N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

 
 
 


43 
Uch qamrovli sistema – katta uzunlikdagi (asosan besh va olti seksiyali 
uylar) binolar qurilishida qo‘llaniladi. Bino rejada mexnat sarfi bir xil bo‘lgan 
uchta bir-biriga teng qamrovlarga bo‘linadi. Bittasida teruvchilar g‘isht terishadi, 
ikkinchisida, duradgorlar so‘rilar o‘rnatishadi, transport ishchilari esa materiallarni 
tayyorlaydilar, uchinchi qamrovda montajchilar karkas- karkas konstruksiyalarini 
montaj qiladilar.
Seksiyalar soni oltidan ko‘p bo‘lgan binolarni barpo etishda, ishni tashkil 
etish o‘rnatilgan minorali kran soni bo‘yicha bino ikkita mustaqil zonalarga 
bo‘linib ikki yoki uch qamrovli sistemada tashkil etiladi.
Ishni maqbul tashkil etishda quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
• yetakchi jarayon – g‘isht terish 1-chi smenada bajariladi, so‘rilarni 
qayta o‘rnatish, materiallarni uzatish, bir vaqtda bajariladigan ishlar – 2-chi 
smenada, montaj – 3-chi smenada olib boriladi.
• qamrovdagi ishlarni davomiyligi kran 2...3 smena ishlaganda kran 
bilan bog‘liq jarayonlarni mexnat sarfiga bog‘liq.
• g‘isht teruvchilarni soni g‘isht terish bo‘yicha umumiy mexnat 
sarfini qabul qilingan ishlarni davomiyligiga bo‘lib aniqlanadi.
Ikki qamrovli sistema uch qamrovliga nisbatan ishlarni bajarish 1,5 marta 
tezlashtiradi va iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir. Ikki qamrovli sistemada, 22...26 
ishchidan iborat brigada ikki smenada ishlaganida bir qavatni 12 kunda bapro 
etadi. 40...46 ishchidan iborat brigada uch smenada ishlaganda shu ishlarni 6 
kunda bajaradi. 
Oqim usulining boshqa bir ko‘rinishi – oqim-xalqali (oqim-konveyer)
usuli, devordagi teshiklar (eshik, deraza va sh.k. ning o‘rni) soni kam bo‘lgan 
sanoat va jamoat binolarining uzun devorlarini terishda qo‘llaniladi. Bu usulda 
bino qamrovlarga bo‘linishi mumkin, ammo bo‘linmalar bo‘lmaydi, g‘isht 
teruvchilarning zvenolari qamrovning perimetri bo‘yicha ketma-ket joylarini 


44 
o‘zgartirib va bitta “oltilik” zveno bilan umumiy qatorni teradilar, bunda birinchi 
ikkilik tashqi versta (chet qismi)ni, ikkinchi ikkilik ichki verstani, uchinchi ikkilik 
zabutka (oraliq)ni teradi. Pardozli qalin devorlar terimini yoki murakkab terimni 
uchta “uchlik”dan iborat “to‘qqizlik” zvenosi bajaradi. Oqim-xalqali usul mehnatni 
aniq bo‘linishi va ishchilarning ish fronti bo‘ylab ketma-ket harakatiga asoslangan 
bo‘lib, ularning har biri o‘zining ishini ma’lum tezlikda bajarib, hammaga barobar 
ish tartibini yaratadi. 
Zveno bir qamrovni butun devori uzunligi bo‘ylab bir qatorni tugatib, 
ikkinchi qatorni terishga o‘tadi. Ichki devorlar mavjud bo‘lganda, tashqi devorlarni 
1.8...2 m gacha tergandan so‘ng, butun g‘isht terimini bikirligini ta’minlash uchun 
ichki devorlarni terishga o‘tgan ma’qul. G‘isht teruvchilar brigadasidagi zvenolar
“ikkilik” va “uchlik”larga bo‘linib ishlaydi. Inshootda ish fronti katta bo‘lganda 
uni o‘zining g‘isht teruvchi zvenolariga yoki mustaqil kompleks brigadasiga ega 
ikki va undan ortiq qamrovlarga bo‘lish mumkin. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling