N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 G‘ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

14.2. G‘ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish 
Ko‘p qavatli karkasli binolarda g‘isht terishning asosiy usuli – oqim 
usulidir, uni asosiga quyidagi prinsiplar qo‘yiladi:
• hamma ishlar majmuasini qamrov-yarus sistemasi bo‘yicha 
bajarish; 
• g‘isht terishdagi majmuali jarayonni o‘zining ixtisoslashgan zvenolariga 
ega tashkil etuvchi jarayonlarga bo‘lish; 
• doimiy tarkibli ixtisoslashgan zvenolarning jarayonlarni qamrov va yarus 
bo‘yicha ketma-ket bajarishi ;
• zvenolarni qamrovdan qamrovga oqim qadami deb atalmish bir xil 
oraliqdagi vaqtda o‘tishlari; 
• qamrovdagi montaj va g‘isht ishlarni davomiyligini majburiy bog‘lash.
Ko‘p qavatli binolarni barpo etish jarayonini odatda majmuali 
(kompleks) brigada amalga oshiradi. Brigadadagi ishchilar soni va malakaviy 
tarkibi− ish fronti, qurilish muddati, qabul qilingan ishlarni bajarish usuliga, ishchi 
va mashinalarni mexnat unumdorligiga qarab aniqlanadi.
Majmuali 
brigada 
montajchilar, 
g‘isht teruvchilar, duradgorlar, 
takelajchilar, transport ishchilaridan tashkil topadi. Montajchi yoki g‘isht teruvchi 
zvenolar brigadada yetakchi bo‘lib, boshqa ixtisoslik zvenolari tarkibi yetakchi 
zvenoni normal ishini ta’minlash nuqtai nazaridan komplektlashtiriladi. Majmuali 


38 
brigada soni binoning konstruktiv xususiyati va ayniqsa terimga qarab 20 dan 40 
odam gacha o‘zgaradi. 
G‘isht terishni oqim usulida bajarganda ishlar texnologiyasining asosiy 
tushunchalari o‘ziga xos ta’riflarga ega. 
Qamrov – namunaviy, binoning rejada (planda) takrorlanuvchi bir qismi 
bo‘lib, mazkur yoki keyingi uchastkalarda (yarim seksiya, seksiya, ikki seksiya) 
g‘isht teruvchilar brigadasi ishni oqim usulida va butun smenalarda bajaradi va
g‘isht terimi hajmi taxminan teng bo‘ladi.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling