N. A. Tashpulatova


Laboratoriyada tekshirish usullari


Download 0.89 Mb.
bet16/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Laboratoriyada tekshirish usullari. Bemorlarga aniq tashxis o‘r- nati shda laboratoriya tekshirishlarini o‘tkazish kerak bo‘lib qoladi.

10-rasm. Lugol eritmasida bo‘yalgan tish karashi.

Laboratoriyada tekshirish usullariga sitologiya, bakteriologik, biopsiya, immunobiologik tekshirish usuli, bioximik usul, qonning klinik analiz- lari va boshqalar kiradi.
Sitologiya. Sitologiya usuli hujayra elementlarini o‘rganishga asos- langan. Stomatologiyada sitologik tekshirish usuli uchun qirindi, punk- siya mahsulotlaridan foydalaniladi. Sitologiya usuli yordamida o‘sma kasalliklari, tuberkulyoz yazvalari, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi ka- salliklarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Biopsiya. Patologik o‘zgargan to‘qimalarni sitologik tekshirishdan o‘tkazish. Skalpel va maxsus asboblar yordamida patologik o‘zgargan qismdan 5-6 mm to‘qima kesib olinadi va gistologik tuzilishni mikro- skop ostida tekshiriladi.
Immunobiologik tekshirish usuli. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq parda- sining ba’zi kasalliklari tashxisini aniqlash uchun imunobiologik tek­shirish usulidan foydalaniladi. Masalan zaxm, brutsellyoz kasalliklari- ni aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Bakteriologik tekshirish usuli. Bu usul kasallikni keltirib chiqar- gan mikrob va zamburug‘lar turini aniqlash hamda ularni sezuvchan- lik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan dori vositalaridan foydalanish kasallikni tez davolanishiga za- min bo‘ladi.
Bioximiya usuli. Bu usulda qon va peshobning tarkibida qand bor- ligi aniqlanadi. Ko‘pincha bu usul og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasal- liklari tez-tez qaytalaydigan bemorlarda, qandli diabet kasalligi bor yo‘qligini aniqlashda yordam beradi.
STOMATOLOGIK BEMORNING
KASALLIK VARAQASI

Stomatologik bemorning kasallik varaqasini qayd qilish formasi № 043/Y. Kasallik varaqasi - bemorning pasport tafsilotlarini, tek- shirish usullari, tekshirish natijalarini, aniqlangan tashhisni va davo- lash usullarini qayd qiluvchi hujjat. Kasallik varaqasining pasport qismini registraturadagi tibbiyot xodimi to‘ldiradi. Bunda bemorning familiyasi ismi otasining ismi, yoshi, jinsi, manzili, kasbi aniqlanadi va yoziladi. Tashxis qatorida bemorda obyektiv va subyektiv tekshi- rishlar o‘tkazilishi natijasida aniqlangan tashhis yoziladi, bemorda aniql angan shikoyatlar qayd qilinadi. Boshidan kechirgan va yo‘ldosh kasalliklar qatorini to‘ldirish uchin bemor bilan suhbat o‘tkazilib, avvalda kechirgan kasalliklari aniq yozilishi muhim ahamiyatga ega. Kasallikni rivojlanishi bemorning birinchi qatnovida aniqlanadi va kasallik qanday boshlanganligi, uning belgilari yoziladi. Obyektiv tekshirishlar va tashqi ko‘rinishida o‘tkazilgan tekshirish usullari va ularning natijalari haqida ma’lumotlar beriladi. Tishlar ko‘rigi max- sus tish formulasi sxemasida belgilanadi. Sxemadagi vertikal chiziq o‘ng va chap tomon tishlarni, gorizantal chiziq yuqori va pastki tish- larni anglatadi. Tish formulasi sxemasida doimiy tishlar arab raqam- lar bilan sut tishlar rim raqamlar bilan belgilanadi. Tish holatini bel- gilash uchun quyidagi ma’lum harfli belgilaridan foydalaniladi: O - yo‘q tish, R - ildiz, C - karieys, P - pulpit, Pt - periodontit, П - plomba, A - paradantoz, I, II, III - qimirlash darajalari, K - qopla- ma. Tish formulasini to‘ldirilgandan so‘ng bemorning tishlovi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi, alveola o‘sig‘i va tanglay holatlari ifodala- nadi. Agar rentgenologik tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa uning tahlili yoritib beriladi. Davolash bobida aniqlangan kasallikni davolash uchun tuzilgan davo rejasi aniq yozilashi shart. Ayrim hollarda bemorl arni davolashni bir shifokor boshlab keyingi bosqichni boshqa shifokor davom ettirishiga to‘g‘ri keladi. Shinday hollarda davo rejasi tuzilganligi yaxshi samara beradi. Kasallik varaqasining kundalik qatorida bemorning umumiy holati va o‘tkazilgan davo muolajasi aniq yozilishi kerak. Kundalik yozilayotganda albatta sana qo‘yiladi.
Kasallik varaqasini tahlil qilib, aniqlangan tashhis to‘g‘riligi, davo muolajalari qanday olib borilganligi va ularning natijalarini aniqlash mumkin. Bemorning kasallik varaqasi ilmiy va yuridik hujjat bo‘lib, registraturada 5 yil moboynida saqlanadi so‘ng arxivga topshiriladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling