N. A. Tashpulatova


Download 0.89 Mb.
bet6/78
Sana25.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1654384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
N. A. Tashpulatova stomatologik

Terapevtik asboblar. Terapevtik asboblar 5 ta guruhga bo‘linadi.

  1. guruh. Og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni tekshirish uchun ishla- tiladigan asboblar.

Bu guruhga to‘g‘ri va burchakli zond, stomatologik oyna, stoma- tologik pinset asboblari kiradi (8-rasm).
Stomatologik oyna. Stomatologik oyna yordamida ko‘rish uchun noqulay bo‘lgan sohalar ko‘rigi o‘tkaziladi, qo‘shimcha yoritiladi, lab, lunj, tilni travmalardan himoya qilish maqsadida ushlab turiladi.
Stomatologik zond. Ikki qismdan ishchi qismi va dastasidan tash- kil topgan. Stomatologik zondni ikki xil turi (to‘g‘ri va burchaklisi) mavjud. Zond yordamida kariyes kovagi borligi, uning chuqurligi, og‘riqli nuqtalari aniqlanadi. Mahsus belgili zond yordamida milk mavjud cho‘ntagining chuqurligi aniqlanadi.
Stomatologik pinset. Stomatologik pinsetning ishchi qismi o‘tmas burchak ostida bukilgan. Pinsetdan paxtali tamponlarni ushlab og‘iz

8-rasm. Stomatologik to‘plam:
1 - stomatologik oyna; 2 - pinset; 3 - stomatologik zond;
4 - ekskavator; 5 - shpatel.
bo‘shlig‘iga kiritishda, tishning qimirlash darajasini aniqlashda, endo- dontik asboblarni olishda foydalaniladi.

  1. guruh. Tishdagi kovakni tozalashda ishlatiladigan asboblar.

Borlar. Bor aylanma harakat qiluvchi mustahkam asbob bo‘lib, tishning qattiq to‘qimalarini charxlashda foydalaniladi.
Borlar kariyes kovagiga ishlov berish bosqichiga qarab har xil shakl va o‘lchamga ega bo‘ladi. Borlarning ishchi qismi shakliga qarab sharsimon, silindrsimon, konussimon, g‘ildiraksimon, trubinali dasta turlariga bo‘linadi. Borlar to‘g‘ri va burchakli uchlar uchun ikki xil bo‘ladi. Borlar ishchi qismining diametriga qarab raqamlar bilan belgi- lanadi. Masal an 1-raqamli borning diametri 0,85 mm. 13-raqamli bor- niki esa 3,1 mm ga teng. To‘g‘ri uch uchun borning uzunligi 44 mm, burchakli dasta uchun esa 22 mm teng. Borlar zanglamaydigan po‘lat- dan, qattiq qotishmali va ishchi qismi olmos bilan qoplangan borlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda deyarli 90 % trubinali dasta borlardan foydalaniladi.

  1. guruh. Tishdagi toshlarni tozalashda ishlatiladigan asboblar.

Ushbu guruhga ekskavator, ilgovich va boshqalar kiradi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling