N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet24/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Tayanch iboralar:
Og‘riqsizlantirish - og‘riq sezgisini qoldirish maqsadida qo‘lla- niladigan tadbirlar yig‘indisi;
Umumiy og‘riqsizlantirish - sun’iy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan markaziy nerv sistemasini chuqur tormozlantirish;
Ingalyatsion usulda umumiy og‘riqsizlantirish - narkotik mod- dani nafas yo‘llari orqali yuboriladigan turi;
Ingalyatsiyasiz usulda umumiy og‘riqsizlantirish - narkotik moddani vena ichi, to‘g‘ri ichak va teri ostiga yuborish turi;
Premedikatsiya - stomatologik davo oldidan qo‘rquv, emotsional xavotirlikni mahsus dori-darmonlar yordamida bartaraf etish;
Mahalliy og‘riqsizlantirish - bemorning es-hushini saqlagan hol- da tananing biron-bir qismidagi og‘riq sezgisini yo‘qotishga qaratilgan davo chorasi;
Applikatsiyali og‘riqsizlantirish - og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda- siga anestetik moddani surtish, sepish, doka sochig‘iga shimdirib qo‘- yish bilan og‘riqsizlantirish;
Inyeksion og‘riqsizlantirish - anestetik eritmasini shpris yorda­mida bevosita to‘qima ichiga kiritilishi;
Infiltratsion og‘riqsizlantirish - anestetik eritmasi bevosita jar- rohl ik harakati maydonida, to‘qima ichiga kiritilishi va pereferik nerv retseptorlarining sezgirligini oshirilishi;
O‘tkazuvchi og‘riqsizlantirish - jarrohlik maydonini innervatsiya qiluvchi, sezuvchi nervni tanasini yoki biron bir shoxini blokada qilish;
Anafilaktik shok - allergik kasalliklarga moyil bemorlarda uch- raydigan o‘ta xavfli asorat;
Hushdan ketish - bosh miyaning o‘tkir gipoksiyasiga bog‘liq bo‘l- gan bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, esnash bilan boshlanib, teri qoplamalari oqarishi, ko‘z qorachiqlari kengayishi, pulsi kuchsiz bo‘lib A/D pasayishi, nafas olish susayishi, mushak tonusi yo‘qolib hushdan ketish.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling