N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 MONTAJ DAVRIDA KARKASNING TURG‘UNLIGINI


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

13.3.3. MONTAJ DAVRIDA KARKASNING TURG‘UNLIGINI 
TA’MINLASH 
Ko‘p qavatli bino konstruksiyalarini montaji quyidagi qoidaga qatiiy rioya 
qilishni talab qiladi: pastdagi yarus konstruksiyalari to‘g‘rilanib va ishonchli 
maxkamlanmasdan turib navbatdagi yarus konstruksiyalarni o‘rnatishga kirishish 
mumkin emas. Bu talab binoni barpo etish davrida mustahkamligi va turg‘unligini 
ta’minlash uchun qaratilgan.
Karkasni kran bilan 5 ... 6 qavat balandlikka yig‘ish jarayonida, 
quyidagi talablar bajarilgan bo‘lishi kerak: 


31 
• karkaslarni montaj qilish jarayonida ularni turg‘unligi IBL da tavsiya 
etilgan ketma-ketlikda tekshiriladi; 
• ora yopmalarni tutashgan joylaridagi beton qorishmasi mustaxkamlikni 
egallaguncha, ustunlar orasiga vaqtinchalik bog‘lag‘ichlar o‘rnatiladi.
• vertikal bog‘lagichlar, rigellarni ustunlar bilan ramali birikish tugunlari 
loyihaviy holatida mahkamlanadi; 
• binoning umumiy turg‘unligini ta’minlovchi bikirli qavatlar ora 
yopmalarni qurish bajarilgan bo‘lishi kerak; 
• karkasni aloxida elementlari va tugunlarini mustaxkamligi o‘zini-o‘zi 
ko‘taradigan va karkasga tayanidigan tirkama( bino yoniga o‘rnatilgan) kranlardan
tushadigan yukka tekshiriladi. 
Binoning po‘lat karkasini montajini yaruslar bo‘yicha bajarish kerak – 
birinchi navbatda bikirlik yadrosini xamma elementlari montaj qilinadi va 
to‘g‘riligi sinchiklab tekshiriladi. Ustunlarni montaj qilishdagi vaqtincha 
maxkamlash konduktorlar yordamida yoki inventar tortqilar yordamida 
bajariladi. Ular doimiy loyihaviy bog‘lamalar bilan mahkamlagunga qadar
ustunlar turg‘unligini ta’minlaydi. Agarda loyixada nazarda tutilgan bog‘lamalar 
kam bo‘lsa, karkasni turg‘unligini ta’minlash uchun, vaqtinchalik bog‘lamalar 
o‘rnatiladi. Ustunlarni loyihaviy mahkamlash yacheyka elementlari – rigellar bilan 
bog‘langan to‘rtta ustunni montaji va to‘g‘rilanganidan so‘ng birdaniga bajariladi.
Navbatdagi yarusni montaj qilishga oldingi yarusni xamma elementlar 
loyixa bo‘yicha maxkamlangandan so‘ng kirishiladi, agarda zarur bo‘lsa inshootni 
turg‘unligini ta’minlash uchun vaqtinchalik bog‘lamalar o‘rnatiladi

Ko‘p qavatli binolarni yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan montaj 
qilishda ishlarni bajarishdagi asosiy talab, faqat inshootning montaj qilingan 
qismini emas balki aloxida konstruktiv elementlarning mustaxkamligi va 
turg‘unligini 
ta’minlanishdir. 
QMQ 
ning 
talablari 
yuk 
ko‘taruvchi 
konstruksiyalarning tutashuv joylaridagi va tugunlardagi beton mustahkamligini 
loyihaviy mustahkamlikka erishishni kutish bino karkasini montaj davomiyligini 


32 
uzaytirib yuborishi mumkin. Beton talab qilingan mustaxkamlikni egallashini 
poylamasdan, bu talablarni qisman bajarish va montaj ishlarini davom ettirish 
uchun quyidagilar zarur:
• karkasning barcha elementlarida (ustunlar, rigellar, tom yopmalar) 
qo‘yma detallar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak, konstruksiyalar loyixa xolatiga 
o‘rnatilgandan so‘ng ularni payvandlanishi turg‘unlikni ta’minlaydi va montaj 
birikmalari monolitlanganga qadar karkasni deformatsiyaga uchrash xavfini 
kamaytiradi; 
• tugun va ulangan joylardagi beton mustaxkamlikni egallaguncha 
turg‘unlikni ta’minlash uchun ustunlar orasiga vaqtinchalik vertikal bog‘lamalar 
yoki chetki oraliqdagi qavatlararo yopmalarga gorizontal bog‘lamalar o‘rnatiladi;
• o‘zini-o‘zi ko‘taradigan krandan tushadigan yukka u tayanadigan 
elementlarning va tugunlarning mustaxkamligi tekshiriladi. 
• montaj jarayonida karkasni turg‘unligi IBL da qabul qilingan kranning 
yig‘ishi va tutashuv joylari va tugunlarini monolitlanishi e’tiborga olgan holda 
tekshiriladi; 
• bikirlik yadrosini turg‘unligini ta’minlash uchun, bikirlik shaxtasini
monolit devorini karkasi va doimiy bog‘lamalarni birga ishlashini ta’minlash 
kerak.
Unifikatsiyalashgan ko‘p qavatli va baland binolarning karkaslarida
tirgovich plitalar bor bo‘lib, ular ustunlar o‘qlari bo‘ylab o‘rnatiladi, ulardagi 
qo‘yma detallar ikki tutash oraliqdagi plitalarni uzaro birlashishiga imkon beradi. 
SHuning uchun har bir qavat qavatlararo yopmalar diskini ishga tushishini va 
karkasning montaj qilingan qismini turg‘unligini ta’minlanishi uchun plitalarning 
rigelar va ustunlar bilan tutashuv tugunlari , hamda plitalar orasidagi choklar xar 
bir qavatni (yarusni) montaji tugagandan so‘ng monolitlanishi kerak. 


33 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling