N. B. Adizova, N. B. Adizova ona tili o‘qitish metodikasi ona tili


Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana15.09.2023
Hajmi7,04 Mb.
#1679064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
Adizova

istirohat – dam olish, nishon – moʻljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn 
– chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish 
qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, 
mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, oʻgit – 
nasihat, yumush – ish, jamlamoq – toʻplamoq, lazzat – rohat, jasorat – 
jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq – sovg‘a qilmoq, suyukli – 
sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun boʻlmoq – mahliyo boʻlmoq, 
beg‘ubor – toza, sof, koʻlanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati 
– qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – 
birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – 
notinch, maysa – oʻt. 
Bu usulni qoʻllaganda oʻqituvchi shuni nazarda tutishi kerakli 
soʻzlarni sinonim orqali tushuntirish oʻquvchilar har bir izohlovchi 
sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga etadi. 
Shuning uchun soʻzning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan 
sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol 
soʻzlarni tanlash kerak.
Darslikdagi quyidagi soʻzlarning ma’nosini ular nomlaydigan 
narsalarni sanab keltirish orqali tushuntirish mumkin.
Hasharot bu – qurt, chumoli, ari, qoʻng‘iz, oʻrgimchak.
Meva – olma, nok, anjir, oʻrik, shaftoli. 
Matn – hikoya, she’r, ertak.
Poliz – qovun, tarvuz, handalak. 
Ajdod – ota, bobo, buvi, bobokalon. 
Avlod – farzand, nevara, evara, chevara.
Texnika – traktor, mashina, dazmol. 
Darslikdagi koʻpgina soʻzlarning ma’nosini ularning tarkibiy 
qismlari – morfemalar orqali aniqlash mumkin. Shu narsa ma’lumki, 
kattalar ham, oʻquvchilar ham noma’lum soʻzni ma’noli qismga boʻlish 
va ma’lum boʻlgan oʻzakdosh soʻz bilan mazmuniy aloqa oʻrnatish 
asosida ochishga harakat qiladi. 3-sinf darsligida quyidagi soʻzlarni 
soʻz yasalish tarkibi – oʻzak va yozuvchi qoʻshimcha orqali tushuntirish 
mumkin.
Oromgoh – orom – oʻzak, -goh – soʻz yasovchi qoʻshimcha, joy 
degan ma’noni anglatadi. Demak, bu soʻz orom, dam oladigan joy 


31 
ma’nosini bildiradi. Xabardor – xabar – oʻzak, dor – soʻz yasovchi 
qoʻshimcha, egalik ma’nosini bildiradi. Demak, bu soʻz xabari bor 
degan ma’noni bildiradi, qalamkash – qalam – oʻzak, kash – soʻz 
yasovchi qoʻshimcha, tortmoq, chizmoq degan ma’noni bildiradi. 
Demak, bu soʻz qalam bilan ishlovchi kishini, ya’ni shoir, 
yozuvchilarni bildiradi. Ma’rifatparvar – ma’rifat – oʻzak, parvar – soʻz 
yasovchi qoʻshimcha, otdan anglashilgan narsani tarbiyalash, shunga 
yaxshi munosabat kabi ma’nolarini bildiradi. Demak, bu soʻz ma’rifatni 
sezuvchi, unga intiluvchi degan ma’noni bildiradi. Da’vogar – da’vo – 
oʻzak, -gar – soʻz yasovchi qoʻshimcha, otdan ishlab chiqaruvchi kasb 
yoki faoliyat egasini bildiruvchi shaxs oti yasaladi. Demak, bu soʻz 
da’vo qiluvchi degan ma’noni bildiradi. Ta’sirchan – ta’sir – oʻzak, -
chan – soʻz yasovchi qoʻshimcha, egalik, ortiqlik ma’nosini bildiradi. 
Demak, bu soʻz ta’siri bor, kuchli yoki ta’sirga tez uchraydigan degan 
ma’noni bildiradi. Ma’murchilik – ma’mur – oʻzak, -chilik – soʻz 
yasovchi qoʻshimcha. Bu soʻzning ma’nosini bilish uchun oʻzakning 
ma’nosini bilish kerak. Ma’mur soʻzi oʻzbek tilining izohli lug‘atida 
obod, farovon, toʻkin deb izohlangan. Demak, ma’murchilik soʻzi 
toʻkinchilik ma’nosini bildiradi. Childirmakash – childirma – oʻzak, -
kash – soʻz yasovchi qoʻshimcha kasb-hunar egasi boʻlgan shaxs oti 
yasaydi. Demak, bu soʻz childirma chaluvchi degan ma’nonini 
bildiradi. Gulchambar – guldan qilingan chambarak. Sharsimon – shar 
– oʻzak, simon – soʻz yasovchi qoʻshimcha, oʻxshash degan ma’noni 
bildiradi. Demak, bu soʻz sharga oʻxshash degan ma’noni bildiradi. 
Oʻquvchilarga soʻz yasovchi qoʻshimchaning ma’nosi bir marta 
tushuntirilsa, shu qoʻshimcha qoʻllangan boshqa soʻzlarning ma’nosini 
ularning oʻzi aniqlayveradi. Serqatnov – qatnov – oʻzak, ser – soʻz 
yasovchi qoʻshimcha, koʻp degan ma’noni bildiradi. Demak, bu 
soʻzning ma’nosi qatnoy koʻp degani. Serhikmat – hikmati koʻp, 
hikmatga boy. Sohibkor – sohib – oʻzak, kor – soʻz yasovchi 
qoʻshimcha, kasb egasi mutaxassislik, mashg‘ulot bilan bog‘liq boʻlgan 
shaxs oti yasaydi. Bu soʻz oʻz kasbining ustasi degan ma’noni bildiradi. 
Badfe’l – fe`l – oʻzak, bad – soʻz yasovchi qoʻshimcha, yomon degan 
ma’noni bildiradi. G‘oʻzapoya – g‘oʻza – oʻzak, poya – soʻz yasovchi 
qoʻshimcha. Bu soʻz g‘oʻzaning poyasi degan ma’noni bildiradi. 
Jangovor – jang – oʻzak, ovor – soʻz yasovchi qoʻshimcha. Bu soʻz 
kurashchan, faol degan ma’noni bildiradi. Mashinasoz – mashina – 


32 
oʻzak, soz – soʻz yasovchi qoʻshimcha, tuzatuvchi degan ma’noni 
bildiradi. Demak, bu soʻz mashina tuzatuvchi degan ma’noni bildiradi.
Hazilkash – hazil – oʻzak, kash – soʻz yasovchi qoʻshimcha, qiluvchi 
degan ma’noni bildiradi. Demak, bu soʻz hazil qiluvchi degan ma’noni 
bildiradi.
Darsliklardagi quyidagi soʻzlar ma’nosini oʻquvchilarga tasviriy 
yoʻl bilan tushuntirish mumkin.
Anjuman – keng koʻlamli, katta yig‘ilish. 
Fuqaro – biror mamlakatning doimiy aholisi. 
Ma’vo – turar joy.
Tazyiq – kuch bilan, zoʻrlab oʻtkazilgan ta’sir, siquv. 
An’ana – avloddan-avlodga oʻtib boradigan urf-odat.
Ma’rifat – inson va jamiyatning ruhiy, axloqiy, diniy jihatlarining 
majmui.
Qur’on – musulmonlarning Olloh tomonidan Muhammad 
payg‘ambarga vahiy qilingan (tushirilgan) muqaddas kitobi.
Qit’a – yerning dengiz va okeanlar bilan qurshalgan oltita alohida 
qismidan har biri.
Soʻgal – badanga koʻpincha qoʻl yoki oyoqda boʻladigan qattiq 
yumaloq oʻsimta. 
Moʻjiza – odatdan tashqari kishini hayron qoldiruvchi hotdisa yoki 
ish, narsa.
Soʻna – urg‘ochisi hayvonlarning qonini soʻradigan, erkagi oʻt bilan 
ovqatlanadigan yirik pashsha.
Xulosa qilib aytganda so‘z ma’nosini tushuntirishda uning 
mazmuniy xususiyatini hisobga olgan holda usul tanlash bo‘shlang‘ich 
sinf o‘quvchilarining yangi so‘zlarni o‘zlashtirishini oson, qiziqarli va 
samarali qiladi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va 
o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini 
oshirishda muhim ahamiyat-ga ega. M. R. Lvovning ma’lumot 
berishicha, 
IV 
sinfgacha 
boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilari 
o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu 
darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha 
emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, 
yaxshi tashkillashtirilgan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq 
tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodis olim A. V. Tekuchev. 


33 
Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z 
ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollashtirish, 3) so‘zni nutqda 
qo‘llash. 
O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida 
bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. 
Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol 
so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol 
so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtirishga 
yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘zi qayta hikoyalashi,
hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, 
bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, 
birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat. 
O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri 
tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z 
ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi 
lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini 
ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif 
berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini 
tahlil qilish . 
So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini 
boyitishning birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga 
aylanishi, ya’ni faol lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish 
talab qilinadi. Nutq o‘stirish bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu 
borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir dars 
uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy ish olib 
borilishi lozim. 
O‘quvchilar 
uchun 
tushunarsiz 
va 
nofaol 
so‘zlarni 
faollashtirishning quyidagi yo‘llari mavjud: 
1. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar 
lug‘atini faollashtirishga doir mashqlarni bajartirish. 
2. O‘qish darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon, 
inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash. 
3. Ona tili va o‘qish darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan 
tuzilgan mashq va topshiriqlardan foydalanish. 
4. Ona tili darsligidagi mashqlarga qo‘shimcha topshiriqlar ilova 
qilish. 
Biz bu maqolada uchinchi va to‘rtinchi yo‘l haqida so‘z yuritamiz. 


34 
Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish 
uchun o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuziladigan quyidagi 
topshiriqlardan foydalanish mumkin: 
1. Har bir qatordagi o‘zakdosh so‘zlarni toping. 

Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling