N. A. Tashpulatova


Surunkali gipertrofik pulpit


Download 0.89 Mb.
bet37/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Surunkali gipertrofik pulpit. Surunkali fibroz pulpit oqibatida kelib chiqadi. Ba’zida qisqa muddatli og‘riq mexanik ta’sirdan va ayrim holatlarda issiq ovqatdan paydo bo‘lishi mumkin. Bemorlar mexanik ta’sir natijasida tishidan o‘sgan to‘qimaning qonashidan shi- koyat qiladilar. Tishning toj qismi biroz yemirilgan, kariyes kovagidan o‘sib chiqqan granulyatsiyali o‘sma ko‘rinib turadi va zondlanganda qonaydi. Agar zondni chuqurroq kirgizsak og‘riqli reaksiya hosil bo‘ladi.
Surunkali pulpit huruji. Bemor o‘z-o‘zidan hosil bo‘luvchi huruj- simon og‘riqdan shikoyat qiladi. Og‘riqlar kuchli bo‘lib uchlamchi nerv shoxlari bo‘ylab irradiatsiya qilinadi. Ayrim hollarda og‘riqlar simillovchi bo‘lib tishlaganda zo‘rayadi. Kasallik tarixi aniqlanganda tish, avval pulpitlarning biror bir turi bilan og‘riganligi ma’lum bo‘la- di. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqli. Pulpaning elektr se- zuvchanligi pasaygan. Rentgenogrammada tishning ildiz uchida pe­riodontal yoriqning kengayganini va suyak to‘qimasining so‘rilishi kuzatiladi.
PULPITLARNI DAVOLASH
Pulpitlarni davolash. Pulpit kasalligini davolashdan asosiy maq- sad tishning anatomik va funksional holatini tiklash. Pulpitlarni davo- lashning barcha usullarini quydagi ko‘rinishda tizimlashtirish mumkin.
DAVOLASH USULLARI

PULPA FAOLIYATINI SAQLAB QOLISH

PULPANI OLIB TASHLASH (jarrohlik)




TO‘LIQ QISMAN (biologik) (vital amputatsiya)
TO‘LIQ QISMAN

(vital) (devital)
(eksterpatsiya) (devitalizatsiya)
Biologik usulda davolash. Davolashning bu usuli tish pulpasining to‘liq saqlanishini va hayotiy faolligini davom ettirishni ta’minlaydi.
Davolash texnikasi klinik belgilarga qarab o‘ziga xos bo‘lishi mum- kin. Tish kariyes kovagi charxlanayotgan paytda qo‘qqisdan pulpa bo‘shlig‘i ochilib qolgan (travmatik pulpit) taqdirda, kariyes kovagiga so‘lak tushirmaslikka harakat qilish zarur. Tezlik bilan kovakni biror iliq antiseptik bilan yuvib, quritib jarohatlangan sohaga tarkibida gid- rooksi kalsiysi bo‘lgan pastadan qo‘yiladi. Kariyes kovagi suvli dentin bilan vaqtinchalik berkitiladi. Jarohatlangan tish 5-7 kun mobaynida bolani bezovta qilmasa, ikkinchi qatnovda vaqtinchalik plombani doi- miy plomba bilan (18-rasm) almashtiriladi (chuqur karies davosiga qaralsin).
O‘tkir pulpitda birinchi murojaat payti- da tish kariyes kovagi birmuncha kengay- tirilib ochiladi. Kovak tub sathidagi yum- shoq dentin 3-4%li dikainning suvdagi eritmasi bilan yoki aneste zin kristallari yordamida 2-3 minut mobaynida og‘riqsiz- lantiriladi. Shundan keyin kariyes kovagi
18-rasm. Pulpitlarni biologik usulda davolash: 1 - pulpa; 2 - davolovchi taglik; 3 - dentin; 4 - ajratuvchi taglik; 5 - plomba. tub sathi va devorlaridan jarohatlangan dentin to‘qimasi qavatma qavat ko‘chiriladi. Tish koronka bo‘shlig‘i kichik sharsimon bor yordamida ehtiyotkorlik bilan ochil adi. Bu hol umumiy o‘tkir diffuz pulpitda yal- lig‘langan pulpa kovagida yig‘ilgan ekssudatning oqib chiqishini va bir qadar pulpa to‘qimasida (qo‘yilgan davolovchi plomba ta’sirida) tikla- nish jarayonlarini ta’minlaydi. Qisman (chegaralangan) o‘tkir pulpitda koronka bo‘shlig‘ini ataylab ochish shart emas. Yallig‘lanish natijasi- da hosil bo‘lgan pulpa bo‘shlig‘idagi ekssudat shakllanmagan bo‘lib, anchagina keng ildiz kanallari orqali sizib oqib, pastga tushishi mum- kin. Yupqa dentin qavati dentin yo‘llari orqali kovakka qo‘yilgan dori diffuz yo‘li bilan yallig‘langan pulpaga bemalol o‘tib, ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling