N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


MONOLIT TEMIRBETONDAN BINOLARNI BARPO


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

MONOLIT TEMIRBETONDAN BINOLARNI BARPO
ETISH TEXNOLOGIYASI 
Binolarni beton va temirbeton monolit konstruksiyalardan barpo etish 
o‘ziga xosligi bilan, binolarni g‘ishtdan, yig‘ma temirbetondan, yog‘och, metall 
konstruksiyalardan barpo etishdan farq qiladi. Monolit betondan bino barpo 
etishda, “ho‘l jarayonlarni” mavjudligi, konstruksiyalarni mustaxkamligini 
egallashi uchun ma’lum vaqt zarurlili bilan farqlanadi va ishlab chiqarishni o‘ziga 
xosligini belgilaydi.
Betonlash zonalarini qamrovlarga, yaruslarga bo‘lish, brigada va 
zvenolarni komplektlash (jamlash), kompleks beton ishlarini oqim usulida tashkil 
etishga e’tibor qaratilgan. 
Beton ishlarida ishlatiladigan to‘rtta asosiy guruhga bo‘lingan: ko‘chirib-
qayta o‘rnatiladigan, gorizontal va vertikal ko‘chiriladigan va maxsus qoliplar 
(pnevmatik, ko‘chirilmas, isitadigan) deb atalmish turli xil qoliplarning 
qo‘llanilish o‘ziga xosligi ko‘rib chiqilgan. 
15- bob 
15. MONOLIT BETONDAN BINOLARNI BARPO ETISHNING 
QURILISH – KONSTRUKTIV O‘ZIGA XOSLIGI 
15.1. Qolipning vazifasi 
Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl 
konstruksiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladi, faqat 20...25% bino va 
inshootlarning yer usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit 
konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, 
hamda turarjoy-kommunal ob’yektlarini barpo etishda namoyon bo‘ladi. Monolit 
betonni qo‘llash temir sarfini 7... 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish 


47 
imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi, 
qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko‘payadi. Qurilish maydonida monolit 
temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo 
etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi 
qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o‘y-joy qurilishiga nisbatan beton 
sarfining 17...19% ga oshishi , yetarli darajada yengil beton ishlatilmasligi , 
zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va sementni past 
markalari ishlatilishi bilan bog‘liqdir. 
Monolit temirbetondan binolarni barpo etish ularning konstruktiv 
yechimlarini ma’qulini tanlash imkonini, bo‘linmaydigan-uzluksiz fazoviy
sistemalarga o‘tishini, elementlarni birga ishlashini e’tiborga olish va shuni 
hisobiga kesim yuzasini kamaytirish imkonlarini beradi. Monolit konstruksiyalarda 
tutashuv joylarini muammosi osonroq yechiladi, issiqlik texnik va izolyatsion 
xususiyatlari oshadi, ekspluatatsion xarajatlar kamayadi. 
Monolit konstruksiyalarni barpo etishdagi majmuali jarayonlarga 
quyidagilar kiradi:
• tayyorlash jarayonlari – qolip, armatura karkaslarni, armatura- qolip 
bloklarini tayyorlash va tovar beton qorishmasini tayyorlash. Bu jarayonlar asosan 
zavodda bajariladi.
• qurilish maydonidagi jarayonlar –qolip va armaturani o‘rnatish, beton 
qorishmasini tashish va joylashtirish, betonni parvarishlash, qolipni ko‘chirish.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling