N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- qolip
Qolip sistemasi – bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va
turg‘unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi. Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi: • qolip – monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma; 48 • shchit – qolipning karkas va palubadan iborat bo‘lib, shakl hosil qiluvchi elementi; • paluba – shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi; • qolip panel – qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo‘lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog‘lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog‘langan bo‘lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan; • qolip bloki – butun holda tayyorlangan tekis va burchak panel va shchitlardan iborat, fazoviy, perimetri bo‘yicha berk element. Qolip uchun material sifatida alyumin qotishmalari, namga chidamli fanera va yog‘och plitalar, po‘lat, stekloplastik va katta zichlikli to‘ldirgichga ega polipropilen xizmat qiladi. Qoliplarni ushlab turuvchi elementlari odatda po‘latdan, alyumin qotishmalaridan yasaladi, bu esa o‘z navbatida ularni qayta ishlatish imkonini beradi. Qolipning kombinatsiyalashgan konstruksiyalari eng samaralidir. Ular materiallarning o‘ziga xos xarakteristikalaridan yuqori darajada to‘liq foydalanish imkonini beradi. Fanera va plastikdan yasalgan qolipning qayta ishlatilishi 50 marta va undan ortiqga teng, shu bilan birga material va betonni kam adgeziyasi hisobiga konstruksiya yuza sifati ancha oshadi. Po‘latli qolip yasashda, qalinligi 2...6 mm tunuka qo‘llaniladi, bu o‘z navbatida qolipni ancha og‘irlashtiradi. Yog‘och materiallardan yasalgan qolip yuzalari sintetik qoplamalar bilan himoyalanadi. Xozirgi paytda qalinligi 18...22 mm, namga chidamli faneradan yasalgan qoliplar eng keng tarqalgandir. Qoplama qatlam sifatida stekloplastik , qatlamli plastik, viniplast ishlatiladi. Ayniqsa shishatola bilan armaturalangan plastmassa qoliplar ham qo‘llanilayapti. Ular statik yuklanishda yuqori mustahkamlikka ega va beton bilan ximik mosdir. Polimerdan yasalgan qoliplar boshqa qoliplardan yengilligi, shaklini 49 o‘zgarmasligi va korroziyaga chidamliligi bilan ajralib turadi. Plastmassa qoliplarning kamchiligi – termoishlov berilgandagi harorat 60°S gacha bo‘lganda ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati keskin kamayadi. Metall palubasiga listli polipropilen qoplangan kombinatsiyalashgan qoliplar paydo bo‘ldi. Tok o‘tkazuvchi to‘ldirgichli kompozitlarni qo‘llash betonga issiqlik ta’sirini boshqaradigan isituvchi qoplama olish imkonini beradi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling