51
Ichki va tashqi devorlari monolit yuk ko‘taruvchi va yopmalari yig‘ma
bo‘lgan binolarga kombinatsiyalashgan variant: tashqi devor yuzalariga − yirik
shchitli qolip, ichki yuza va devorlar uchun – blokli, vertikal ko‘chiriladigan va
chiqarib olinadigan qolip tavsiya etiladi.
Blok-forma fazoviy berk bloklardan tashkil topgan bo‘lib: bo‘laklarlarga
bo‘linmaydigan
va bikir, bo‘laklarga bo‘linadigan yoki suriladiganlarga
(ochiladigan) bo‘linadi. Blok-formalar hajmi uncha katta bo‘lmagan berk
konstruksiyalarni vertikal va gorizontal yuzalarni betonlash uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari – devorlarni hajmdor elementlarini,
lift shaxtalarni, aloxida
turuvchi poydevorlarni, ustunlarni betonlashda xam foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: