N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
17.2. Orayopmalar qolipi
To‘sinli yopma qolipni o‘rnatgan paytda ish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi(17.7-rasm). 17.7-rasm. Yig‘ma-ko‘chirma qoliplarning elementlari: 1− ustunlarning yog‘och ramkalari; 2 – ustunning qolipi; 3, 4 – qolipning shchitlari; 5 – to‘sinlar tagining shchitlari; 6 – qolipning yog‘ochli to‘sinlari; 7 – to‘sin qolipining yon shchitlari; 8 – ko‘tarib turuvchi o‘choyoqli teleskopik ustunlar Oldin ustunlar karkasini armaturasi o‘rnatiladi, keyin ustunlar qolipi vintli tortuvchilar yoki xomutlar maxkamlanib va 2...3 sathda raskoslar bilan mahkamlanib montaj qilinadi. Yuqorida to‘rgan konstruksiyalar bilan tutashish uchun ustun armaturasi qolipni yuqori chetidan 40...50 sm balandlikka chiqariladi. Keyin ustunlar betonlanadi. Bundan keyin ustun qolipining maxsus o‘yilgan qismiga to‘sin yoki progonlarning tagini shchitlari urnatiladi, ularni ostiga esa ko‘tarib turuvchi teleskopik ustunlar yoki fazoviy tayanchlar balandlik bo‘yicha to‘g‘rilab o‘rnatiladi. Fazoviy bikirlikni ta’minlash maqsadida ko‘taruvchi ustunlar o‘choyoqqa o‘rnatiladi.To‘sin qolipini yon shchitlarini o‘rnatib va ularni o‘zaro 73 gorizontal vintli tortqilar bilan bog‘langandan so‘ng tagning shchiti bilan mahkamlanadi. Keyingi bosqichda ikkinchi darajali yog‘och to‘sinlarni ostiga tirgak –ustunlar o‘rnatiladi, va ularni ustidan namga chidamli faneradan palubalar to‘shalib chiqiladi. Hamdo‘stlik davlatlarida keng tarqalgan qolip, bu SNIIOMTP instituti tomonidan ishlab chiqilgan unifikatsiyalashgan qolipdir. Devor qolipi modul kengligi 300 dan 1800 mm gacha balandligi qavatga teng keluvchi, hamda qushimcha yon va burchak shchitlaridan iborat. SHchit metall paluba, gorizontal to‘sin va vertikal fermachalardan iborat. SHchitni pastki qismida vintli domkratlar o‘rnatish nazarda to‘tilgan. Bu qolipda balandligi 3 m qalinligi 12, 16 va 20 sm li devorlarni va qalinligi 10...22 sm bo‘lgan yopmalarni betonlash mumkin. Monolit yopmalarni betonlash devorlar barpo etilib va kerakli boshlang‘ich mustahkamlikka erishgandandan so‘ng boshlanadi. Yopmalar qolipi teleskopik tirgak-ustunlarga o‘rnatiladi, ikki sathda armaturali to‘rlar o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng betonlash amalga oshiriladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling