N. Bozorboev, X. I. Yusupov, R. A. Narov, A. M. Ilmuradov, V. Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


 “UTINOR” FIRMASINING TUNNYeL QOLIPI


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/65
Sana14.09.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1678084
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism

18.3.2. “UTINOR” FIRMASINING TUNNYeL QOLIPI 
Tunnel qolip devor va orayopmalarni bir vaqtda betonlash imkonini beradi, 
bu esa konstruksiyaning yaxlitiligini, bir butunligini va ishonchliligini oshiradi. 
Qolip seksiya deb ataladigan uzunligi 2,5 m bo‘lgan bir necha elementlardan 
tashkil topgan. Seksiya to‘g‘riburchakli kesimga ega va balandligi betonlanadigan 


87 
devorning balandligiga teng ikkita vertikal shchitlaridan, shuningdek, eni 
orayopma eniga teng bo‘lgan bitta gorizontal shchitdan iboratdir. Har bir seksiya 
gorizontal shchitning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha tutashtiruvchi choklari bilan ikkita 
yarim seksiyaga ajratilishi mumkin. Bunday tunnel ikki seksiyali deyiladi. Agar 
tunnel yasalgan yoki yig‘ma holatda foydalanilsa, u bir seksiyali deb ataladi.
Rasm 18.6. “Utinor” firmasining tunnel qolipi: 
1 – vertikal panel; 2 – magnit qulfli bushliq hosil qiluvchilar; 3 –gorizontal panel; 4 – 
sokolni betonlash uchun qolip; 5 – qolipni to‘sib turuvchi devorini yon qismi; 6 – rolikli 
g‘ildirak; 7 – rostlovchi domkrat; 8 – markaziy tayanch ustun-tirgak; 9 – orqa panel; 10 – 
tirgak.
Ikki seksiyali tunnel standart shchitli qolip “Utinor” asosida yaratilgan 
(18.6-rasm). Vertikal panellar xuddi devor qoliplaridagidek, 3 mm qalinlikdagi 
metall list konstruksiyalariga ega. 1,25 va 2,5 m uzunlikdagi har bir standart panel 
balandlik bo‘yicha sathga ko‘tarib qo‘yish uchun ikkita vintli domkratlar va ikkita 
rolikli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Alohida tunnellar biriktirilib, uzunligi 3,75 
dan 12,5 m gacha bo‘lgan bitta element holatiga keltirilishi mumkin, bunda qolipni 
ko‘chirish esa yirik modullab amalga oshiriladi. Vertikal panel beton qorishmasi 
bosimini qabul qiladigan fermaga ega emas, shuning uchun tunnelning uchta 
sathida qadami 1,25 m dan iborat bo‘lgan vintli tortqilar yordamida mahkamlash 
ko‘zda tutilgan.


88 
“Yuzma-yuz” o‘rnatiladigan qo‘shni tunnellarning vertikal panellarida 
shchitlarni uchinchi (shchitlarni yuqorigi va past qismidagi ikkitadan tashqari) 
biriktiruvchi vintli tortqilar bilan tortib qo‘yish uchun tuynuk nazarda tutilgan. 
Tunnelning standart balandligi 2,43 m ga teng, bu esa betonlash balandligi 
bo‘yicha balandligi 2,52 m bo‘lgan devor shchitlariga mos keladi.
3 mm qalinlikdagi metall listlardan tayyorlangan gorizontal panellar 
bikirlik elementlari bilan kuchlantirilgan. Ikki vertikal va gorizontal panellar 
o‘zaro tirqishlari orqali tutashtirilib, boltlar yordamida tortib qo‘yiladi. 
Tutashtiruvchi qulf, bu ikkita (bittasi yonlama yoriqli) qator qilib parmalab 
teshilgan shtampovkalangan po‘lat plastinadir. Boltlar bilan tortilib qisilgan 
plastina ikkita yarim tunnellarni bir butun qilib, ikkita elementni to‘g‘ri 
tutashtirlishini hamda qolipni ko‘chirish uchun zarur oraliq masofani ta’minlaydi.
Suriladigan tirgaklar balandligi bo‘yicha joyi o‘zgartiriladigan tishli vintli 
tortqilar bilan rostlanadi, bu esa panelni to‘g‘ri burchak ostida chiqarib olish va 
qavariqlik strelasini rostlash imkonini beradi. Har bir yarim seksiya rolikli 
g‘ildirakli hassalar bilan jihozlangan, qaysikim ostki sharnirli 
tyaga 
va rolik 
g‘ildirakli vertikal shchitlar bilan birgalikda qolipni ko‘chirish g‘ildirakli 
aravachasini hosil qilib, shuningdek, bir vaqtning o‘zida birinchi yarim tunnelni 
qolipini ajratish paytida paytida plitaning tirgak-ustun vazifasini ham o‘taydi. 
(18.7-rasm). Qolipni o‘rnatish va betonlash jarayonida sharnirli mahkamlangan 
kostil qolipning vertikal paneli tomon qayriladi.
Tunnel hosil qiladigan panel aniq o‘lchamlarga ega bo‘lib, bu esa devor 
sokolini yuqori aniqlikdagi holatda quyilishini ta’minlaydi. Sokol qolipdan avval 
pastki orayopmada foydalaniladi, keyin yo‘naltiruvchi shablon yordamida tunnelni 
vertikal paneliga o‘rnatiladi, shunday qilib, sokol betonlanadigan devorning 
davomi vazifasini bajaradi. Sokol orayopma plitasi bilan bir vaqtda betonlanadi, bu 
keyingi qavat devorlari o‘lchamlarini qo‘shimcha to‘g‘rilashlarsiz aniq belgilaydi.


89 
18.7-rasm. “Utinor” firmasi yarim tunnelining konstruktiv yechimi: 
1 – vertikal panel; 2 – gorizontal panel; 3 – yordamchi-qo‘shicha panel; 4 – suriladigan 
panel; 5 – sharnirli tirgak; 6 – burchakli tirgovich; 7 – yarim tunnelni chiqarma konsolga surish 
rolikli g‘ildiragi. 
Tunnelni oralig‘i gorizontal panellar orasiga qo‘shimcha qo‘yiladigan 
elementlar hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bu qo‘shimcha qo‘yiladigan 
elementlar rostlanadigan stabilizator bilan jihozlanadi va u yarim tunnelga montaj 
qilingan holda qoldiriladi.
Ayrim hollarda uzun tor oraliqlarni betonlashda qolip ko‘chirilganda 
yig‘ilgan ko‘rinishda qoladigan tunnel qoliplardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Buning uchun tunnel yarim seksiyalari shatun va tortqi bilan 
jihozlanadi. Qolipni ko‘chirish tirgak va tortqilarni qisqartirish evaziga amalga 
oshiriladi, shu bilan birgalikda yon devor qoliplari markaz tomon tortiladi. Bitta 
yarim seksiya yonidagisiga nisbatan pastga tushiriladi va uni ichkari tomonga bir 
necha santimetrga burab qo‘yiladi. Vertikal shchitlarni bunday yaqinlashtirish va 


90 
gorizontal shchitni domkratlar yordamida tushirish natijasida tunnel qolipning 
butun perimetri bo‘ylab tirqish paydo bo‘ladi, bu esa tunnelni oraliq bo‘ylamasi 
bo‘yicha siljishiga yetarli bo‘ladi.
Ba’zan ichki ko‘nadalang devorlarni ham bir vaqtda betonlash zarur
bunday holatda tunnel qolipning yon tomonida orqa panel montaj qilinadi. U o‘yiq 
joyi (paz)da birlashtirilgan, tutashtiruvchi qulf yordamida tunnel qolipga 
mahkamlangan ikkita elementlardan yig‘iladi. Bu panellar sathga ko‘tarib 
o‘rnatuvchi domkratlar va rolikli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Tunnelning 
vertikal panellari bilan birlashtirilishi, xuddi devor qoliplarini burchaklik 
birlashtirishdek amalga oshiriladi. SHunday qilib devor qolipining bir tomoni 
shakllanadi. Devor qolipining ikkinchi tomoni esa mayda shchitli qolip 
elementlaridan yig‘iladi. Bu ikki panel qoliplarini o‘zaro tutashtirish vintli 
tortqilar bilan bajariladi. 
Yarim seksiyalarni qolipdan ajratish tayanch domkratlarni pastga tushirish 
yo‘li bilan bajariladi, bunda, ya’ni domkrat tirgaklarini tushirish natijasida 
gorizontal panellar betonlangan orayopmadan ajraladi. Tunnel seksiyalarni 
ko‘chirish navbatma-navbat yarim seksiyalarni g‘ildiratish yo‘li bilan qolipdan 
ajratib so‘ri maydonchaga keltirish bilan amalga oshiriladi (18.8-rasm), bunda bitta 
yarim seksiya demontaj qilingach, ikkinchi yarim seksiyani demontajidan avval 
orayopmani yarim seksiyalarini biriktirish o‘qlari bo‘yicha oraliqning markazida 
tayanch ustunga tirab qo‘yiladi, holbuki, beton zarur mustahkamligini olishi kerak. 
So‘ri-maydonchada ajratilgan qolipni vertikal sirtiga moy surkaladi, keyin yarim 
tunnel yangi qamrov (ish o‘rni)ga qayta o‘rnatiladi. Ajratilgan qolipni so‘ri-
maydonchasi qolipni tozalash va moylashga qulay sharoit yaratish uchun 
mo‘ljallangan hamda ishchilarning erkin va xavf-xatarsiz harakatini ta’minlaydi, 
shuning uchun ham himoya to‘rlari bilan jihozlangan. 
Betonlangan yacheykadan tunnel qolipni chiqarib olishda g‘ildirab 
chiqatiladigan platformadan foydalaniladi. Ularni pol va orayopma orasiga 
o‘rnatiladi, qurilish ishlarining jadalligiga qarab yangi joyda kran yordamida 


91 
montaj qilinadi va qayta montaj qilinadi. Binoning bir tomonidan tunnelni chiqarib 
olinsa, qarama-qarshi tomonida ishchilarni bir yacheykadan boshqasiga xavf-
xatarsiz xarakatlanishini ta’minlash uchun so‘ri-maydonchani montaj qilinadi. 
Tunnel qoliplari o‘lchamlarining yuqori aniqlikdaligi betonlangan va qolipi 
ko‘chirilgan yuzalarni pardozlashni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi. Ikki 
seksiyali qolip bilan ishlash uchun juda oz ishchilar talab qilinadi. Bir xildagi 
operatsiyalarning takrorlanishi evaziga texnologik jarayonlarni oson o‘rganish 
mumkin, buning ustiga og‘ir qo‘l mehnatining hissasi ham oz. 
18.8-rasm. “Utinor” firmasining teleskopik oyoqli qolipni ajratish so‘ri-maydonchasi: 
1 – betonlangan orayopma; 2 – ikkita blokdan tashkil topgan tunnel qolip bog‘lovchi; 3 
– uchburchakli montaj traversasi; 4 – himoya to‘sig‘i; 5 – qolipni ajratish so‘ri-maydonchasi; 6 – 
vaqtinchalik oraliq tirgak-ustun. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling