N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili
Download 7.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Adizova
Har nekim ermish o‘zingga noravo,
Noravodir o‘zgaga ko‘rsang ravo deydi. Demak, adolatli inson o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaydi. Chunki adolat qilmagan odam zulm qilgan bo‘ladi. Zulm qilgan odamni esa zolim deymiz. Adolat taroziga oʻxshaydi (oʻqituvchi tarozining rasmini koʻrsatadi). Tarozining ikkala pallasiga bir xil yuk qoʻyilsa, uning ikki pallasi teng boʻladi, ya’ni muvozanat saqlanadi. Bir pallasiga og‘irroq yuk qoʻyilsa, tarozining bir pallasi baland, bir pallasi past boʻladi, muvozanat buziladi, ya’ni adolatsizlik yuzaga keladi. 29 Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mavhum tushuncha ifodalovchi so‘zlar obrazlar yordamida tushuntirilganda bolalarda mazkur tushuncha haqida aniq tasavvur hosil bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobida uchraydigan o‘quvcilar uchun tushunarsiz so‘zlar mazmuniy xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Shuning uchun bu so‘zlarning ma’nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu faslda bir necha darslikdagi so‘zlar misolida so‘z ma’nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz. 1-sinf ona tili darsligida oʻquvchilarga ma’nosi tushunarsiz boʻlgan soʻzlar ancha uchraydi. Ularning ma’nosini yuqorida koʻrsatilgan va boshqa usullar bilan tushuntirish mumkin. Darslikda uchraydigan quyidagi soʻzlarning ma’nosini rasmini koʻrsatish yoʻli bilan tushuntirish mumkin: yalpiz, isiriq, kiyikoʻti, ermon, kashta, garmdori, qal’a, fabrika, raketa, chang‘i, soʻna, soʻgal, sa’va, toʻng‘iz, turna, sholi, sharshara, charos, shabnam gumbaz, marvaridgul, soda, sa’va, olxoʻri, husayni, chang‘i, konki, paroxod, qayin, zarg‘aldoq, doʻlana, tola, parovoz, teplovoz, elektrovoz, vagon, tog‘olcha, metro, kamalak, tuman, mosh, binafsha, chuchmoma, gulsapsar, norin, shilpildiq, qarag‘ay, karvon, zangori, feruza, peshayvon, na’matak, qirg‘iy, olcha. Quyidagi soʻzlarning ma’nosini ularga sinonim keltirish orqali tushuntirish mumkin. Istiqlol – mustaqillik, nurafshon – yorug‘, muborakbod etmoq – tabriklamoq, samo – osmon, koʻk, gulshan – gulzor, sabo – shabada, munosabat – bog‘lanish, dorivor – shifobaxsh, yaproq – barg, hadya etmoq – bermoq, sovg‘a qilmoq, tub – tag, ahil – inoq, huvullamoq – boʻshamoq, javon – shkaf, dastyor – yordamchi, alloma – olimlar, muhlat – vaqt, darg‘azab boʻlish – g‘azablanish, shu’la – nur, ehtirom – hurmat, badavlat – boy, tazyiq – zug‘um, an’ana – odat, ta’na – dashnom, ta’ziya – aza, ma’lumot – xabar, ma’yuslanmoq – xafa boʻlmoq, chashma – buloq, choq – payt, arg‘imchoq – ip, darz – yoriq, ranj – qiyinchilik, ganj – boylik, xazina, sust – sekin, bol – asal, tabassum – kulgi, muddat – vaqt, tasalli – yupanch, musaffo – sof, toza, mutolaa – oʻqish, doʻkon – magazin, zoriqmoq – muhtoj boʻlmoq, noyob – topilmas, undirmoq – oʻstirmoq, mamnun – xursand, gavjum – toʻla, surkash – surtish, ohista – sekin, et – goʻsht, daromad – kirim, xontaxta – stol, javon – shkaf, xazonrezgilik – barglarning toʻkilishi, ezgulik – yaxshilik, baldoq – halqa, najot – yordam, moʻtadil – oʻrtacha, sarvqomat – tik, chanqagan – suvsiragan, 30 soʻyla – gapir, soʻzla, toblanmoq – chiniqmoq, gazlama – mato, yoʻldosh – hamroh, choyshab – koʻrpa, silliq – tekis, intizom – tartib, olam – dunyo, mug‘ombir – ayyor, chaqa – tanga, parranda – qush, Download 7.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling