N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 Binolarni montaj qilish usullari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

 
13.3. Binolarni montaj qilish usullari 
13.3.1. TEMIRBETON KARKASLI BINOLARNI MONTAJ QILISH 
Qurilish muddatini qisqartirish va ishlarni tezlashtirish uchun, bino 
qamrovlar va ishchi uchastkalarga bo‘linadi. Binoni barpo etish bir yoki ikki 
qamrovli sistema bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatda qamrovlar xarorat choki, 
bilan chegaralanadi, xar qaysi qamrov ikki uchastkaga bo‘linadi. Agarda birinchi 
uchastkada montaj ishlari olib borilsa, ikkinchisida shu vaqtni o‘zida avval montaj 
qilingan elementlarni tutashgan joylari oxirigacha payvandlanadi va betonlanadi 
va choklarga beton qorishmasi joylanadi. Qavat bo‘ylab montajda, ishlar vertikal 
oqim usulida, yoki yaruslar ketma-ketligi bo‘yicha usuli bilan butun yarusni
balandligi bo‘yicha tashkil etiladi. Odatda yaruslar balandligi bo‘yicha 2 ... 4 
qavatni tashkil etadi va binodagi konstruksiyalarni o‘ziga xosligiga va qabul 
qilingan ustunlar balandligiga bog‘liq. Ba’zida qirqilmagan birdaniga 6 qavatga 


25 
mo‘ljallangan ustunlar qo‘llaniladi, bunda montaj yarusining balandligi 6 qavatni 
tashkil etadi. Bir qavatga mos qirqimli ustunlardan kam hollarda foydalaniladi, 
odatda, karkasda ramali temir beton elementlar bo‘lganda qo‘llaniladi.
Konstruktiv yechimiga qarab –binolarning quyidagi turlari eng ko‘p 
tarqalgan:
• Yig‘ma karkasli va 
o‘zini-o‘zi ko‘taradigan devorlar
bilan. Bunday 
binolarni karkasi ko‘ndalang yo‘nalishda bikir ramalardan tuziladi. Bo‘ylama 
yo‘nalishda ustunlar gorizontal kuchlarni devorga uzatuvchi bikir disk- yopma 
bilan bog‘lanadi;
• Yig‘ma karkasli va osma panel bilan. Bunday yechimda, ramali 
konstruksiyalarni karkasi ikki yo‘nalishda bajariladi, rama mavjud bo‘lganda faqat 
bir tekislikda, boshqasida esa bog‘lamalar o‘rnatiladi; 
• Ramali konstruksiya to‘sinsiz yopma bilan. Karkasni asosiy elementlariga 
ulanishlari xar 2 qavatdan keyin bo‘lgan ustunlar, rigellar, qavatlararo yopmalar 
va devor panellari kiradi.
Baland binolarni barpo etish, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 
• binoni yer osti qismini barpo etish; 
• bikirlik yadrosini betonlash;
• yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilish yoki monolit karkasni barpo 
etish; 
• pardadevorlarni montaj qilish; 
• pardozlash ishlari.
Karkas konstruksiyalarini montajiga konstruksiyalarni loyixa xolatiga 
o‘rnatish, ularni to‘g‘rilash, tutashuv birikmalarini payvandlash, korroziyaga qarshi
ximoyalash, tutashuv joylari va choklarni 
bekitishlar 
kiradi. Yuqoridagi jarayonlar 
odatda o‘zaro bog‘langan ikki oqimda bajariladi.
1) Karkas elementlari o‘rnatiladi, konstruksiyalar payvandlanadi va 
korroziyaga qarshi ximoyalanadi; 


26 
2) montaj tutashuv joylari, tugunlar monolitlanadi, tom yopma choklariga 
qorishma qo‘yiladi va karkasni monolit uchastkalari betonlanadi.
Bino karkasini montaj qilish ustunlarni o‘rnatishdan boshlanadi. Montaj 
qilingan barcha konstruksiyalarni sifati ko‘p miqdorda ustunlarni plandagi holati 
va balandligi bo‘yicha aniq o‘rnatilganligiga bog‘liq, shuning uchun ularni to‘g‘ri 
o‘rnatilganligiga katta e’tibor berish kerak.
Birinchi yarusdagi ustunlar poydevor stakaniga o‘rnatiladi, keyingi 
yaruslarda ustunlar vaqtincha konduktor bilan mahkamlanadi. Bir, ikki va to‘rtta 
ustunga muljallangan konduktorlar qo‘llaniladi. To‘rt ustunga muljallangan 
guruhli konduktor qo‘llanilganda ishda kamida bir vaqtni o‘zida o‘ch qushni 
yacheykalarni montaj qiladigan ikkita konduktor bo‘lishi kerak.
Rigel va yopmalarni o‘rnatishda konduktordan so‘ri sifatida 
foydalaniladi. Yacheykadagi barcha tutashuv joylaridagi payvand ishlari 
bajarilgandan so‘ng konduktor boshqa turar joyiga ko‘chiriladi. 
Konduktorlar qo‘llanilganda har bir ustunni o‘qlar bo‘yicha to‘g‘rilash 
ustunlarni majburiy to‘g‘rilanishi va vaqtinchalik mahkamlanishini ta’minlovchi 
konduktorning vintli qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Bu ishlar 
shuningdek inventar tortqilar yoki oldin o‘rnatilgan konstruksiyalarni ilmog‘iga 
ilintiriladigan vintli muftaga ega bikir tirgaklar yordamida ham bajarilishi mumkin. 
Ikkinchi oqimdagi ishlar bevosita aloxida montaj uchastkasi va qamrovning 
har bir yarusidagi konstruksiyalar o‘rnatilib va to‘g‘rilanganidan so‘ng amalga 
oshiriladi. 
Karkas elementlari karkasni tutashgan yacheykalarini yaratilishi va 
montaj qilingan konstruksiyalarni turg‘unligini ta’minlovchi ketma-ketlikda 
o‘rnatiladi. O‘zini-o‘zi ko‘taruvchi kranlar yordamida oldin kranga yaqin bo‘lgan 
yacheykalarni konstruksiyalari , keyin o‘zoqdagilarniki o‘rnatiladi. 


27 
Temirbetonli 
karkaslarni 
bikirligi 
va 
turg‘unligi 
nafaqat 
konstruksiyalarning mustahkamligi bilan, shuningdek ustunlarni tutashuv joylarini, 
karkas elementlarini barcha qolgan tutashuv joylarini mustahkamligi bilan 
ta’minlanadi. Keyingi qavat konstruksiyalarini montajiga kirishish oldingi qavat 
tutashuv joylari va tugunlarining payvandli birikmalari mahkamlamaguncha
taqiqlanadi.
Bikirlik diafragmasi tekis vertikal bo‘lgan temirbetonli karkasning har bir 
yarusi (qavati) konstruksiyalarini montaji qo‘yidagi ketma-ketlikda bajariladi:
1) ustunlar, bikirlik diafragmasi, rigellar; 
2) tashqi devor panellari, qolgan ichki panellar va pardadevorlar; 
3) zina maydonchalari va marshi, qavatlararo yopmalar.
Devor panellari va to‘siqlarni boshqa elementlarini montaji uchun tom 
kranlaridan foydalanish keng tarqalgan. Ularni bikirlik yadrosini balandligi 6 
qavatgacha 
bo‘lgan yuqori yaruslarini betonlashda, yuqoridagi qabul 
maydonchalariga beton, qorishma, mayda donali va sochiluvchan materiallarni, 
sanitar-texnik jihozlarni, duradgorlik mahsulotlari va boshqalarni uzatishda 
qo‘llaniladi. 
Devor panellarini montaji karkas montaji bilan qo‘shib va paralell olib 
boriladi, yoki ular karkas barpo etilgandan so‘ng, butun bino balandligi bo‘yicha 
osib o‘rnatiladi. Ikkinchi xolatda devor panellarini montaj qilish uchun tomga 
o‘rnatilgan kran ishga solinishi mumkin. 
Temirbeton karkas elementlari shunday ketma-ketlikda o‘rnatiladikim,
unda karkasning berk yacheykalari bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Xamma yuk 
ko‘taruvchi konstruksiyalarni va bog‘lovchilarni, har bir yacheykadagi elementlar 
to‘g‘rilangandan so‘ng shu zaxoti maxkamlanishi kerak. Ustunlarni planda to‘g‘ri 
o‘rnatilganligiga va ularni vertikalligini ta’minlashga aloxida ahamiyat berish 
kerak. Buning uchun ustunlar aloxida, guruxli konduktorlar va RSHI yordamida, 
tirgovichlar va egiluvchan tortqilar qo‘llab o‘rnatiladi.


28 
Ustunlararo plita–tirgaklar rigellardan keyin darrov o‘rnatiladi, ular 
rigellarning tayanch qirralarida joylashgan va bikirlik devorini elementlaridagi 
qo‘yma detallarga payvandlanadi. Oddiy plitalar qo‘yma detallarga o‘ch tugunda 
payvandlanishi shart. Har bir plitani payvandlanish sifati qushni plita o‘rnatilganga 
qadar nazorat qilinishi kerak.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling