11
INTErNETga UlaNISh TarTIBI
Tayanch so‘z va iboralar: Provayder, Login, Password, Masofadan
tarmoqqa kirish, darcha, WWW elekt ron
sahifa xizmati, Elektron pochta, Tele-
kon ferensiya (Usenet), Fayllarni uzatish
(FTP), Domen nomlari xizmati (DNS), Chat
konferetsiya, Ma’lumotlarni izlash xizmati
Internetga bog‘lanish uchun nima qilish kerak? Internetga
bog‘lanish uchun avvalambor kompyuter,
aloqa kanali, modem va
dastur ta’minotiga ega bo‘lish kerak. Provayder telefon raqamlarini
olish, hamda mijozning qayd qilingan takrorlanmas nomi (Login)
va narol (Password)ga ega bo‘lish zarur.
Internetga ulanish tartibini aniq bir misol yordamida
tushuntirishga harakat qilamiz.
Faraz qilaylik, O‘zbekistonda
Internet xizmatini ko‘rsatuvchi provayderlardan biri bo‘lgan
«Sarkorteleсom» orqali siz Internetga ulanmoqchisiz. Buning
uchun siz avvalo kompyuteringizdagi operatsion tizim tarkibiga
kiruvchi
Удаленый доспуп к сети (Masofadan tarmoqqa kirish)
standart dasturi yordamida kompyuteringizni
provayder serveriga
avtomatik tarzda ulanish uchun sharoit yaratib olishingiz kerak. Bu
quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Windows 7 ish stolidan
Мой компьютер belgisini izlab
topasiz va sichqonchaning chap tugmachasini
unda ketma-ket ikki
marta bosasiz. Natijada kompyuter
ekranida Мой компьютер
darchasi ochiladi (2-rasm).
2. Ekranda paydo bo‘lgan
Мой компьютер darchasidan
Удаленный доступ к сети belgisini topasiz va sichqonchaning
chap tugmachasini unga ketma-ket ikki marta bosasiz. Natijada
kompyuter ekranida
Удаленный доступ к сети darchasi paydo
bo‘ladi.