N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

Hajmli-ko‘chiriladigan qolip
“P” ko‘rinishidagi seksiyalardan tashkil 
topgan gorizontal chiqarib olinadigan yirik o‘lchovli blok bo‘lib, bir vaqtni o‘zida 
devor va qavatlar aro tom yopmalarni betonlashga mo‘ljallangan. Qolipni 
ko‘chirishda seksiyalar ichkariga suriladi va keyinchalik kran bilan ko‘tarib olish 
uchun oraliqqa dumalatilinadi.
Bu qoliplar turar joy va fuqaro binolarini 
ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi devorlari va qavatlararo tom yopmalarni betonlashda 
qo‘llaniladi. Ushbu turdagi bo‘ylama ko‘chiriladigan qolip bo‘ylama yuk 
ko‘taruvchi devorlari monolit va yopmalari monolit temirbetondan bo‘lgan 
binolarda ham qo‘llanilayapti. 
Planda oddiy ko‘rinishga ega, qavatlari katta yuzali, fasad yuzasi tekis 
binolarda hajmli-ko‘chiriladigan
qoliplarni – tunnelli, vertikal va gorizontal 
ko‘chiriladigan qoliplari tavsiya etiladi. 
Tunnelli qolip – hajmdor-ko‘chiriladigan qolip, bir vaqtni o‘zida binoning 
ikkita ko‘ndalang bitta bo‘ylama devorini va ular ustiga qavatlar ora yopmalarni 
betonlashga mo‘ljallangan. Tunnel ikkita qarama-qarshi turgan yarim tunnellarni 
vertikal va gorizontal shchitlarini tez yechiladigan qulflar bilan bog‘lash hisobiga 
hosil qilinadi. Bu turdagi qoliplar, ichki devorlari monolit, monolit yopmali va 
fasad panellari osma bo‘lgan binolarni barpo etishda keng qo‘llaniladi.


52 
Gorizontal ko‘chiriladigan (suriladigan)
qolip – gorizontal uzun 
konstruksiyalar 
va 
inshootlarni 
hamda 
kesimi 
berk 
katta 
perimetrli 
konstruksiyalarni betonlash uchun muljallangan. 
Sirpanuvchi (sirg‘anuvchi) qolip baland bino va inshootlarni 
devorlarini betonlash uchun qo‘llaniladi. Bu qolip fazoviy shaklga ega bo‘lib, 
devor perimetri bo‘ylab o‘rnatiladi va betonlash maromiga qarab gidrodomkratlar 
yordamida ko‘tarib boriladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling