N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
gilos
qovun qalampir 10 Bu so‘zlardan o‘xshatish hosil qilish uchun o‘quvchilar ular orasidagi o‘xshah belgini bilishi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan quyidagicha savol-javob o‘tkazadi: O‘qituvchi: – O‘quvchilar, odam qo‘yga nimasi bilan o‘xshashi mumkin? O‘quvchilar: –Yuvoshligi bilan? O‘qituvchi: – Demak, qo‘y va odam so‘zlari ishtirokida qanday o‘xshatish qilish mumkin? O‘quvchilar: – Qo‘yday yuvosh odam deyish mumkin. O‘qituvchi: – Tosh kaftga nimasi bilan o‘xshaydi? O‘quvchilar: – Silliqligi bilan. O‘qituvchi: – Suv shishaga nimasi bilan o‘xshaydi? O‘quvchilar: – Tiniqligi bilan. O‘qituvchi: – O‘quvchilar yoqut nimaligini bilasizlarmi? O‘quvchilar javob berolmasa, o‘qituvchi yoqutning nimaligini tushuntiradi: Yoqut ‒ qizil rangli qimmatbaho tosh. (Yoqutning rasmini ko‘rsatadi.) O‘qituvchi: – Gilos yoqutga nimasi bilan o‘xshar ekan? O‘quvchilar: – Qizilligi bilan. O‘qituvchi: – Qovun asalga nimasi bilan o‘xshaydi? O‘quvchilar: – Shirinligi bilan. O‘qituvchi: – Qalampir zaharga nimasi bilan o‘xshaydi? O‘quvchilar: – Achchiqligi bilan? 3. Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan o‘xshatishlardan mosini qo‘yib yozing. 1. Ko‘m-ko‘k Shohimardon tog‘lari … tovlanadi. 2. … yigit ketmon bilan yer ag‘daryapti. 3. Azim bilan Sobir … qadrdon. 4. Nasiba … qizarib ketdi. 4. Sinfda bolalar … g‘uvullaydi. 5. Dengiz botib borayotgan quyosh nurlaridan … tovlanadi. 6. Qahhor aka bu tog‘larni … biladi. 7. Kema … chayqaladi. 8. Buloqdan … tiniq suv oqib chiqadi. 9. Osmonda yulduzlar … sochilib ketgan, juda ko‘p edi. 10. Nafisaning yuzi … oqarib ketdi. Foydalanish uchun o‘xshatishlar: ayiqday baquvvat, aka-ukadek, beshikday, anorday, ariday, besh qo‘lday, billurday, zumratday, atlasday, bodroqday, bo‘zday. 4. Berilgan matndagi gaplarga quyidagi o‘xshatishlardan mosini kiritib yozing. 11 O‘lkamizga … bahor kirib keldi. Janubdan … turnalar uchib keldi. Daraxtlar oq, pushti … ga burkandi. Qir-u dalalarga … . Daryo va anhorlarda suvlar … oqmoqda. Osmonni tez-tez … bulutlar qoplaydi va … yomg‘ir quyadi. Foydalanish uchun o‘xshatishlar: tuya karvonidek tizilib, harirday yopinchiqlar, kelinchakdek bezanib, toychoqday pishqirib, yashil gilam to‘shalganday, sevinchi-dan yig‘laganday, qalin ko‘rpaday. 5. Quyidagi o‘xshatishlardan foydalanib gap tuzing. Dumdek ergashib yurmoq, durday tishlar, yelday uchmoq, yelimday yopishmoq, zilday og‘ir, zig‘irday kichik, ipakday mayin, kamalakdek tovlanmoq, kaftday tekis, kelinchakdek bezanmoq, kiyikday chaqqon, ko‘z qorachig‘iday asramoq, marjonday tizilmoq. 6. Quyidagi so‘zlarni o‘xshatish yo‘li bilan tasvirlang. Namuna: qovun ‒ asalday shirin qovun Soch, suv, husayni, yostiq, it, ko‘z, havo, qorin, pichoq, bug‘doy. 7. Quyidagi o‘xshatishlarni to‘ldiring. Namuna: Qorday oppoq ko‘ylak. Qorday…, toshday…, shamolday…, shishaday…, tandirday…, xumday…, buzoqday…, oltinday…, kumushday…, yoqutday…, asaldek…, itday…, onaday …, osmonday…, otning qashqasiday …, ota-onaday …, ohanraboday … . 8. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar oldidan o‘xshatish keltirib yozing. O‘lkamizga saxovatli kuz kirib keldi. Daraxlar bargi sariq tusga kirdi. Salqin kechalar, ertalab maysa ko‘katlar, dov-daraxtlar bargini bezaydigan shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda. Ariqlardagi suv tiniq bo‘lib qoldi. Kuzning birinchi oyi mevalar, sabzavot mahsulotlari, qovun-tarvuzlar serob bo‘lishi bilan dillarga quvonch baxsh etadi. Daraxtlarda noklar, shaftolilar, olmalar, toklarda uzumlar tovlanadi. Polizlardan pishgan qovunlarning hidi anqiydi. Bu davrda paxta dalalari ham o‘ziga xos manzara kasb etadi. Paxtalar ochiladi Maktabda o‘quvchilar nutqini o‘stirishga ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi deb qaraladi. Nutq o‘stirish faqat ona tili va o‘qish darslarininggina emas, balki o‘quv rejasidagi barcha fanlar (tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san’at, ashula darslari)ning, shuningdek, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarning ham vazifasidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling