N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
43 Uch qamrovli sistema – katta uzunlikdagi (asosan besh va olti seksiyali uylar) binolar qurilishida qo‘llaniladi. Bino rejada mexnat sarfi bir xil bo‘lgan uchta bir-biriga teng qamrovlarga bo‘linadi. Bittasida teruvchilar g‘isht terishadi, ikkinchisida, duradgorlar so‘rilar o‘rnatishadi, transport ishchilari esa materiallarni tayyorlaydilar, uchinchi qamrovda montajchilar karkas- karkas konstruksiyalarini montaj qiladilar. Seksiyalar soni oltidan ko‘p bo‘lgan binolarni barpo etishda, ishni tashkil etish o‘rnatilgan minorali kran soni bo‘yicha bino ikkita mustaqil zonalarga bo‘linib ikki yoki uch qamrovli sistemada tashkil etiladi. Ishni maqbul tashkil etishda quyidagilar nazarda tutilishi kerak: • yetakchi jarayon – g‘isht terish 1-chi smenada bajariladi, so‘rilarni qayta o‘rnatish, materiallarni uzatish, bir vaqtda bajariladigan ishlar – 2-chi smenada, montaj – 3-chi smenada olib boriladi. • qamrovdagi ishlarni davomiyligi kran 2...3 smena ishlaganda kran bilan bog‘liq jarayonlarni mexnat sarfiga bog‘liq. • g‘isht teruvchilarni soni g‘isht terish bo‘yicha umumiy mexnat sarfini qabul qilingan ishlarni davomiyligiga bo‘lib aniqlanadi. Ikki qamrovli sistema uch qamrovliga nisbatan ishlarni bajarish 1,5 marta tezlashtiradi va iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir. Ikki qamrovli sistemada, 22...26 ishchidan iborat brigada ikki smenada ishlaganida bir qavatni 12 kunda bapro etadi. 40...46 ishchidan iborat brigada uch smenada ishlaganda shu ishlarni 6 kunda bajaradi. Oqim usulining boshqa bir ko‘rinishi – oqim-xalqali (oqim-konveyer) usuli, devordagi teshiklar (eshik, deraza va sh.k. ning o‘rni) soni kam bo‘lgan sanoat va jamoat binolarining uzun devorlarini terishda qo‘llaniladi. Bu usulda bino qamrovlarga bo‘linishi mumkin, ammo bo‘linmalar bo‘lmaydi, g‘isht teruvchilarning zvenolari qamrovning perimetri bo‘yicha ketma-ket joylarini 44 o‘zgartirib va bitta “oltilik” zveno bilan umumiy qatorni teradilar, bunda birinchi ikkilik tashqi versta (chet qismi)ni, ikkinchi ikkilik ichki verstani, uchinchi ikkilik zabutka (oraliq)ni teradi. Pardozli qalin devorlar terimini yoki murakkab terimni uchta “uchlik”dan iborat “to‘qqizlik” zvenosi bajaradi. Oqim-xalqali usul mehnatni aniq bo‘linishi va ishchilarning ish fronti bo‘ylab ketma-ket harakatiga asoslangan bo‘lib, ularning har biri o‘zining ishini ma’lum tezlikda bajarib, hammaga barobar ish tartibini yaratadi. Zveno bir qamrovni butun devori uzunligi bo‘ylab bir qatorni tugatib, ikkinchi qatorni terishga o‘tadi. Ichki devorlar mavjud bo‘lganda, tashqi devorlarni 1.8...2 m gacha tergandan so‘ng, butun g‘isht terimini bikirligini ta’minlash uchun ichki devorlarni terishga o‘tgan ma’qul. G‘isht teruvchilar brigadasidagi zvenolar “ikkilik” va “uchlik”larga bo‘linib ishlaydi. Inshootda ish fronti katta bo‘lganda uni o‘zining g‘isht teruvchi zvenolariga yoki mustaqil kompleks brigadasiga ega ikki va undan ortiq qamrovlarga bo‘lish mumkin. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling