N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


G‘ishtli devorlarning konstruktiv o‘ziga xosligi


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

G‘ishtli devorlarning konstruktiv o‘ziga xosligi. G‘isht terimining 
mustaxkamligi g‘isht – tosh ishlarini sifatiga, g‘isht – tosh konstruksiyalarni o‘ziga 
xosligi, ishlash sharoitiga, g‘isht va qorishma xususiyatlariga bog‘liq.
G‘isht va keramik toshlar,
plastik va yarim quruq presslangan holatda 
to‘liq (butun) va ichi kavak qilib chiqariladi. O‘lchami bo‘yicha millimetrda g‘isht 
maxsulotlari quyidagilarga bo‘linadi: oddiy g‘isht (250 × 120 × 65), 
qalinlashtirilgan g‘isht (250 × 120 × 88), modul o‘lchamli g‘isht (288×138×138), 
tosh (250 × 120 × 138), modul o‘lchamdagi tosh (288 × 138 × 138), yirik tosh (250 
× 250 × 138), bo‘shliqlari gorizontal bo‘yicha joylashgan tosh (250 × 250 × 120) 
va (250 × 200 × 80). G‘isht to‘liq va ichi kavak holda, toshlar esa faqat ichi kavak 
holda chiqariladi. 
Pardozli g‘isht va keramik toshlar terishga va bir vaqtni o‘zida bino 
devorlarini pardoz qoplamasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning yuz tarafi tekis, 
bo‘rtma va fakturali bo‘lishi mumkin. G‘isht va keramik toshlar mustaxkamligi 
bo‘yicha yetti markaga bo‘linadi, kg/sm
2
da : 300, 250, 200, 150, 125, 100 va 75.
G‘ishtli konstruksiyalarda quydagi markadagi qorishmalarni qo‘llash 
nazarda tutilgan, kg/sm
2
: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150 va 200. Qorishma tayyorlash 
uchun qo‘llaniladigan bog‘lovchilar, to‘ldirgichlar, qo‘shimchalar va suv me’yoriy 
xujjat talablariga javob berishi kerak. Qorishmalar asosan avtomatlashtirilgan 


35 
qorishma tayyorlaydigan uzellarda qorishmani xamma tashkil etuvchilari aniq 
o‘lchamlarda tortilishi ta’minlangan holda tayyorlanishi kerak.
Ishlash sharoitiga qarab aloxida elementlarni (ustunlar, devorlar va ora 
devorlarni) turg‘unligini va yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun armaturalar 
bilan kuchaytiriladi. Terimda armatura gorizontal choklarda o‘rnatiladi. Aloxida 
sterjenlar yoki to‘rlar o‘rnatilganda pastdagi va yuqoridagi ximoya qatlami 4 mm 
kam bo‘lmasligi kerak.
Tashqi devorlar uch asosiy konstruktiv sxema bo‘yicha bajariladi: yirik
yoki yaxlit devorni butun qalinligi bo‘yicha g‘isht terish (14.1a- rasm); devor 
orasiga issiqlikni saqlaydigan materiallar joylab terish (14.1,b-rasm); devor 
yuzasida issiqni saqlaydigan material bilan terish. 
14.1 –rasm. Tashqi g‘isht devorlarning konstruktiv sxemalari: 
1− g‘isht terimi; 2 – issiqlik asragich(saqlagich); 3 – so‘voq; 4 – gipsokarton. 
Oxirgi yillarda issiqni saqlovchi sifatida, yangi materiallar paydo bo‘lishi 
munosabati bilan, ikkinchi va uchinchi konstruktiv sxemalar qo‘llanilishi keng 
rivoj topdi. Ikkinchi sxemada (14.1b - rasm) isitgich devor orasiga joylashtiriladi. 
Birinchi bosqichda devorni asosiy qismi teriladi (1,5 – 2 g‘ishtli devorlarda). 
Qorishma chokiga xar ikki qatordan keyin qadami 50 sm da , diametri (5 – 8 mm) 
va uzunligi issiqlik saqlagich qalinligidan 50 mm uzunroq chiqib turgan 
zanglamaydigan temirdan yasalgan sterjenlar o‘rnatiladi. SHu sterjenlarga listli 
issiqni saqlovchi (penopolistirol kabilar) bir standart list balandligida o‘rnatiladi 


36 
(kirgiziladi). SHundan so‘ng o‘rnatilgan zanglamaydigan sterjenlarga biriktirilib 
devorni ikkinchi qismi (0.5 – 1 g‘isht) teriladi.
Uchinchi sxema, issiqni saqlovchi materialni o‘rnatishni ikki imkonini 
nazarda to‘tadi: g‘ishtli devorni ichkarisidan va tashqarisidan. Tashqaridan issiq 
saqlagich fasadni pardozlash elementi sifatida qo‘llaniladi, unga pardozlash to‘ri 
montaj qilinadi, faktura qatlami suvaladi va bo‘yaladi. Fasadlarni tosh, vitraj, 
dekorativ panellar bilan pardoz qilganda issiq saqlagich osma tashqi 
konstruksiyalar sistemasining ichki tarafida bo‘ladi. Issiq saqlagich ichkaridan 
o‘rnatilganda metall karkasga o‘rnatilgan gipsokarton listlari bilan pardozlanadi
yoki kamroq hollarda metall setka bo‘ylab suvoqlanadi va bo‘yaladi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling