N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


G‘isht terish va yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilishdagi o‘zaro


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

G‘isht terish va yig‘ma konstruksiyalarni montaj qilishdagi o‘zaro 
bog‘liqlik. Tashqi devorlari g‘ishtli ko‘p qavatli binolarni barpo etishdagi yetakchi 
jarayon bu karkasining yig‘ma konstruksiyalarini loyixa xolatiga o‘rnatishdir. Bu 
jarayonni bajarish ritm- maromiga barcha birga bajariladigan jarayonlar va 
shuningdek g‘isht terimi ham bo‘yinsunishi kerak. Barcha bu jarayonlar bir-biri 
bilan fazo va vaqt miqyosida bog‘langan bo‘lishi kerak. 
Tashqi va ichki devorlari va pardadevorlari g‘ishtli binolarda montaj 
ishlari xajmi ko‘p bo‘lmaganda (
peremichka-tepadon,
aloxida yig‘ma elementlar, 
yopma panellar) yetakchi jarayon g‘isht terishdir.
Ayrim jarayonlarni bajarish ketma-ketligiga qarab, binolar differensial 
(alohida), majmuali yoki aralash usulda barpo etiladi. 
Differensial ( aloxida) usulda binodagi xamma ishlar ketma-ket olib 
boriladi: oldin butun balandlik bo‘yicha bino karkasning ichki konstruksiyalari
barpo etiladi, so‘ng barcha tashqi va ichki devorlar g‘ishtdan teriladi va shundan 
so‘ng pardozlash ishlari bajariladi. Bu usul keng front bilan ayrim ishlarni olib 
borish imkonini beradi, ularni davomiyligini qisqarishiga imkon beradi, ammo 
ishlarni bir vaqtda birgalikda bajarilmasdan ketma-ket bajarilishi binoni barpo 
etilishini umumiy davomiyligini uzayishiga olib keladi. 


37 
Majmuali (birgalikdagi) usulda montaj va g‘isht terish ishlarini qo‘shni 
qamrovlarda parallel olib borilishini ta’minlaydi, ba’zi paytlarda binoni pastki 
qavatlarida pardozlash ishlarini boshlash mumkin. Montaj va g‘isht terish ishlarini 
birgalikda olib borish usuli qurilish muddatini keskin qisqartirish imkonini beradi.
Aralash (kombinatsiyalashgan) usulda – karkasni ma’lum balandlikkacha 
montaj qilish mumkin, so‘ng g‘isht terish ishlari shu balandlikgacha bajariladi, ish 
shu ketma-ketlikda davom ettiriladi. Bu usulni ustunlari 2...3 qavatga muljallangan
karkasli binolarda qo‘llash mumkin.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling