N. B. Toshpulatova, E. Sh. Nazirova internet tarmog‘Ida ishlaSh Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 3-nashr toshkеnt «niso poligraf»
videokonferentsiyalar nima uchun kerak?
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
INTERNET TARMOG\'IDA ISHLASH
videokonferentsiyalar nima uchun kerak?
100 marotaba eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan ma’qul deyishadi. Haqiqatan ayrim vaziyatlarda suhbatdoshni eshitish yetarli bo‘lmaydi. Ilmiy tekshirishlar telefon orqali muloqot qilinganda ma’lumotning 10 foizigina qabul qilinishini ko‘rsatdi. Suhbatdoshni ko‘rganda ma’lumotning 60 foizi qabul qilinadi. Shuning uchun insoniyat qimmatli vaqtining aksariyatini safar- larga sarflaydi. Bunda vaqtdan va puldan yutqazadi. Bu muam- moni videokonferentsiyalar yengilgina hal etadi. Endilikda uni- versitetlar, yirik-yirik korxonalar muzokara va turli anjumanlarni videokonferentsiyalar yordamida amalga oshirmoqda. 49 Videokonferentsiya quyidagi imkoniyatlarga ega: • Bir paytning o‘zida dunyoning turli nuqtalaridagi muta- xassislarni virtual konferentsiya xonasiga yig‘ish. • Turli matnli, audio va videoli ma’lumotlarni uzatish. • Birgalikda ma’lumotlarni ko‘rish • Boshqalarni ko‘rish va ularning fikrini eshitish va umuman muhokamada faol ishtirok etish. • Operativ ravishda maslaxatlar (konsultatsiyalar) berish yoki olish Demak, videokonferentsiya birgalikda ma’lumotlarni inter- aktiv holda (bir paytning o‘zida) ko‘rish, eshitish va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi Internet anjumanidir. Hozirgi kunda bu anjuman o‘qishda (masofadan o‘qitish), meditsinada (telemeditsina), boshqarishda (elektron ofislar), ehtiyotlash tizimlarida va boshqa turli sohalarda juda qo‘l kelmoqda. Faraz qilaylik, siz bir muammo bilan ishlamoqdasiz va uni boshqa mamlakatdagi hamkasblar bilan muhokama qilmoqchisiz. Bir joyga yig‘ilish uchun mablag‘ va vaqt zarur. Internet yordamida bu muammoni tezgina muhokama qilib hal qilish mumkin. Konferentsiyada quyidagilar muhim ahamiyatga ega: • Bog‘lanish tarmog‘i sifati va tezligi yuqori bo‘lishi shart (64Mb/cek da ishlash mumkin, lekin 128 Mb/cek tavsiya etiladi). Odatda videokonferentsiyalarni o‘tkazish uchun 64 Kb/s do 512 Kb/s tezlikli ISDN yoki 11.5 Mb/s gacha bo‘lgan IR tarmoqlardan foydalaniladi. Qoniqarli sifatli tasvirlar 200 Kb/s tezlikda va yuqori sifatli tasvirlar 300 Kb/s tezlikda olinadi. • Audio va video ma’lumotlarni ishlash tezligi muammosi, ya’ni uzatilayotgan ma’lumotlarni kodlash va qayta tiklash tezligi. Agar kompyuter kelayotgan kadrlarni, ovozlarni qayta ishlashga ulgurmasa, video va audio ma’lumotlarda uzilish bo‘ladi. Ya’ni ma’lumotlar to‘la aks ettirilmaydi. Bunda videokon ferentsiya maz- muni yo‘qoladi. 50 Bu muammoni odatda maxsus kodek yordamida hal etish mumkin. Kodek maxsus qurilma bo‘lib u kompyuterga o‘rnatiladi. Kodekning vazifasi tarmoq uchun signalni siqib va ochib berishdir. Konferentsiyalarni 2 nuqta (ob‘ekt) va ko‘p nuqtalar (ob‘ektlar) o‘rtasida o‘tkazish mumkin. Maxsus videoserverlar yordamida ko‘p nuqtali videokonferent- siyalarni o‘tkazish mumkin. Buning uchun maxsus videoserever- lardan ko‘p nuqtali videokonferentsiya qurilmasi MCU (Multi Conference Unit) dan foydalaniladi. Bu qurilmalar videokonfe- rentsiya imkoniyatlarini oshiradi. Videoserver 3 va undan ortiq nuqtalarni bog‘lash imkoniyatini beradi. Masalan, konferentsiyada 10 nuqta ishtirok etishi mumkin. Kompyuter 9 nuqtadan kelayot- gan ma’lumotlarni qabul qilishi va ularga uzatishi zarur bo‘ladi. Bun day konferentsiyalarni o‘tkazish narxi juda yuqori bo‘ladi. 2 nuqtali bog‘lanish ham 2 shaxs o‘rtasida va 2 sinf o‘rtasida bo‘lishi mumkin. 2 nuqtali bog‘lanishni amalga oshirish uchun CuSeePro dasturlaridan foydalanish mumkin. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling