TOTEM1ZM - Shimoliy Amerikada yashovchi
Ojibva qabilasiga
mansub aikonginlar tilidan olingan bo ’lib “uning urug’i” m a’nosini
bildiradi. Totem atamasi 1791 yil Dj. Long tomonidan ilmiy muomilaga
kiritilgan. XIX-XX asrlarga kelib Dj Mak Lenan, Robertson Smit
Frezerlar tomonidan keng tadqiq qilingan. Bugungi kunda e’tiqodning
ushbu
shakli Avstraliyada, Xindistonda va Afrikaning bir qator
hududlarida keng tarqalgan. Etnograf olim A. Zolotarevning tarificha
“totemizm - qarindoshlik munosabatlarining diniy anglashning dastlabki
shaklidir”
M a’lumki, odamlar tirikchiligi ibtidoiy jamiyatda dastlabki
davrlarda tabiatda mavjud bo’lgan o ’simliklarga va yow oyi hayvonlami
ovlab ist’emol qilishga bog’liq edi. Ovchilar eng ko’p
ovlagan hayvon
yoki qushlami, jonivorlarni alohida hurmat qilganlar. Asta-sekin
odamlar o ’z urug’-avlodlari ana shunday hayvonlar bilan qon-qarindosh
bo’lgan, hatto shu hayvonlardan kelib chiqqanmiz deb, o ’ylaganlar.
Totem hisoblangan hayvon yoki o ’simlik odamlar urug’ining
homiysi deb, totemning “yordamiga” ko’z tikkanlar,
raqs sehri bilan,
ba’zan esa marosimlar qilish yo’li bilan totemga ta’sir qilish mumkin
deb tasaw u r qilganlar. Masalan, maxsus marosimda totem hisoblangan
huyvonni so’yib, uning qoni va go’shtidan tabarruk va muqaddas taom
10
sifatida iste’-mol etishgan. Bundan asosiy
maksad totem bilan qon-
qarindoshlikni yanada mustahkamlash bo ’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: