N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

 
 


62 
17 bob 
AJRATIB− QAYTA O‘RNATILADIGAN QOLIPLARDA 
BINOLARNI BARPO ETISH
 
Ajratib-qayta o‘rnatiladigan qoliplar ikki turli bo‘ladi: kichik shchitli va 
yirik shchitli. Kichik shchitlarni qo‘l bilan bilan o‘rnatish mumkin, yirik shchitli 
qoliplarni o‘rnatishda montaj krani talab etiladi. Zamonaviy qolip sistemalari 
poydevorlar, ustunlar, rigellar, devorlar, ora yopmalar va binolarning boshqa 
konstruktiv elementlarini betonlash uchun qo‘llanilishi mumkin 
17.1. Devor va ustunlarning qoliplari 
17.1.1 Kichik shchitli qolip 
Kichik shchitli qoliplar po‘lat, fanera yoki kombinatsiyalashgan 
materiallardan yasalgan katta o‘lchovga ega bo‘lmagan bir necha turdagi 
shchitlardan, hamda mahkamlovchi elementlar va ko‘tarib turuvchi moslamalardan 
iborat. SHchitlar 3 m
2
katta bo‘lmagan yuzaga ega, bir elementni massasi 50 kg 
dan oshmasligi kerak, bu esa o‘z navbatida qoliplarni o‘rnatish va ko‘chirishni 
qo‘lda bajarish imkonini beradi. Mexanizmlardan foydalanish va mehnat sarfini 
kamaytirish maqsadida qolip shchitlaridan oldindan tekis qolip panellari yoki 
fazoviy bloklar yig‘ish mumkin va ularni o‘rnatishda va ko‘chirishda kranlardan 
foydalanish mumkin.
Kichik shchitli qoliplar yuqori universalligi bilan ajralib turadi, va ularni 
turli xil konstruksiyalarni – poydevorlarni,ustunlarni, devorlarni, to‘sinlarni, ora 
yopmalarni barpo etishda qullash mumkin.Fanera palubalari yuzasini puxta 
tayerlash ulardan 200 siklgacha foydalanish imkonini beradi. Qolip shchitlarini 
karkasga mahkamlanishini oddiyligi, eskirib ishdan chiqqan palubani tez 
almashtirish imkonini beradi. 
Qolip sistemalarini montaj va demontajini texnologikligi birinchi navbatda 
bog‘lovchi elementlarni konstruksiyasi bilan bog‘liq.O‘zimizda ishlatiladigan 


63 
qoliplarda mufta shaklidagi qulfli yoki chekali metall sterjenlar va boltli 
birlashtirish qo‘llaniladi. Bunday qulfli birlashtirishni qismlarga ajratganda
ayniqsa pona qoqilganda katta kuch va mehnat sarfi talab qilinadi. Yiriklashtirib 
yig‘ishda ko‘pincha ma’naviy eskirgan boltli birlashtirish qo‘llaniladi. CHet el 
tajribasida asosan boltli birikmalar qo‘llaniladi. 
Mayda shchitli qoliplarni muhim kamchiliklaridan bu qolipni o‘rnatish va 
yechish uchun katta mehnat sarfi, bu jarayonlarning juda past darajada 
mexanizatsiyalashganligi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling