N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k


Download 4.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/79
Sana13.09.2023
Hajmi4.01 Mb.
#1677272
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
Dinshunoslik. Maxkamov Q

IUDAIZMNING AOIDALARI
1-aqida: Yagona xudo Yaxve (Iegova)ga sig’inish, unga iymon 
kcltirib e ’tiqod etish to’g ’risidagi ta’limot.
2-aqida: Xudo Yaxve Isroil davlatini Er yuzidagi jannat qilib 
yaratgan va Yahudiy millatini oliy irq, tanlab olingan mumtoz millat 
qilib yaratgani to’g ’risidagi ta’limot. Shu-ningdek Yahudiy xalqi 
xudoning eng sevgan bandasi ekaniga ishonishdir.
3-aqida: G ’oyib bo’lgan payg’ambarlar madhining Er yuziga yana 
qaytib kelishi, uning yomon odamlami jazolashi ming yil davom 
etadigan adolatli jam iyat yaratish to’g ’risidagi ta’limotlaridir.
Iudaizm o ’rta asrlarda o ’zining eski mazmunini saqlab qolgan 
liolda biroz o ’zgargan. XI-XII asrlarda iudaizmda hukmronlik qilgan 
ravvinlar uning ko ’p tomonlarini qayta ishlab chiqdilar. O ’rta asrning 
ko’zga ko ’ringan faylasuflaridan biri bo ’lgan ravvin Maymond 
iudaizmning 
13 ta asosiy aqidasini tuzib chiqdi. Bu aqidalar 
quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi xudo bor; 2) u bitta; 3) u 
jimsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir o ’ziga sig'inish kerak; 6) 
tabiiy sir - haqiqat; 7) Muso payg’ambarlaming eng ulug’i; 8) tora 
(tavrot), ya’ni injilning birinchi besh kitobi Musoga xudo tomonidan 
berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan almashtirib 
bo’lmaydi; 10) Koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11) 
yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga haloskor keladi; 
13) o ’lganning tirilishi haqiqat.
Maymond yozgan bu 13 ta aqida orqali iudaizmning yanada 
kuchaytirish, uning fcodHi/m manfaatlarini kuchliroq himo-yachisiga 
aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish iudaizmni 
zamonaviy qilishga urinish edi. 
Yangi aqidalarda iudaizmning 
haloskorlik vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.
42


Bu aqidalarda Yahudiylaming o ’z milliy dinlarida mustahkam 
turishlariga da’vat qilish ham ko’zda tutilgan edi.
4-aqida: Oxirat mavjudligiga ishonish.
Tavrot rivoyatlariga ko’ra, xudo butun olam, undagi jonli va jonsiz 
narsalami olti kunda yo ’qdan bor qilib yaratgan. Jumladan, xudo Adam 
va Eva (erkak va ayol) odamlami ham loydan yaratib o ’z ruhidan jon ato 
etgan, ular dastlab jannatda yashashgan. So’ngra ular shaytonning 
gapiga kirib jannat tartibini buzishib, gunoh qilishgan, xudo ulami 
jannatdan haydab yuborgan. Dastlabki odamlar gunohkor bo’lgani 
uchun ulardan tarqalgan bolalar ham tug’ma gunohkor bo’ladilar, 
cho’qintirish marosimi o ’tkazilib boladagi tug’ma gunoh yuvib 
yuboriladi, degan tasavvurlar iudaizmda keng tarqalgan, keyin bu 
tasavvurlar xristianlarga ham o’tib qolgan.
Iudaizmda bir qator marosimlar mavjud, Yaxve bandalari o ’z diniy 
ibodatxonlarini “studiya”lar deb ataydilar, ular, asosan, diniy adabiyot, 
pand-nasihatlami o ’qib o ’rganadilar.
Iudaizmdagi rasm-rusumlaming tartiblari, ijozat va taqiqlar, 
grajdanlik, oilaviy, turmush, nikohga oid ko ’rsatmalar, asosan, Talmud 
to ’plamida bayon qilingan. Unda 613 ta toat-ibodat, urf-odatlar 
ko’rsatilgan. Masalan, xatna qilish qoidasi, ro’za tutish tartiblari, janoza, 
dafn 
qilish, 
marhumning 
xotirasiga 
bag’ishlangan 
marosimlar, 
chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik sohalaridagi 
udumlar va boshqa muhim hayotiy marosimlar xususidagi fikrlar bayon 
qilingan.
Masalan, ro’za tutgan yahudiy tuxum, sut, go ’sht iste’mol 
qilmaydi. Azador kishi qora kiyadi. Azador erkaklar qirq kungacha 
soqollarini oldirmaydi. Zino yo’liga kirgan ayol jazolanadi, hatto u diniy 
jamoadan haydaladi.

Download 4.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling