N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k
“ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko ’ra yahudiylar o ’zlarini “Xudo”
Download 4.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik. Maxkamov Q
“ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko ’ra yahudiylar o ’zlarini
“Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlami bizga berishga v a’da 39 qilgan, bu erlar bizga “ v a’da qilingan e rd ir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi. Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida ( tahminan m a w . 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tafsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega b o ’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248 buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak. Yahudiylar tuya, cho’chqa, quyon, ot, eshak go’shtlarini emaydilar. Ular eydigan hayvonot go’shtida qon dog’i bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar faqat o ’z ishiga usta qassoblar tomonidan so’yiladi. Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan bo’lishi, boshi hatto uyquda ham biror narsa bilan berkitilgan bo’lmog’i lozim. Diniy marosim bajarilayotganda, kiyimning ustidan albatta yopinchiq tashlanishi shart. Haftaning shanba kuni dam olish qat’iy talab etiladi. Bu kunda hech qanday yumush, ish bilan shug’ullanilmaydi, ovqat pishirilmaydi, olov yoqilmaydi, qo’lda biror narsa ko ’tarib yurilmaydi, pulga qo ’l tekkizilmaydi. Bolalarga diniy ta’lim 5-6 yoshidanoq beriladi. Tavrot va Talmudning asosiy aqidalari majburiy tarzda yodlattiriladi. Yahudiylikda ayol kishiga erining itoatkor qulidek qaraladi. Har bir yahudiy erkak har kuni Xudodan uni ayol qilib yaratmaganiga shukronalar aytib duo qiladi. Ayol kishi esa o ’z duosida o ’zini eriga itoat etuvchi qilib yaratganligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildirib yuradi. Yahudiylikning talablari, marosimlari juda ko’p va og’ir bo’lganligi, yaxudiylaming boshqa millat vakillari bilan nikohga kirishi man etilganligi, o ’zlarini barcha xalqlardan afzal-mumtoz bilib, o ’jar, 40 millatchi, irqchi va xudbin bo’lganliklari uchun shunday qadimiy tarixga ega bo’lgan bu din jahon diniga aylana olmagan. “ Sionizm” atamasi Isrusalim (Quddus) yaqinidagi Sion (sinyay) tog’-tepaligi nomidan olingan. Bu tog’ tcpalikda Musogi Tavrot ilohiy kitobi nozil b o ’lgan va unda Dovud a.s. ning qarorgohi joylashgan. Shuning uchun bu tog’ muqaddas sanalgan. Sionizm dastlab yahudiylarning antisemitizm, ya’ni ulami jahon miqyosida ta’qib etilishlariga qarshi tuzilgan harakat bo’lib, 1897-yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida siyosiy oqim-ta’limot sifatida tashkil topgan. Milodan aw algi 63-yilda Rim imperiyasi yahudiy davlatlarini bosib olgandan keyin, yahudiylarning dunyo mamlakatlariga tarqalishlari faol davom etgan. Ular Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropa mamlakatlariga, o ’rta asrlarga kelib, Evropa va Osiyoning ko’pgina mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketishgan. Ular borgan joylarda mahalliy aholining tili va madaniyatini o ’zlashtirib olganlar, ammo o ’zlarining dini, madaniyati va urf-odatlarini saqlab qoldilar. Bu siyosiy oqimning maqsadi dastlab butun dunyodagi yahudiylami bir erga to ’plab, qadimgi yagona yahudiylar davlatini qayta tiklash bo’lgan. Keyinchalik u yahudiylarning reaktsion-millatchilik, shovinistik mafkurasiga aylanib ketgan. Yahudiylar o ’zlarini “Oliy millat” deb, ular yashaydigan erlardagi hamma xalqlar, millatlar yahudiylarga dushmandirlar degan irqchilik g ’oyalarini e ’lon qilganlar. Nihoyat, asrlar b o ’yi jabrlangan xalqqa ikkinchi jahon tugagandan so’ng Murruvvat ko’rsatildi. BMT Bosh Assambiliyasining 1947-yil Qaroriga binoan falastinda Isroil davlatini tuzilishiga ruxsat berildi. Shunday qilib, 1948 yil 14-maydan boshlab Buyuk Britaniya mandatidagi falastin mustaqil deb e ’lon qilinib, Isroil davlati tashkil topdi va iudaizm, ya’ni yahudiylik bu davlatning rasmiy dini deb e ’lon qilindi. Sionizm esa davlat mafkurasiga aylandi. 41 Sionizmning keyingi asosiy maqsadi. Butun dunyo yahudiylarini Isroilga to’plab, ularni sionistik ruhda qayta tarbiyalash, bu davlat xududini yanada kengaytirib qadimgi davlatlarini qayta tiklash bo’ldi. Download 4.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling