N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

13.4. PARDOZLASH ISHLARI 
Pardozlash ishlari karkasning montaji va umumqurilish ishlari bilan 
qo‘shilib yoki butun bino bo‘yicha montaj ishlari tugagandan so‘ng olib borilishi
mumkin. Ishlar qushilib bajarilganda ikkinchi qamrovni 6...10 qavatlarida 
montajchilar konstruksiyalarni montaj qilish ishlarini boshlaganlarida, birinchi 
qamrovni birinchi qavatida pardozlash ishlarini boshlaydilar. So‘ng ular to montaj 
ishlari tugaguncha qamrovlar bilan almashadilar. Pardozlash ishlari pastdan 
yuqoriga qarab olib boriladi, chakka o‘tishini oldini olish uchun, montaj qilingan 
tom yopmalarni birida gidroizolyatsiya o‘rnatiladi. Agarda pardozlash ishlari, 
montaj ishlari tugallangandan so‘ng bajarilsa, unda pardozlash ishlari tepadan 
pastga qarab olib boriladi, bunda pardozchilarni ish fronti kengayadi, ishlash 
sharoiti yaxshilanadi.
Liftlarni montaj qilish binoni barpo etish bilan birga parallel olib 
boriladi, ularni tugatish va liftni ishga tushirish bevosita montaj va tom ishlari 
tugagandan so‘ng amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
14- bob 
G‘ISHT DEVORLI BINOLARNI BARPO ETISH 
14.1. Umumiy qoidalar 
To‘suvchi devor sifatida sun’iy va tabiiy toshlar keng qo‘llaniladi. Bu xom 
ashyolar zaxirasini ko‘pligi va tosh konstruksiyalarni bir qator quyidagi ijobiy 
ekspluatatsion xususiyatlari bilan bog‘liqdir: chidamlilik,
mustaxkamlik tavsifi, 
ob-xavo ta’siriga va olovga chidamliligi, amalda turli ko‘rinishdagi bino va 
inshootlarni barpo eta olish mumkinligi.
G‘ishtli devorlar xonalarning yuqori darajada germetizatsiyasini issiqdan 
asrash va tovushdan izolyatsiya qilishni ta’minlaydi. G‘isht me’moriy nuqtai 
nazardan shahar massivlarini umumiy ko‘rinishini yanada ko‘rkamlashtiradi. 
Bundan tashqari, g‘ishtli uylar issiq, yozda esa eng shinamdir. G‘ishtlar, ichki va 


34 
tashqi yuk ko‘taruvchi devorlarni va pardevorlarni, lift shaxtalari, ustunlarni, zina 
xona devorlari va hokazolarni barpo etishda keng foydalaniladi.
Ko‘p qavatli karkasli binolarda g‘ishtli tashqi devorlar yuk ko‘taruvchi – 
ora yopmalardan gorizontal kuchlanishlarni qabul qiladigan; o‘zini-o‘zi 
ko‘taradigan(to‘suvchi) – temir yoki temirbeton karkasga maxkamlangan va faqat 
o‘zini massasini ko‘taradigan va osma – o‘rama to‘singa yoki lentali oynalarni 
ustiga tayanadigan bo‘lishi mumkin. Osma devorlarda g‘isht terimi faqat 
me’moriy maqsadga ega bo‘lib, original va ko‘rimli
li 
fasad yaratishga qaratilgan. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling