N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda


Download 7.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana15.09.2023
Hajmi7.04 Mb.
#1679064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
Adizova

Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda
topshiriqlar: 
1.O`quvchilar nutqini o'stirish soxasida maktab va o'qituvchi 
oldiga qo'yilgan asosiy vazifalarni ayting. 
2. Boshlang'ich sinf o'quvchilaridan biri nutqining asosiy
xususiyatlarini tekshiring va qisqa axborot tayyorlang. 
3. Nutq - o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vosita
ekanligi to`g`risida ma`lumot bering. 
2-MAVZU: LUG‘AT USTIDA ISHLASH 
 
Tayanch so`zlar: lug’at, lingvistika, sinonim, antonym, omonim, 
ko’p ma’noli so’zlar, mantiqiy mashqlar, gap, gap ustida ishlash, gap 
bo’laklari, sintaksis, so’z birikmasi, morfologiya, gapning bosh 
bo‘laklari. 
2.1. Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asosi, vazifalari. So‘z 
ma’nosini tushuntirish yo‘llari. 
Boshlangʻich sinflarning asosiy vazifalaridan biri oʻquvchilar 
nutqini oʻstirishdir. Nutq oʻstirish uch yoʻnalishda: soʻz ustida ishlash, 
soʻz birikmasi va gap ustida ishlash, bogʻlanishli nutq ustida ishlash 
orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. 
Soʻz ustidagi ishlar quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: 
1. Soʻzning toʻgʻri adabiy orfoepik talaffuzi va oʻqilishini oʻrgatish. 
2. Soʻz ma’nosini tushuntirish. 
3. Oʻquvchilar nutqiga yangi soʻzlarni kiritib borish, ya’ni lugʻatini 
boyitish 
4. Lugʻatidan oʻrin olgan soʻzlarni kerakli oʻrinda maqsadga 
muvofiq tanlab olishga oʻrgatish. 
5. Soʻzlarni uslubiy jihatdan toʻgʻri qoʻllashga oʻrgatish 


23 
6. Soʻz minimumiga kiradigan soʻzlarni imloviy jihatdan toʻgʻri 
yozishga oʻrgatish 
Ushbu bobda boshlangʻich sinf ona tili darsligida uchraydigan 
oʻquvchilar uchun noma’lum boʻlgan yangi soʻzlar ma’nosini 
tushuntirish usullari toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Bu yuqorida sanab 
oʻtilgan 2- va 3- yoʻnalishga toʻgʻri keladi. Shu bulan birga bu bilan 
bogʻliq ravishda 4-, 5- yoʻnalishlarni ham oʻz ichiga oladi. 
Oʻquvhcilarga notanish yoki yaxshi tanish boʻlmagan soʻzlarning 
lugʻaviy ma’nosini koʻpincha matn aytib turadi. Bunday hollarda ular 
bunday soʻzning ma’nosini mustaqil, oʻqituvchining maxsus 
tushuntirishisiz bilib oladi.Matndan bilinib turmaydigan soʻzlarning 
ma’nosi esa albatta oʻqituvchi tomonidan tushuntiriladi. 
Metodikada bolalarga noma’lum soʻzlar ma’nosini tushuntirishning 
bir qancha usuli ishlab chiqilgan. Bu usullar soʻzning xususiyati va 
ma’nosiga bogʻliq holda turlicha boʻladi. Masalan, narsa ma’nosiga ega 
boʻlgan soʻzlar uchun hammadan yaxshisi oʻquvchilarga koʻrgazmali 
tushuntirish berishdir. Bunda oʻsha soʻz bilan nomlanadigan narsaning 
oʻzi yoki rasmi koʻrsatiladi. Noma’lum soʻzlarning ma’nosini 
tushuntirishda rasmning ahamiyati haqida. K. D. Ushinskiy shunday 
deb yozgan edi: “Bola tabiati koʻrgazmalilikni talab qiladi. Bolaga 
qandaydir 5 ta noma’lum soʻzni oʻrgating, u ular ustida uzoq va behuda 
aziyat cgekadi. Lekin 20 ta shunaqa soʻzni rasmlar bilan bogʻlasangiz, 
bola ularni darrov oʻrganib oladi.” 
Soʻz ma’nosini koʻrgazmali tushuntirish imkoni boʻlmaganda 
oʻqituvchi “semantik izohlashlar”dan birini qoʻllab, tushunarsiz 
soʻzning ma’nosini qisqa soʻzli izohli yoʻllar bilan ochish kerak. 
Boshlangʻich sinfda semantik izohning quyidagi usullarini 
qoʻllash mumkin: 
1. Oʻquvchilarga tushunarsiz soʻzning ma’nosi unga bir nechta 
sinonim soʻz keltirish orqali ochiladi, masalan: nurafshon – yorugʻ, 
nurli, charogʻon, tabarruk –aziz, moʻtabar, muborak va hokazo. Bu 
usulni qoʻllaganda oʻqituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, soʻzni 
sinonimik izohlash oʻquvchilar har bir izohlovchi sinonimning 
ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadiga erishishi mumkin. 
Shuning uchun notanish soʻzni izohlash uchun olinadigan sinonim 
sifatida bolalarga ma’nosi yaxshi ma’lum boʻlgan umumiste’mol 
soʻzlarni tanlash keral. Masalan, fazo soʻzining ma’nosini koinot soʻzi 
orqali emas, osmon soʻzi orqali tushuntirish lozim. 


24 
2. Tushunarsiz soʻzning ma’nosi oʻsha soʻz bilan ataladigan obyekt 
(narsa, belgi, 
harakat)larni sanab oʻtish orqali tushuntirish mumkin. Masalan, metall 

Download 7.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling