N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Ajratib-qayta o‘rnatiladigan inventar qoliplar


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

Ajratib-qayta o‘rnatiladigan inventar qoliplar zavodda tayyorlangan 
shchitlardan, qutilardan, yirik inventar ustun-tirgaklar va boshqa elementlardan 
yig‘iladi.
Ajratib− qayta o‘rnatiladigan qolip shunday loyihalanadikim, yon 
yuzalar, to‘sinlar, progonlar va ustunlarni ko‘chirish to‘sin va progonlar tubiga 
bog‘liq bo‘lmasin, va beton loyihada ko‘zda tutilgan mustahkamlikni 
egallagandan so‘ng ular ko‘chiriladi.
Qoliplar ko‘chirilgandag so‘ng tozalanadi, agar zarur bo‘lsa ta’mirlanadi va 
qayta ishlatiladi.
Ajratib −qayta o‘rnatiladigan qolip universal, tayyorlanishi va undan 
foydalanish oddiy.
Yog‘ochli yoki murakkab ajratib− qayta o‘rnatiladigan qoliplarning asosiy 
elementlari − rama qurilmali shchitlar bo‘lib , ular suvga chidamli fanera bilan 
qoplangan qalinligi 25-30 mm li taxtalardan yoki metall list ,plastik va boshqa 
material bilan qoplangan bo‘ladi.
Qolipni o‘lchamlari va massasi shunday bo‘lishi kerakki, ularni qo‘lda 
o‘rnata olish imkoni bo‘lsin.


64 
Ustunlar osti poydevor qoliplari tashqi va ichki shchitlardan 
yig‘ilgan to‘g‘ri to‘rtburchakli qutilardan barpo etiladi. Tashqi shchitlar ichki 
shchitlarga nisbatan 20-25 sm uzunroq bo‘lib, ular maxsus tirgovich plankalarga 
ega va shu tirgovichlar bilan ichki shchitlarga mahkamlanadi. Tashqi shchitlarga 
tortuvchi simlar bilan mahkamlanadi , ular qo‘yilgan beton qorishmasi bosimini 
qabul qiladi 
Ustun qolipi bu har 0,4-0,7 m da o‘rnatilgan metall yoki yog‘och xomutlar 
bilan birlashtirilgan shchitlardan yig‘ilgan quti shaklida bo‘ladi (17.1a -rasm).
Progon va to‘sinlarning yog‘ochli qolipi ushlab turuvchi tirgovichlarni 
boshiga tayanidigan qolipning tubi va yon tomoni shchitlaridan iborat. Yopmalar 
qolipining shchitlari gumbaz qolipga o‘rnatiladi, ular esa yon shchitlarga qoqiqlgan 
gumbaz osti taxtalariga tayanadi (17.1b- rasm).
17.1 –rasm. Ajratib− qayta o‘rnatiladigan yog‘och qolip: 


65 
a – ustun qolipi; b – to‘sin va progon qolipi; 1 – quti; 2 – xomutlar; 3 – ponalar; 4 – 
ramka; 6 – ustun tirgovichni bosh qismi; 7 – friz taxtasi; 8 – yopma plitasi shchiti; 9 – 
gumbaz; 10 – gumbaz osti taxtasi; 11 – tayanch ustida gumbaz osti taxtasi uchun taglik; 12 – 
siqib turadigan taxta. 
Qolip formalarini ushlab turish uchun havozalar o‘rnatiladi. Agarda qolip 
6 m gacha bo‘lsa teleskopik inventar yog‘och metalli yoki metall ushlab turuvchi 
ustun-tirgovichlar qo‘llaniladi.
Qalinligi 15 sm gacha bo‘lgan devorlarni barpo etganda pardadevorni bir 
tomonidan qovirg‘a-ustunlar urnatilib shchitlardan devorni bir tomoni yig‘iladi, 
shundan keyin pardadevor butun balandligi bo‘yicha armatura o‘rnatiladi. Keyin 
ish fronti tomonidan qovirg‘a –ustunlar o‘rnatiladi, va ularga 1 m balandlikda 
shchitlar shchitlar mahkamlanadi. Betonlanish ishlariga qarab shchitlar o‘stirib 
boriladi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling