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlaming barchasi dindan 
ajralmagan holda sodir bo’ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur 
hisoblangan m a’naviy asosni qidirishda davom etgan.
Islomiy an’analaming asosiy o ’ziga xosligi shundaki, uning negizi 
diniy va dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovut asosiga qurilmasdan, mutloq 
«sof diniy» mazmunga egadir. Islomda hech qachon xristianlikdagi 
singari diniy aqidalami qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi 
institutlar b o ’lmagan. Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda 
turuvchi alohida diniy institut (cherkov) g ’oyalari bilan muvofiq 
kelmagan. Islomda e ’tiqod aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash davlat 
yoki diniy muassasaning, xalifalarning sud qilish ishlariga kirmagan. 
Jamoatchilik flkrining shakllanishi xususiy shaxslar, diniy arboblar 
(ulamolar) zimmasida bo’lib, ularning obro’yi diniy bilimlarga 
asoslangan. Har bir musulmon Q ur’on va hadisga zid bo’lmagan diniy 
masalalari b o ’yicha o ’z fikrini bildirish huquqiga ega b o ’lgan.
Musulmon Sharqida bu jarayon bir oz boshqacha kechdi. Har bir 
e ’tiqodli m o’min-musulmon arab tilini bilishi va Qur’onni o ’qiy olishi 
farz bo’lgan. Q ur’onning yozilishi jarayonida arab tilining ham 
taraqqiyoti boshlanadi. 8 asrda As-Sibavayxiy arab grammatikasiga oid 
asar yozadi, XIII asrda arab tilining ikkinchi lug’ati yaratildi, bu As- 
Sag’aniyning lug’ati va Ibn-Manzuriyning «Arablar tili» lug’atlaridir. 
VIII-XV asrlarda qadimgi Yunon olimlarining deyarli barcha asarlari, 
shuningdek hind, shorn va fors mualliflari asarlari ham arab tiliga
116


tarjima qilingan. Falsafa, astronomiya, matematika, tibbiyotga oid ilmiy 
atamalar deyarli ishlab chiqildi. Arab tili o ’rta asrlardagi eng taraqqiy 
etgan tillardan biri bo ’lishi bilan birga, Hindistondan to Ispaniyagacha 
b o ’lgan xalqlami birlashtiruvchi xalqaro til bo ’lib hisoblangan.
Musulmon madaniyatining o ’ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va 
kitobga muhabbatdir. Yangi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan 
ilmga bo’lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlaming mazmunini ommabop 
shaklda ifodalash imkoni yaratildi. T a’lim olish xuddi qadimgi 
Xitoydagi kabi nufiizga ega bo’ldi. Musulmon Sharqida m a’lumotli 
kishi hokimiyatning eng yuqori pog’onasiga chiqishida oqsuyaklar bilan 
teng turgan. K o’pincha Sharq hukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, 
ilohiyotchilar, 
tarixchilar, 
qonunshunoslar, 
tabiblar, 
mirzolar, 
munajjimlar saroy xizmatchisi sifatida m a’lumotli kishilarga katta 
ehtiyoj bo’lgan. M a’lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, 
tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlash, she’r yozish qobiliyatiga ega 
b o ’lishi, o ’z joyida askiya, hikoya ayta bilishi zarur b o ’lgan. Turli xil 
ta ’lim tizimi: diniy ta’lim beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, 
dunyoviy ta’lim-xususiy maktablar rivojlandi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng 
muhim davri hisoblanadi. O ’rta asrlar davrida davlatchilik, millatlaming 
yangi shakllari vujudga keldi, hozirda muomalada bo’lgan tillar 
shakllanib, ta’lim va fan tizimi yanada taraqqiy etdi. Fanning turlari va 
uslublari zamonaviylik kasb etib bordi. A.Gumbold aytgani kabi, arablar 
«tabiiy fanlar ijodkori» bo’lib, ular tajriba va mezon y o ’Iiga asos 
soldilar. IX asrda musulmon Sharqida rasadxona qurildi; yulduzlaming 
aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, optika, 
alximiya, mexanika, tibbiyot, ju g ’rofiya sohalari b o ’yicha ko ’plab 
asarlar yozildi. Ulug’ alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi 
tarm og’i b o ’lgan algebraga asos soldi. Buyuk Sharq olimlari Xorazmiy, 
Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdiy kabi k o ’plab allomalar VIII-XIII 
asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: Al-Hamrodagi 
Saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, 
Parijdagi gotika uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya 
ibodatxonasi; ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va 
kitob miniatyurasi, ayniqsa Sharqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy 
etadi. Bu sohalarda asosiy g ’oya yaratuvchilik, hayotbaxshlik bo’lib,
117


Muhabbat va Idrok ijtimoiy taraqqiyotning bosh harakatlantiruvchi 
kuchi sifatida e ’tirof qilinadi. Ilohiy ishq, she’riy san’at shoirlaming 
asosiy mavzui bo’lib qoldi. Bu janrlar aniq badiiy shakl kasb etib
keyingi asrlar badiiy madaniyatining mazmunini boyitdi.
O ’rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, 
balki ikki yirik madaniyat-shahar va k o ’chmanchilar madaniyati ajralib 
turadi. Shahar sharoitida “Yusuf va Zulayxo”, “Layli va M ajnun”, 
“Lubna va Qays” singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi adabiy 
asarlar (qasida, masnaviy, g ’azal, madxiya, ruboiy makorn), hikoya va 
ertaklar (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna), latifa va rivoyatlar 
yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa san’ati va raqs 
janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
U yg’onish davri tadqiqotchilar asarlarida turlicha baholanib, 
turlicha yondashuvlarga sabab bo’ldi. Xususan, Uyg’onish yo’nalishi 
umumjahon jarayoni sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda boshlanib, IX- 
XII asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqni qamrab oldi, XIV-XVI 
asrlarda Evropada takomiliga etdi. 
Shuningdeek, tadqiqotchilar 
U yg’onish davrining bosh maslakdoshi haqiqiy gumanizm bo’lganligini 
bir ovozdan e ’tirof qiladilar. U yg’onish davri madaniyati - diniy 
madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika madaniyati rivojining 
bog’lovchisidir.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling