N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet22/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Anestetikdan zaharlanish. Buning sababi anestetik dozasini oshi­rib yuborish va tomirga ignaning tushib qolishi oqibatida qonda mod- da konsentratsiyasining oshib ketishi hisoblanadi. Zaharlanish ikki davrga bo‘linadi:

  1. davrda qo‘zg‘alish, ko‘ngil aynish, bosh aylanishi, quloq shan- g‘illashi, qusish kuzatiladi. Yordam ko‘rsatish uchun bemorni yotqizib, 10% ammiak eritmasi hidlatiladi. Tomir ichiga 200-600 mg geksinal yoki tiopental natriy sekin yuboriladi;

  2. davrda bemorning holati sustlashadi, A/D pasayadi, taxikardiya, terlash, hushdan ketish, nafas va yurak tomir faoliyatining to‘xtab qoli- shi kuzatiladi. Yordam berish uchun yurak - qon tomir vositalari va yurakni bilvosita massaj qilish tavsiya qilinadi. Profilaktika uchun anestetik yuborishdan 40-50 daqiqa oldin barbituradlar (fenobarbital 0,1 gr) yuborish kerak.

Hushdan ketish. Bu ko‘p uchraydigan asorat bo‘lib, bosh miyaning o‘tkir gipoksiyasiga (kislorodning yetishmasligi) bog‘liq bo‘ladi. Bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, esnash bilan boshlanadi. Teri qoplama- lari oqaradi, namlanadi, qorachiqlari kengayadi, puls kuchsiz bo‘lib A/D pasayadi, nafas yuzaki, mushak tonusi yo‘qolib hushdan ketish yuz beradi.
Yordam berish uchun bemorni yotqizib toza havo kelishini ta’min- lanadi. Novshadil spirti hidlatiladi. Yuz, bo‘yin terisi sovuq suvga naml angan sochiq bilan ishqalanadi. Kam hollarda nafas analeptiklari va tomir vositalari (kordiamin, efedrin, izadrin) mushak ichiga yubo- rilishi mumkin.
Mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazish jarayonida va undan so‘ng aso- ratlar sodir bo‘lishi mumkin.

  1. Og‘riqsizlantirish vaqtidagi asoratlar:

  1. Qon tomirlarning jarohatlanishi.

  2. Yumshoq tanglay muskuli parezi.

  3. Mimika muskullarning parezi.

  4. Diplopiya.

  5. Ignaning sinishi.

  1. Og‘riqsizlantirishdan so‘nggi asoratlar.

  1. Nervlarning jarohatlanishi (nevrit, parasteziya).

  2. Pastki jag‘ning ineksiyadan so‘nggi kontrakturasi.

  3. Ineksiyadan so‘nggi infiltrat.

  4. Ineksiyadan so‘nggi abssess va flegmona.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling