45
cho‘kadi, buning natijasida g‘isht terimi va butun
binoni mustaxkamligiga va
turg‘unligiga xavf tug‘iladi.
Qish sharoitda harorati + 20
0
S dan past bo‘lmagan qorishma qo‘llanilib
g‘isht terilganda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi:
•
muzlatish usuli, ya’ni qorishma muzlagunga qadar kritik mustaxkamlikni
egallaydi;
•
muzlashga qarshi qo‘shimchalar qo‘shish;
•
glinozyom sement asosidagi tez qotadigan qorishmani qo‘llash;
• terilgan g‘ishtni elektr
yordamida isitish;
• terimni armaturalash;
• issiq xonalarda terish.
Qish sharoitida g‘isht terishni farq qiluvchi o‘ziga xosligi:
• bo‘linmalarni o‘lchami kamayadi, g‘isht teruvchilarni soni ko‘paytiriladi,
qamrovda butun balandlik bo‘yicha g‘isht terish tez bajariladi;
• ko‘p qatorli bog‘lash sistemasida vertikal bo‘ylama
choklar kamida har
uch qatorda bog‘lanadi;
• ish joylarda qorishma zaxirasi faqat 20...30 min ish olib borishga yetarli
bo‘lishga ruxsat etiladi va qorishma solinadigan yaщik isitiladigan bo‘lishi kerak;
• suvga to‘yingan va muzlagan g‘ishtlarni konstruksiyani terishda qo‘llash
mumkin emas, uni eritish va quritish zarur;
•
ishdagi tanaffuslarda, terilayotgan devor qatorini ustida qorishmani
qoldirish mumkin emas.