47
imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi,
qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko‘payadi. Qurilish maydonida monolit
temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo
etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi
qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o‘y-joy
qurilishiga nisbatan beton
sarfining 17...19% ga oshishi , yetarli darajada yengil beton ishlatilmasligi ,
zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik,
va sementni past
markalari ishlatilishi bilan bog‘liqdir.
Monolit temirbetondan binolarni barpo etish ularning konstruktiv
yechimlarini ma’qulini tanlash imkonini, bo‘linmaydigan-uzluksiz fazoviy
sistemalarga o‘tishini, elementlarni birga ishlashini e’tiborga
olish va shuni
hisobiga kesim yuzasini kamaytirish imkonlarini beradi. Monolit konstruksiyalarda
tutashuv joylarini muammosi osonroq yechiladi, issiqlik texnik va izolyatsion
xususiyatlari oshadi, ekspluatatsion xarajatlar kamayadi.
Monolit konstruksiyalarni barpo etishdagi majmuali jarayonlarga
quyidagilar kiradi:
• tayyorlash jarayonlari – qolip,
armatura karkaslarni, armatura- qolip
bloklarini tayyorlash va tovar beton qorishmasini tayyorlash. Bu jarayonlar asosan
zavodda bajariladi.
• qurilish maydonidagi jarayonlar –qolip va armaturani o‘rnatish, beton
qorishmasini tashish va joylashtirish, betonni parvarishlash, qolipni ko‘chirish.
Do'stlaringiz bilan baham: