N. A. Tashpulatova


Bakteriologik tekshirish usuli


Download 0.89 Mb.
bet18/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Bakteriologik tekshirish usuli - kasallikni keltirib chiqargan mikrob va zamburug‘lar turini hamda ularning sezuvchanlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tekshirish usuli.
Kasallik varaqasi - bemorning pasport tafsilotlarini, tekshirish usullari, tekshirish natijalarini, aniqlangan tashhisni va davolash usul- larini qayd qiluvchi hujjat.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

  1. Tekshirishning qanday usullarini bilasiz?

  2. So‘ro‘v qanday olib borilishi kerak?

  3. Ko‘rikning qanday turlari bor?

  4. Zondlash yordamida nima aniqlanadi?

  5. Perkussiya necha hil bo‘ladi?

  6. Palpatsiya yordamida qanday patologik jarayonlarni aniqlash mumkin?

  7. Rentgenologik tekshirish usularidan qaysilarini bilasiz?

  8. To‘qima va organlarning ma’lum qismini qatlamma qatlam rentgan tasvirini aks ettiruvchi usul qanday nomlanadi?

  9. Tish pulpasi va parodont to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan tekshirish usuli qanday nomlanadi?

  10. Termodiagnostika qanday amalga oshiriladi?

  11. Vital bo‘yash usulini o‘tkazish uchun qanday eritmalardan foydalaniladi?

  12. Qaysi kasalliklarda biopsiya tekshirish usuli o‘tkaziladi?

  13. Tishlarni yumshoq karashlar bilan qoplanish darajasiga asoslanib, gigienik holatini aniqlash tekshirish usuli qanday nomlanadi?

  14. Kasallik varaqasidan nimani aniqlash mumkin?

  • BOB

STOMATOLOGIYADA OG‘RIQSIZLANTIRISH
Og‘riqsizlantirish deganda og‘riq sezgisini qoldirish maqsadida qo‘llaniladigan tadbirlar yig‘indisi tushuniladi. Stomatologik xastalik- larni muvaffaqiyatli davolash muolajaning qay darajada og‘riqsiz ba- jarishga bog‘liq. Tishlarni davolashda va yuz - jag‘ sohasidagi jarroh- lik muolajalarida og‘qisizlantirishning turli usullari qo‘llaniladi. Og‘- riqsizlantirish ikkiga bo‘linadi: umumiy va mahalliy og‘riqsizlantirish.
UMUMIY OG‘RIQSIZLANTIRISH
Umumiy og‘riqsizlantirish deganda sun’iy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan markaziy nerv sistemasini chuqur tormozlantirish tushuniladi. Bunda bemorning es-hushi, sezuvchanligi yoqoladi, skelet muskullari bo‘shashadi va reflekslari so‘nadi.
Umumiy og‘riqsizlantirish uchun ko‘rsatmalar:

  • mahalliy og‘riqsizlantiruvchi moddalarga allergik reaksiyasi bo‘lganda;

  • mahalliy og‘riqsizlantirish o‘tkazishning imkoni bo‘lmasa yoki samarasi bo‘lmasa;

  • bemorning o‘ta emotsional holatda bo‘lishi;

  • aqlan ojiz bemorlarda;

  • muolaja maydoni katta bo‘lganda;

  • muolaja vaqti davomli bo‘lganda;

  • yurak - qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklarida;

  • endokrin tizimi kasalliklarida;

  • hozirgi vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalari bo‘lmasa ham be­morning xohishiga binoan o‘tkazilishi mumkin.

Umumiy og‘riqsizlantirishda narkotik moddani kiritish yo‘liga ko‘- ra ikki turi farqlanadi:

  1. Ingalatsion.

  2. Ingalatsiyasiz.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling