N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

 
 


84 
18.3. Tunnel qolip 
Tunnelli qolipdan tunnel va kollektorlarni pardozlashda, yopiq usulda 
barpo etiladigan turar-joy va jamoat binolari konstruksiyalarini betonlashda 
foydalaniladi. 
Tunnel qolip gorizontal-ko‘chiriladigan qolipdan konstruktiv jihatidan kam 
farqlanadi. U o‘z ichiga karkasga mahkamlangan panel shchitlarini olgan
qaysikim u qayd qiluvchi va qolipni ajratuvchi qurilmalar hamda qolipni 
yo‘naltiruvchilar bo‘ylab gorizontal ko‘chishini ta’minlovchi mexanizmlar bilan 
ta’minlangan. 
Tunnel qoliplarni qoliplarni bo‘ylama yo‘nalish sxemasida ko‘chirish 
maqsadga muvofiq bo‘lgan binolarni (kasalxonalar, dam olish uylari, 
mehmonxonalar) barpo etishda ham qo‘llash mumkin. Bu holatda qavatning 
barcha elementlarini, shuningdek, tashqi devorlarni ham barpo etish uzluksiz 
amalga oshiriladi. Qolipni siljitishda ichki devorlar uchun ko‘ndalang tuynuklar 
(teshiklar) qoldiriladi, inventar yirik shchitli qolip o‘rnatilgandan so‘ng, bu 
teshiklar orqali betonlash amalga oshiriladi.
Tunnel qolipning boshqa bo‘sh bloklari mavjud bo‘lganda, pog‘onali 
betonlashni qo‘llash mumkin. Bu holatda ishlar texnologiyasining xususiyati 
shundakim, bir necha qavatda bir vaqtning o‘zida binoning yacheykalari barpo 
etiladi, ya’ni ish fronti qo‘shni qavatga nisbatan bitta yacheykaga siljigan bo‘ladi. 
Ichki devorlar keyinroq, qolip navbatdagi yacheykaga ko‘chirilgandan so‘ng 
inventar mayda yoki yirik shchitli qoliplar yordamida barpo etiladi. 
Binolarni gorizontal chiqarib olinadigan qolipdan foydalanib barpo etishda 
qo‘shimcha mehnat xarajatlari paydo bo‘ladi, sababi qolip bloklarini chiqarib olib 
yangi joyga o‘rnatishga qadar joylashtirish uchun maxsus maydonchalar yaratish 
lozim bo‘ladi. 


85 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling