N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 Beton ishlarini mexanizatsiyalash


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

16.2. Beton ishlarini mexanizatsiyalash 
Beton qorishmasi beton zavodlarida tayyorlanadi. Agarda ob’yektga, bir 
oyda 3000 m
3
ortiq beton zarur bo‘lsa unda qurilish maydonini o‘zida beton 
zavodini qurish iqtisodiy maqsadga muvofiqdir. 
Beton qorishmasini tashish. Beton qorishmasini iste’molchiga, ya’ni
beton ishlari zonasiga, avtobetontashigichlarda yoki avtobetonqorgichlarda 
yetkazib beriladi. Avtobetontashigich – usti ochiq, kuzovining hajmi 3...5 m
3
li
samosval bo‘lib, odatda beton zavodidan qurilish maydonigacha bo‘lgan yo‘l 10 
daqiqagacha bo‘lganda foydalaniladi. Avtobetonqorgichlar – ular MAZ, KamAZ 
(kichik hajmlar uchun) va «Reno», «Mersedes» (katta hajmlar uchun) 
avtomobillariga o‘rnatilgan 5...8 m
3
hajmli beton qorgichdan iborat. Bu 
avtobetonqorgichlar ikki rejimda ishlaydi: birinchisida xaydovchini komandasi 
bilan beton qorishmasi majburlab aralashtiriladi, ikkinchisida beton qorishmasi 
avtomobilni xarakati chog‘ida aralashtiriladi.
Beton qorishmasini joylashtirish. Beton qorishmasi konstruksiyaga turli 
usullar bilan uzatiladi: lotok bo‘ylab, yuk ko‘taruvchi mexanizmlar va 
betononasoslar bilan. Birinchi ikki usul smenada 50 m
3
gacha beton joylashtirish 
kerak bo‘lganda qo‘llaniladi, uchinchisi esa xamma xajmlarda, lekin iqtisodiy 
jihatdan smenada kamida 45 m
3
beton qorishmasi joylashtirilganda maqsadga 
muvofiq. 
Beton 
qorishmasini 
lotok 
bilan 
uzatish, 
avtobetonqorgich
betonlanayotgan konstruksiya sathidan yuqorida joylashish imkoni bor holda 
qo‘llaniladi, misol uchun poydevor plitasini betoni qo‘yilganda va avtomobilni 
kotlovan ichiga kirish imkoni bo‘lganda. Lotoklar uzunligi 6 m gacha bo‘lgan 
namga chidamli fanerlardan yoki metall listlardan tayyorlanadi. Beton qorishmasi 
bad’ya va bunkerlar bilan ish joyiga uzatilganda yuk ko‘taruvchi mexanizmlardan 
foydalaniladi. Badyalar 0.3...1 m
3
sig‘imga ega bo‘lib va betonni uzatish qulay 
bo‘lishi uchun “ryumka” shaklida ishlangan, va uni to‘liq bo‘shatish uchun unga
vibrator o‘rnatilgan. 


61 
Beton qorishmasini joylashtirishda betononasoslar eng keng tarqalgandir.
Smenadagi beton qorishmasini joylash hajmi 80 m
3
gacha bo‘lganda KamAZ, 
MAZ, «Mersedes» avtomobillar bazasi asosidagi 
avtobetonanasoslar qo‘llaniladi. 
Avtobetonnasoslar yuklanuvchi bunker, nasos va tarqatuvchi strela bilan 
jihozlangan. Beton qorishmasi, vertikal (80 m gacha) va gorizontal (360 m gacha) 
yo‘nalish bo‘yicha uzatiladi. Qurilish ob’yektida beton sarfi smenada 60 m
3
yuqori bo‘lsa va hamda baland qavatli (20 qavatdan ko‘p) binolarni barpo etishda 
komplektida tarqatuvchi betonjoylashtirgichga ega statsionar betononasoslar 
qo‘llaniladi. 
16.1-rasm. Turli xil texnologik 
komplektlar
bilan beton qorishmasi joylashtirilganda
nisbiy tannarxning o‘zgarish grafigi: 
1 − “SHtetter” betonanasosi SB – 69 betonoqorgich bilan; 2 − SHuning 
o‘zi, ABN va SB – 69 bilan; 3 − “kran - badya” sxemasi; 4 − lentali betonjoylagich 
LBU -20 va SB – 69. 
16.1-rasmda turli texnologik mashina komplektlari bilan beton 
qorishmasini konstruksiyaga uzatishdagi nisbiy tannarxlarni solishtirish keltirilgan. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling