N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

13.2. Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari 
Tirkama kranlar ilgakini ko‘tarish balandligi 100...150 m gacha bo‘ladi. 
Kran minorasini bino karkasiga maxkamlovchi, uchburchak va kvadrat qattiq 
disklar har 15...25 m da o‘rnatiladi.
150 m dan baland binolarda o‘zini-o‘zi ko‘taradigan, barpo etilayotgan 
bino gabaritining tashqarisiga o‘rnatiladigan kranlar qo‘llaniladi. Bunday kranlar 
faqat vertikal bo‘yicha joyinii o‘zgartiradi, shuning uchun uning plandagi xolati 
ularni xarakat radiusi va binoni konfiguratsiyasi bilan aniqlanadi. Odatda o‘zini-
o‘zi ko‘taradigan kranlarni soni, qurilayotgan butun binoni ishchi zonalari bilan
qamrab olinadigan qilib tanlanadi. Har bir kran turgan joyidan, yarus 
chegarasidagi (ikki, uch yoki to‘rt qavat) konstruksiyalarni montaj qiladi, so‘ng esa 
u yangi turar joyiga ko‘tariladi.
O‘zini-o‘zi ko‘taradigan minorali kranlar universal bajarilgan yechimga 
ega bo‘lib va bino karkasi yacheykalarni birini ichida xarakatlanadi. Kran 
joylashishini odatdagi yechimida minora pastki qismida xochsimon joylashgan 
tayanch to‘sinlariga tayanadi.
Bu to‘sinlarning chetlarida buriladigan yoki 
qaytarma konsollari bor; kran shu balkalar orqali yechiladigan xomutlar yordamida 
bino karkasi rigellariga tayanadi. Kranni ko‘tarish ehtiyoji bo‘lganda, montaj 
qilingan karkas rigellari orasidan bemalol o‘tishi uchun, konsollar olib qo‘yiladi.
Balandlik bo‘yicha kran kran minorasini o‘rab olgan fazoviy konstruksiya − 
maxsus oboyma- xalqa yordamida suriladi. Minorani tutashuv joylarining


22 
konstruksiyasi xalqani sirpanishiga, pastga va yuqoriga ko‘chishiga imkon 
yaratadi.
Xalqa o‘zining tayanch to‘sinlari orqali karkasning rigellariga tayanadi. 
Kranni balandligi bo‘yicha o‘rnini o‘zgartirishda, avval xalqa ko‘tariladi va montaj 
qilingan karkasning yuqori rigellariga o‘rnatiladi, kran minorasini ko‘taruvchi 
polispast maxkamlanadi va tortiladi. Tayanch to‘sinlarini konsoli orqaga tashlanib, 
kran 2...4 qavatdan keyingi to‘rar joyiga ko‘tariladi, boshqatdan tayanch to‘sinini 
konsollari ochilib kran karkas rigellariga tushiriladi, tayanch maydonini xomutlar 
bilan maxkamlanadi. Kranni ko‘tarishda halqa yo‘naltiruvchi va minorani vertikal 
xolatda ushlab turuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Polispast kranni og‘irlik markazidan 
pastda joylashadi, bu o‘z tavbatida kranni ko‘tarish chog‘ida uni og‘ib ketishiga 
imkon bermaydi.
Yerda yuradigan kranlar bilan balandligi 70 m gacha bo‘lgan binolarni 
montaj qilish mumkin, imorat yoniga o‘rnatilgan tirkama kranlar bilan 150 m 
gacha bo‘lgan binolarni montaj qilish mumkin, o‘zini-o‘zi ko‘taradigan kranlar 
uchun montaj qilinayotgan bino balandligi chegaralanmagan.
Ko‘p qavatli binolarning karkaslarini po‘lat konstruksiyalarini montaj 
qilish uchun quyidagi turdagi kranlarni qo‘llash mumkin (13.2-rasm): 
• yerda ustidagi – minorali, gusenitsali (minora-strelali ko‘rinishda 
yasalgan), temir izda yuradigan, pnevmog‘ildirakli; ular kerakli og‘irlikdagi yukni
ko‘taradigan va katta balandlikka uzata bera oladigan bo‘lishi kerak; 
• o‘zini-o‘zi ko‘taradigan bino konturi ichiga o‘rnatilinadigan va montaj 
qilingan konstruksiyalarga tayanadigan minorali kran (13.3-rasm); 
• statsionar tirkama kranlar bino konturining tashqarisida yerga o‘rnatiladi 
va kranni yig‘ilishiga qarab o‘stirib boriladi, tirgak- xalqalar bilan bino karkasiga 
maxkamlanadi; 


23 
• kombinatsiyalashgan yuruvchi-tirkama kranlar, 50...55 m balandlikkacha 
foydalanilganda, erkin turadigan va kran izlarida yuradigan, 50...55 m dan baland 
bo‘lganda statsionar tirkama kabi ishlovchi kranlar.
 Yaruslar Krannni Qavatlar Qavatlar 
to‘xtash joyi 
13.2- rasm. O‘ta baland binolarni barpo etish sxemalari: 
a – yuruvchi va o‘zini –o‘zi ko‘taradigan kranlar bilan; b – tirkama kran bilan; v − 
o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi kran bilan; g − o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi ikki kran bilan; 1, 3, 7 – montaj 
kranlari; 2 – kran harakatini yo‘li; 4 – kranning montaj bog‘lamalari; 5 – bikirlik yadrosi; 6 – 
po‘lat karkas; Ι...VII ish bosqichlari 


24 
13.3- rasm. O‘ta baland binolarni montaj qilishdagi o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi kranlarning 
sxemasi:
a – gorizontal tekislikda qisilgan UBK turidagi kranlar; b − vertikal tekislikda qisilgan 
SBK turidagi kranlar; 1 – pastki tayanch; 2 – gorizontal reaktsiyalarni qabul qiluvchi yuqori 
tayanch; 3 – kranni keyingi to‘rar joyiga o‘zini ko‘taruvchi harakatlanuvchi oboyma-halqa. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling