N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

15.2. Qoliplarning asosiy turlari 
Qoliplar funksional vazifasi bo‘yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni 
turiga qarab quyidagilarga tasniflanadi: 
• vertikal yuzalar uchun, shu jumladan devorlar; 
• gorizontal va yotiq yuzalar uchun, shu jumladan ora yopmalar
• devor va ora yopmalarni bir vaqtni o‘zida betonlash uchun; 
• xona va aloxida kvartiralarni betonlash uchun;
• egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik 
qoliplardan foyda-laniladi). 
Devorni betonlash uchun quyidagi ko‘rinishdagi qoliplar qo‘llaniladi: 
mayda shchitli, yirik shchitli, blok –forma, blokli va sirpanuvchi.
Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli o‘shlab turadigan 
elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini 
tashkil etuvchi, kran bilan to‘liq ko‘chirib o‘rnatiladigan yirik shchitli qolipdan 
foydalaniladi.
Devor va ora yopmalarni yoki binoning bir qismini bir vaqtning o‘zida 
betonlash uchun, hajmdor-ko‘chiriladigan qolipdan foydalaniladi. SHu maqsadlar 
uchun gorizontal ko‘chiriladigan, jumladan vertikal, gorizontal va yotiq yuzalarni 
betonlash uchun sirpanuvchi qolip qo‘llaniladi. 


50 
Ajratib-qayta o‘rnatiladiganmayda shchitli qolip kichik o‘lchovli yuzasi 
3 m
2
gacha va massasi 50 kg gacha bo‘lgan elementlar to‘plamidan tashkil topadi, 
bu esa ularni qo‘lda o‘rnatish va qismlarga ajratish imkonini beradi. Qolip
elementlardan yirik panellarni va bloklarni yig‘ish mumkin. Ularni qismlarga 
ajratmay kran yordamida montaj va demontaj qilish mumkin. Qolip 
unifikatsiyalashgan bo‘lib, turli xil doimiy, o‘zgaruvchan va qaytariluvchi 
o‘lchovlarga ega monolit konstruksiyalar uchun qo‘llanilishi mumkin. 
Unifikatsiyalashmagan kichik hajmdagi konstruksiyalarni betonlash uchun bu 
qolipni ishlatish juda ham maqsadga muvofiqdir. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling