N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet42/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Birinchi bosqich. Pulpitni o‘z vaqtida yoki xato davolash oqibatida kelib chiqadi. Bu bosqich uchun davomli, simillovchi og‘riqlar xarak- terli. Ayrim hollarda sababchi tishni tishlab bosilganda ham og‘riqlar paydo bo‘ladi. Sababchi tish atrofidagi milkning holati o‘zgarmaydi. Vertikal perkussiyada periodontning sezuvchanligi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda ekssudatlanish jarayoni ortib boradi. Og‘riqlar doimiy bo‘lib sekin-asta kuchayib boradi. Kasallan- gan tishni tishlab bosilganda og‘riqlar zo‘rayadi, hatto tilning tegib ke- tishi ham og‘riqlarni kuchaytiradi. Perkussiya keskin og‘riqli bo‘ladi. Tish qimirlab qoladi va xuddi o‘sib qolganga o‘xshaydi. Tish atrofidagi milk qizaradi, shishadi, palpatsiyada tishning ildiz uchi sohasi og‘riqli bo‘ladi. Pulpa nekrozga uchragani uchun tish termik ta’sirlardan, elektr taassurotlardan ta’sirlanmaydi.
Ayrim hollarda jag‘ atrofi to‘qimalarida shish kuzatiladi. Infiltrat yoki abssess hisobiga o‘tuv burma yassilashadi. Bu holda perkussiya kuchsiz og‘riqli bo‘lib palpatsiya keskin og‘riqga aylanadi. Palpatsiyada flyuktuatsiya aniqlanishi mumkin. Yiringli ekssudatning yorib chiqishi natijasida milk va yuz shishlari kichrayadi, og‘riqlar esa susayadi.
SURUNKALI PERIODONTITLAR
Surunkali periodontitlarning klinik belgilari o‘tkir periodontitl arga nisbatan birmuncha oz ifodalangan. Shuning uchun solishtirma tash- hisni rentgenogrammasiz o‘tkazish o‘ta mushkul.
Surunkali fibroz periodontit. Surunkali fibroz periodontit kli­nik belgilarsiz kechadi. Bemor og‘riqlarni sezmaydi. Faqatgina ka- riyes kovagi borligiga, unga ovqat qoldiqlari kirib qolishi va og‘izdan noxush hid kelishidan shikoyat qiladi. Surunkali fibroz periodontit, avval, davolangan pulput, travmatik artikulyatsiya oqibatida kelib chi- qishi mumkin. Tish qimirlamaydi, perkussiya, palpatsiya og‘riqsiz, tish atrofidagi milk o‘zgarishsiz. Zondlanganda tish bo‘shlig‘i ochiq, og‘riqsiz bo‘ladi. Surunkali fibroz periodontitga tashxis rentgeno- gramma asosida o‘tkaziladi. Rentgenogrammada ildiz uchidagi perio­dontal yoriqning deformatsiyasi, kengayganligi aniqlanadi (19-rasm). Suyak to‘qimasining rezorbsiyasi kuzatilmaydi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling