N. A. Tashpulatova
Download 0.89 Mb.
|
N. A. Tashpulatova stomatologik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ponasimon nuqson.
- Ponasimon nuqson.
Patologik yedirilish. Har qanday tish yoshga qarab sekin-asta yediriladi. Ushbu yedirilishni fiziologik yedirilish deyiladi. Lekin ayrim hollarda yedirilish tez kechadi va bu yedirilishni patologik yedi- rilish deyiladi. Patologik yedirilish anomaliyali prikuslarda, yomon odatlar oqibatida, zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida, masalan havoda kislota parlari ko‘p bo‘lganida sodir bo‘ladi. Tishlar yedirilishi yuqori va pastki jag‘larni bir-biriga yaqinlashtiradi. Bu esa prikus balandligining pasayishiga va natijada yuz shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim hollarda patologik yedirilishda bemor gipersteziyadan (sezuvchanlik) shikoyat qiladi. Patologik yedirilishni davolash tish qatorlariga olinadigan yoki olinmaydigan ortopedik protezlar tayorlash, modda almashinuvini yaxshilash va kalsiy preparatlarini qabul qilishga qaratiladi, avvalambor, patologik yedirilishni keltirib chiqargan sabab- chi faktor bartaraf etiladi, gipersteziya davolanadi. Ortoped stomatolog bilan maslahatlashgan holda prikus balandligi tiklanadi.
Ponasimon nuqson. Ponasimon nuqson o‘rta va katta yoshdagi in- sonlarda uchraydi. Kasallikning kelib chiqishida mexanik ta’sir muhim o‘rin tutadi. Tishlarning vestibulyar yuzasining bo‘yin qismida «V» shaklida nuqson paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha premo- lyarlarda kuzatiladi. Nuqson yuzasi silliq, yaltiroq, qattiq bo‘ladi. Ka- sallik sekin, ikkilamchi dentin hosil bo‘lishi bilan kechadi. Shuning uchun ko‘pincha bemor og‘riqlardan shikoyat qilmaydi. Ayrim hollarda bemorlar ximik, termik, mexanik ta’sirlardan hosil bo‘lgan qisqa mud- datli og‘riqdan va albatta kosmetik nuqsondan shikoyat qilishadi (14- rasm). 14-rasm. Ponasimon nuqson. Solishtirma tashxis. Ponasimon nuqsonni aniqlashda tish qattiq to‘qimalari eroziyasi bilan solishtiriladi. Ponasimon nuqson uning shakli, joylashish o‘rni, og‘riqli sezgilarning yo‘qligi bilan farqli. Davolash. Davolash kasallikning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Kasallikning boshlang‘ich bosqichlarida remineralizatsiya terapiya- si o‘tkaziladi. Agar nuqson 2 mm dan katta bo‘lsa kompazit plomba- lovchi xomashyolar yordamida plombalanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling