N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Adizova

Ayamajiz” 
(Qudrat 
Hikmat) she’rida “Bo‘ralar qor kapalak”, “Bog‘lar sokin mizg‘ishar, 
Misoli oq kapalak”, “Muz oynalar sovuq yeb” misralarida o‘xshatish, 
jonlantirish; “Saxiy ona tabiat”, “quchog‘ida havo sof” misralarida



metafora; “Ayamajiz izg‘iydi, Ko‘chalarda tutoqib, Shox-shabbani 
tortqilar, Yalmog‘izdek yutoqib” kabi misralarda jonlantirish va 
o‘xshatishlar qo‘llangan. Bular ustida ishlaganda quyidagicha savol-
topshiriqlardan foydalanish mumkin: 
1. Shoir qorni nimaga o‘xshatadi? (oq kapalakka). 
2. Ayamajizni nimaga o‘xshatadi? (Yalmog‘izga). 
3. “Muz oynalar sovuq yeb” misrasini qanday tushunasiz? Oyna 
sovuq qotadimi? 
4-sinf “O‘qish kitobi”dagi matnlarda ham o‘xshatish ko‘p 
uchraydi. Ayniqsa “Bahor ta’rifida” matnida juda go‘zal o‘xshatishlar 
qo‘llangan. Jumladan quyidagi gaplarga e’tibor beraylik: 
Mag‘rur turnalar ko‘kda ovozini baralla yangratmoqda, tizilgan 
tuya karvoni-dek uchmoqda. 
Kaklik xushovoz bilan sayrab, qah-qah urib kulmoqda, uning 
tumshug‘i qon kabi qizil, qoshi esa qop-qora. 
Qora qarg‘a tumshug‘ini ko‘pirtirib qag‘illaydi, uning ovozi tantiq 
qizning ovozi kabi yoqimsiz. 
Bu o‘xshatishlar ustida ishlashda quyidagi savollardan foydalanish 
mumkin: 
1. Uchayotgan turnalar nimaga o‘xshatilyapti? Nima uchun? 
2. Kaklikning tumshug‘i nima uchun qonga o‘xshatilyapti? Uning 
qoshini nimaga o‘xshatish mumkin? 
3. Tantiq deganda nimani tushunasiz? Nima uchun qarg‘aning ovozi 
tantiq qizning ovoziga o‘xshatilyapti? 
Darslikagi G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Ola buzoq” she’rida ham 
buzoqni tasvirlash uchun chroyli o‘xshatishlardan foydalanilgan. 
Quyida mazkur she’rdagi o‘xshatish qo‘llangan misralarni keltiramiz: 
Tili xuddi lola yaprog‘i

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling