Vital amputatsiya usuli. Bu usul pulpaning faqat toj qismini olib tashlash va ildiz qismidagi pulpani saqlab qolishga asoslangan. Ushbu usulda davolash uchun ko‘rsatmalar:
Shakllanmagan ildizli sut va doimiy tishlarda (asosan oldingi guruh) kechadigan surunkali fibroz pulpitda;
O‘tkir mexanik jarohat natijasida koronka qismi sinib, pulpa ochilib qolgan hollarda (jarohatdan keyin 48 soat mobaynida).
Davolash quyidagi bosqichlardan iborat:
Og‘riqsizlantirish;
Borlarni tez-tez almashtirib, kariyes kovagidagi nekrozga uch- ragan to‘qimalarni qatlamma-qatlam olib tashlash;
Kariyes kovagini antiseptik eritmalar bilan yuvib quritish;
Sterillangan bor yordamida pulpa bo‘shlig‘ini ochish va toj qis- midagi pulpani amputatsiya qilish;
Qonni to‘xtatish;
Pulpa bo‘shlig‘ining tub qatlamiga tarkibida gidrooksi kalsiysi bo‘lgan pasta qo‘yib steril paxta ustidan 5-7 kunga suvli dentin bilan berkitish;
5-7 kun ichida bezovta qilmasa, doimiy plombaga almashtirish.
Vital eksternatsiya usuli. Vital eksternatsiya usuli bilan davolan- ganda bemor bir marta keladi va pulpani nekroz qiluvchi vosital ardan foydalanmaydi. Vital eksternatsiya usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
Og‘riqsizlantirish. Buning uchun o‘tkazuvchi va infiltratsiya usullaridan foydalaniladi;
Kariyes kovagini charxlash, tish bo‘shlig‘ini ochish;
Toj qismidagi va ildiz qismidagi pulpani olib tashlash;
Ildiz kanaliga mexanik va dorili ishlov berish;
Ildiz kanalini plombalash;
Doimiy plomba qo‘yish.
Hozirda pulpitlarni davolashda vital eksternatsiya usulidan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |