N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Montaj va g‘isht – tosh ishlarini oqim
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
14.3. Montaj va g‘isht – tosh ishlarini oqim
usulida bajarish G‘isht devorli ko‘p qavatli binolarni barpo etishni o‘ziga xosligi shundan iboratki, montaj va g‘isht terish ishlarini qo‘shib olib borili-shidadir. Bu ikkala jarayon bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan va bu ishlar parallel yoki ozgina vaqt oralig‘ida farq bilan bajariladi. Bu ishlarni bajarishni o‘ziga xosligi shundaki, ularni bajarish kerakli texnologik tanaffuslarga amal qilish bilan bog‘liq. Navbatdagi qavat karkaslarini montaj qilishga tutashuv joylardagi, tugunlardagi va qavatlar ora yopmalar choklaridagi beton qorishmasi eng kamida 70%, , g‘isht terimida 50% loyixadagi mustaxkamlikka erishgandan so‘ng ruxsat etiladi. G‘ishtli binolarni barpo etishni faqat oqim usulida, ya’ni binoni mexnat unumdorligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan qamrovlarga bo‘linishini nazarda tutadigan bir-, ikki- va uchqamrovli sistemalarda olib borish kerak. Ishlarni tashkil etishning bir qamrovli sistemasi bilan asosan rejada kichikroq bir seksiyali va bir qavatli binolar qurilishlarda, butun qavat uch yarusga bo‘linib g‘isht terilganida qo‘llaniladi. Bu sistemada g‘isht terishni va montajni, montajchi kasbini o‘zlashtirgan g‘isht teruvchilar bajaradilar. G‘isht terish ishlari binoni perimetri bo‘yicha yarus balandligida smena oxirigacha tugatilishi kerak. SHu kuni ikkinchi smenada yordamchi ishlar bajariladi: so‘rilarni o‘rnatish, 40 so‘rilarga g‘isht keltirish va boshqa ishlar. Uch kundan so‘ng, ya’ni uchinchi yarus g‘ishtlari terib bo‘lingandan so‘ng, brigada 4...5 odamdan iborat montaj zvenolarga bo‘linadilar, zvenolar soniga qarab yig‘ma elementlar ikki yoki uch smena davomida montaj qilinadi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga binoan montaj ishlari olib borilayotgan qamrovlarda (ishchi uchastkalarda) bir vaqtning o‘zida g‘isht teruvchilar ishlashi yoki teskarisi bo‘lishi mumkin emas. Qishloq qurilishidagi yoyilgan kichik ob’yektlarni barpo etishda, g‘ishtli kottedjlar qurilishidagi xamma majmua ishlarni zvenolar ichida ixtisoslarga bo‘lingan bitta majmuali brigada olib borgani maqsadga muvofiqdir. Bunday brigada tarkibiga g‘isht teruvchilar, montajchilar, takelajchilar, duradgorlar zvenolari va transport ishchilari kirish kerak. Brigadada g‘isht teruvchi zveno yetakchi bo‘lib, boshqa zvenolar g‘isht teruvchi va montajchi zvenolarni ish bilan ta’minlanishini e’tiborga olgan holda jamlanadi. Mehnatni tashkil etish va taqsimotini bu shaklida brigada ichidagi bekor turib qolishlarni qisqartirish, yordamchi ishlar xajmini kamaytirish mumkin. Oqim usuli bilan ishlar tashkil qilinganda, o‘z ishini aniq va bir maromda bajarib bir ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ketma-ket o‘tuvchi, nolinchi siklni barpo etadigan, g‘isht teradigan, yig‘ma konstruksiyalarni montaj qiladigan, tom yopuvchilar va pardozchilardan iborat to‘rtta brigada (zveno) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ikki qamrovli sistema eng keng tarqalgan bo‘lib, u ikki, uch va to‘rtta seksiyali binolar qurilishida qo‘llaniladi. Barpo etilayotgan binoni tarxi bo‘yicha, mexnat sarfi teng bo‘lgan ikki qismga bo‘linadi: birinchi qamrovda g‘isht terish ishlari olib boriladi, ikkinchi qamrovda qavat karkaslari montaj qilinadi, pardadevorlar va boshqa konstruksiyalar montaji, so‘rilar o‘rnatiladi. Zvenodagi ishchilarni tarkibi shunday tanlanishi kerakkim, ikkala zveno qamrovlardagi ishlarni bir vaqtni o‘zida tugatishlari kerak, va qamrovlarni almashtirishlari kerak. Bunday ketma-ketlik binoning xamma qavatlarni barpo etishda saqlanib qoladi. Ishlar bir, ikki va uch smenada tashkil etilishi mumkin. 41 Ikki qamrovli sistema odatda ko‘plab ikki yarusli g‘isht terimi qabul qilingan, qavat balandligi 3 m gacha bo‘lgan binolarda qo‘llaniladi. Turar joy binosi namunaviy qavatining g‘isht terimi va yig‘ma konstruksiyalar montajini ikki qamrovli sistemada va g‘isht terimini faqat birinchi smenada bajarilganda tashkil etish 14.1 -jadvalda keltirilgan. Asosiy ishchi jarayonlar 4 majmuaga yig‘ilgan – g‘isht terish, qorishma va g‘ishtni ish o‘rniga uzatish, so‘rilarni almashtirish, montaj va bir vaqtda bajariladigan jarayonlardan iborat bo‘ladi. Qavatdagi ishlarni eng ma’qul davomiyligi kranni va g‘isht terish davomiyligini o‘zaro bog‘lash bilan aniqlanadi. Qamrovlar soni qavatdagi g‘isht terish ishlarini xajmi va binodagi seksiyalar soniga qarab birdan uchgacha qabul qilinadi, ishchi uchastkalar soni qamrovda – 2...4 gacha, yaruslar soni – ikki qavat balandligi 2,8 m gacha bo‘lsa va uch 2,8 m dan baland bo‘lsa. G‘isht terish ishlarini qavatdagi davomiyliligi (kunda), g‘isht teruvchilar faqat birinchi smenada ishlaganlarida qo‘yidagi bog‘liqlikka bo‘yinsunadi. T ter = N q N u N ya Bunda, T ter – g‘isht terish ishlarini davomiyligi; N q – qamrovlar soni; N u – ishchi uchastkalar soni; N ya – qavat balandligi bo‘yicha qabul qilingan yaruslar soni. Qavatdagi g‘isht terish ishlarini bajarilishini davomiyligini krandan ikki smenada foydalanilgandagi ishlagan vaqti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Ko‘rilayotgan jadval 14.1. da rejalashtirilgan vaqt 16 smena yoki 8 ish kuni. Bu holatda: T ter = 2•2•2 = 8 kun Ikki qamrovli sistema bo‘yicha bino barpo etilganda, bino bo‘ylama o‘qi bo‘yicha ikki qamrovga bo‘linishi mumkin va ikkala qamrovda ishlar bir vaqtni o‘zida olib boriladi. Birinchisida uch yarusli qavat balandligi bo‘yicha devor 42 teriladi, ikkinchisida – yig‘ma konstruksiyalar, pardadevorlar montaj qilinadi va g‘isht terimiga hamroh ishlar bajariladi. Qavatdagi g‘isht terishni birinchi qamrovdagi montaj kranidan uzoqda joylashgan bo‘ylama o‘qidan boshlaydilar. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling